Читаем Kets Yulduzi полностью

Mana raketa yana oldingi holatiga qaytdi. Portlashlar to‘xtadi. Raketa ichi ham ancha salqin bo‘lib qoldi. Odam o‘zini juda yengil his qila boshladi. Qo‘llarimni ko‘tarib, oyoqlarimni qimirlatib ko‘rdim. Qanday yoqimli! Urnimdan turmoq chi bo‘ldim, lekin kreslodan asta ajralib, havoda osilib qoldim, keyin yana sekin kresloga tushdim. Tonya qo‘llarini xuddi qush qanot qoqqanday qimirlatib, qo‘shiq aytardi. Biz xaxolab kulardik. Juda qiziq xolat!

Kutilmaganda illyuminator qopqoqlari ochildi. Qarshimizda osmon. U son-sanoqsiz porloq yulduzlar bilan qoplangan, rangi och qizil tusga bo‘yalganday. Somon yo‘li turli rangdagi yulduzlarga g‘arq bo‘lgan, Yerdan ko‘ringaniday oqish emas.

Tonya menga Yetti Og‘ayni yonidagi kattakon yulduzni ko‘rsatdi — eskidan tanish yulduzlar turkumi safida yangi yulduz.

— Kets… Kets Yulduzi, — dedi u.

Son-sanoqsiz sovuq yulduzlar orasida birgina u goh qizil, goh yashil, goh sariq nur taratib miltiraydi. U goh yarqirab yonadi, goh so‘nadi va yana porlaydi… Yulduz ko‘z oLdimda kattalashib, borgan sari o‘ng tomondagi oynaga yaqinlashib kelardi. Demak, raketa aylana yo‘l bilan unga tomon uchib boryapti. Yulduz uzun-uzun yashil nur taratib, oyna ortiga o‘tib ketdi. Endi qop-qora osmonda faqat yulduzlar va oqish tuman ko‘g. ga tashlanardi. Ular juda yaqinday tuyulardi…

Qopqoqlar berkildi. Yana portlatgich apparatlar ishga tushdi. Raketa qo‘nishga hozirlanyapti. Qiziq, u somoi raketadromiga qanday qo‘narkin-a…

Xiyol turtkidan keyin to‘xtadik. Nahot sayohatimiz tugagan bo‘lsa? G‘alati vaznsizlik holatidamiz.

Kapitan xonasining eshigi ochildi. Kapitan yotgan ko‘yi kichik halqachalarni ushlab pastga tusha boshladi. Biz hali shu vaqtgacha ko‘rmagan bir yosh yigit ham shu tarzda unga ergashdi.

— Sayohat vaqtidagi noxush daqiqalar uchun afv etasizlar. Bunga mening praktikantim aybdor: rulni qattiqroq burib yubordi, kreslodan ham qulab ketgandirsizlar.

Shunday deb, kapitan ko‘rsatgich barmog‘iii haligi yigitga tegizgan edi, u xuddi momiqday nari uchib ketdi.

— Ha, mayli, hammasi joyida bo‘ldi. Issiq kostyum bilan kislorod maskalarini kiyinglar. Filipchenko, — haligi yosh uchuvchining familiyasi shunday ekan, — bularga yordamlashvoring.

Kapitan xonasidan fazoviy kostyum kiygan bortmexanik chiqdi. U xuddi g‘ovvosga o‘xshardi, faqat skafandri g‘ovvoslarnikidan kichikroq, yelkasida esa alyuminga o‘xshagan yaltiroq matodan tikilgan plash bor edi.

— Plashlarni, — deb tushuntirdi kapitan, — sovqotganda nariroq surib qo‘yinglar. Oftob nurida isinasizlar. Juda qizib ketsalaringiz plashga o‘ranib olinglar. U quyosh nurini qaytaradi.

Bortmexanik bilan qapitan ko‘magida fazoviy kostyumlarni tezgina kiyib olib, raketadan chiqishni hayajon bilan kutib turdik.

<p>VIII. FAZODAGI CHAQALOQ</p>

Bizni havo kamerasiga o‘tkazib, havoni asta-sekin siqib chiqara boshladilar. Ko‘p o‘tmay «fazoviy bo‘shliq» hosil bo‘lib, eshik ochildi.

Men ostonadan hatladim. Narvon yo‘q edi, raketa yonboshlab yotardi. Avvaliga ko‘zim qamashib, dovdirab qoldim. Oyog‘im ostida diametri bir necha kilometr keladigan ulkan shar sirti yarqirab turardi.

Bir qadam bosmasimdanoq yonimda fazoviy kostyum kiygan «yulduz odami» paydo bo‘ldi. U odatdan tashqari chaqqonlik bilan qo‘limga ipak arqon bog‘ladi. Bismillosi joyida-ku. Jahlim chiqdi, qo‘limni tortib, jahl bilan bir tepingan edim… Shu zahoti o‘n metrlar yuqoriga uchib ketdim. «Yulduz odaMi» shoshib arqonni tortib, meni yaltiroq shar sirtiga tushirib qo‘ydi. Endi tushundim: agar meni bog‘lab qo‘yishmaganda salgina ehtiyotsiz harakat qilishim bilan so‘ngsiz bo‘shliq qo‘yniga uchib ketgan bo‘lardim va meni osonlikcha tutisholmasdi ham. Lekin nega men arqonning bir uchini ushlab turgan kishini yuqoriga tortib ketmadim? «Yer» ga qarab, uning yaltiroq sirtidagi son-sanoqsiz halqalarga ko‘zim tushdi. Hamrohim oyoqlar, ini ana shu halqalarga o‘tkazib olgan ekan.

Yenimda turgan Tonyani ham bir odam arqonga bog‘lab olgan edi. Men unga yaqinlashmoqchi bo‘lgandim, mening hamrohim yo‘limni to‘sdi.

Skafandr oynasidan uning yosh, kulib turgan chehrasini ko‘rdim. U skafandrini menikiga yaqinlashtirib, eshitadigan qilib qattiq-qattiq gapirdi:

— Qo‘limdan mahkam ushlab oling!

Men itoat etdim. Hamrohim oyoqlarini halqadan chiqarib, yengilgina sakradi. Uning orqasida alanga yondi, bir turtki bilan biz sharnusxa «oy» bo‘ylab oldinga qarab uchib ketdik. Hamrohimning qisqa masofaga uchishda foydalaniladigan ixcham raketa-jildi bor edi. U jildning goh orqadagi, goh yon, goh ustki, goh quyi «to‘pponcha» laridan otib, meni shar ustida uchirib borardi. Hamrohimning epchilligiga qaramay, biz xuddi sirk maydonidagi masxarabozlarday goh tik, goh oyog‘imiz osmondan bo‘lib o‘mbaloq oshib uchardik, lekin miyaga qon quyilishi aslo sezilmasdi.

Перейти на страницу:

Похожие книги

Аччелерандо
Аччелерандо

Сингулярность. Эпоха постгуманизма. Искусственный интеллект превысил возможности человеческого разума. Люди фактически обрели бессмертие, но одновременно биотехнологический прогресс поставил их на грань вымирания. Наноботы копируют себя и развиваются по собственной воле, а контакт с внеземной жизнью неизбежен. Само понятие личности теперь получает совершенно новое значение. В таком мире пытаются выжить разные поколения одного семейного клана. Его основатель когда-то натолкнулся на странный сигнал из далекого космоса и тем самым перевернул всю историю Земли. Его потомки пытаются остановить уничтожение человеческой цивилизации. Ведь что-то разрушает планеты Солнечной системы. Сущность, которая находится за пределами нашего разума и не видит смысла в существовании биологической жизни, какую бы форму та ни приняла.

Чарлз Стросс

Научная Фантастика
Дневники Киллербота
Дневники Киллербота

Три премии HugoЧетыре премии LocusДве премии NebulaПремия AlexПремия BooktubeSSFПремия StabbyПремия Hugo за лучшую сериюВ далёком корпоративном будущем каждая космическая экспедиция обязана получить от Компании снаряжение и специальных охранных мыслящих андроидов.После того, как один из них «хакнул» свой модуль управления, он получил свободу и стал называть себя «Киллерботом». Люди его не интересуют и все, что он действительно хочет – это смотреть в одиночестве скачанную медиатеку с 35 000 часов кинофильмов и сериалов.Однако, разные форс-мажорные ситуации, связанные с глупостью людей, коварством корпоратов и хитрыми планами искусственных интеллектов заставляют Киллербота выяснять, что происходит и решать эти опасные проблемы. И еще – Киллербот как-то со всем связан, а память об этом у него стерта. Но истина где-то рядом. Полное издание «Дневников Киллербота» – весь сериал в одном томе!Поздравляем! Вы – Киллербот!Весь цикл «Дневники Киллербота», все шесть романов и повестей, которые сделали Марту Уэллс звездой современной научной фантастики!Неосвоенные колонии на дальних планетах, космические орбитальные станции, власть всемогущих корпораций, происки полицейских, искусственные интеллекты в компьютерных сетях, функциональные андроиды и в центре – простые люди, которым всегда нужна помощь Киллербота.«Я теперь все ее остальные книги буду искать. Прекрасный автор, высшая лига… Рекомендую». – Сергей Лукьяненко«Ироничные наблюдения Киллербота за человеческим поведением столь же забавны, как и всегда. Еще один выигрышный выпуск сериала». – Publishers Weekly«Категорически оправдывает все ожидания. Остроумная, интеллектуальная, очень приятная космоопера». – Aurealis«Милая, веселая, остросюжетная и просто убийственная книга». – Кэмерон Херли«Умная, изобретательная, брутальная при необходимости и никогда не сентиментальная». – Кейт Эллиот

Марта Уэллс , Наталия В. Рокачевская

Фантастика / Космическая фантастика / Научная Фантастика
Сокровища Валькирии. Книги 1-7
Сокровища Валькирии. Книги 1-7

Бывшие сотрудники сверхсекретного института, образованного ещё во времена ЧК и просуществовавшего до наших дней, пытаются найти хранилище сокровищ древних ариев, узнать судьбу библиотеки Ивана Грозного, «Янтарной комнаты», золота третьего рейха и золота КПСС. В борьбу за обладание золотом включаются авантюристы международного класса... Роман полон потрясающих открытий: найдена существующая доныне уникальная Северная цивилизация, вернее, хранители ее духовных и материальных сокровищ...Содержание:1. Сергей Алексеев: Сокровища Валькирии. Правда и вымысел 2. Сергей Алексеев: Сокровища Валькирии. Стоящий у солнца 3. Сергей Алексеев: Сокровища Валькирии. Страга Севера 4. Сергей Алексеев: Сокровища Валькирии. Земля сияющей власти 5. Сергей Трофимович Алексеев: Сокровища Валькирии. Звёздные раны 6. Сергей Алексеев: Сокровища Валькирии. Хранитель Силы 7. Сергей Трофимович Алексеев: Птичий путь

Сергей Трофимович Алексеев

Научная Фантастика