Читаем Kets Yulduzi полностью

Urnimdan sakrab turib, devor oldiga chopib bordim. Qoya qirrasiga tirmashib, yaqin turgan bir dog‘dan yumshoq, namatsimon parchani yulib oldim. U archa nusxa nozik iplardan iborat edi. Usimlik-ku! Ha, albatta o‘simlik-da! Oy yo‘sini. Mana sizga kashfiyot! Kulrang dog‘dan yana bir tutam yuldim. Bu tutam qupquruq edi. Uning ildiz tomoniga ko‘z yugurtirib, oxiri mayda so‘rg‘ichlar bilan tugovchi oqish «yong‘oqcha» larni ko‘rdim.

Biologik muammo. Ko‘rinishidan yo‘singa o‘xshaydi. Lekin so‘rg‘ichlari nimasi? «Ildizoyoqlar!» Qoya bo‘ylab Suyosh nuriga ergashib yura oladigan o‘simlik. Uning ko‘k tusdaligi, albatta, xlorofilldan. Nafas olish, namlik-chi? Ularni qayoqdan oladi?.. Men Kets haqidagi, sostavidan ham kislorod, ham suv ajratib olish mumkin bo‘lgan osmon toshlari to‘g‘risidagi gaplarni esladim. Albatta, Oydagi toshlarda ham birikkan holda kislorod bilan vodorod — havo va suv sostaviga kiruvchi elementlar bor. Nega bo‘lmas ekan?.. Axir Yerdagi o‘simliklar g‘oyat murakkab kimyoviy ishlab chiqarishga ega bo‘lgan ajoyib «fabrika» emasmi? Qurg‘oqchilik va jaziramadan tamom qovjirab keyin suvga solsang qaytaDan ko‘karib ketadigan o‘simliklar Yerda yo‘qmi? Bor. Bu yerdagi o‘simliklar ham Oyning sovuq tunlarida uyquga ketadi. Quyosh chiqishi bilai «kimyoviy fabrika» harakatga kelib, hayot uchun zarur bo‘lgan hamma narsani ishlab chiqaraveradi. Ularning harakat qilishi-chi? Yerda ham bunday o‘simliklar yo‘q emas. Organizmning moslashish qobiliyati chegarani bilmaydi.

Men sumkamni yo‘singa to‘ldirdim-da, o‘z «boyligim» bilan tezroq maqtanishni o‘ylab xursand bir kayfiyatda izimga qaytdim.

Yen tomondagi daraning oxirigacha borib, o‘ngga, undan keyin yana o‘ngga burildim. Bu yerda men yarqirab turgan yoqut va olmoslarga duch kelishim kerak edi, lekin ularni ko‘rmadim… Orqaga qaytib, boshqa daraga burildim… Butunlay notanish joy!

Qadamni tezlatdim. Endi yurib emas, sakrab borardim. Jarlik chetiga yetganda hayratdan qotib qoldim. Qarshimda tamom ingi manzara ochilgan edi. Jarlikning narigi tomonida tog‘ tizmasi bo‘y cho‘zgan. Bir xil balandlikda uchta cho‘qqi alohida ajralib turibdi. Ular chaqmoq qandday yarqiraydi. Men bunaqa oppoq cho‘qqilarni umrim bino bo‘lib ko‘rgan emasman. Albatta, bu qor emas. Oyda qor yog‘maydi. Balki, bular bo‘r yoki gips tog‘laridir. Lekin gap tog‘da ham emas. Men butunlay adashib ketganimga ishonch hosil qildim.

Yuragimni vahima bosdi. Go‘yo birdan bu ajoyib Oy dunyosi menga ters o‘girilib oldi. U insonga naqadar yot edi shu tobda! Gul va ko‘katlari, son-sanoqsiz parranda va hayvonlari bo‘lgan bizning o‘rmonlarimiz, dala va yaylovlarimiz bu yerda yo‘q.

,Bu yerda turli-tuman baliqlarga to‘la daryo va ko‘llar yo‘q. Oy shunaqa xasis, u odamga non ham, suv ham bermaydi. Yerda adashib qolgan kishi hech bo‘lmaganda o‘simlik ildizini yeb ham bir necha kun yashashi mumkin. Bu yerda-chi? Yalang‘och qoyalardan bo‘lak hech narsa yo‘q. Yo‘sinlar-chi? Ular qumday gap, ularni yeb bo‘lmaydi. Mabodo, atrofimda sut daryolari oqib yotganda ham baribir men ochlik va suvsizlikdan o‘lib ketgan bo‘lardim: axir skafandrimni yecha olmayman-ku.

Skafandr! Men uni eslab, xuddi vujudimni asriy muzlik chirmab olganday, titrab ketdim. Menga nafas olish va yashash imkonini beradigan butun «atmosfera» yelkamdagi kichkina ballonga joylashgan. U olti soatga yetadi; yo‘q, ozroq: kislorod zapasini yangilaganimdan beri ikki soat o‘tdi. Keyin nima bo‘ladi? Bo‘g‘ilib o‘laman… Kislorod zapasi va madorim qurimay turib, tezroq katta daraga chiqib olishim kerak!

Men yana orqamga qaytib, chigirtkaday sakrab ketdim. Yaxshi hamki bu yerda sakrash odamni Yerdagiday charchatmaydi…

Mana, dara ham tugadi. Qarshimda Quyosh nuri yoritib turgan, gilam yozilganday ko‘m-ko‘k yangi dara. Aftidan, soya joydagi hamma yo‘sinlar o‘rmalab chiqib olganga o‘xshaydi. La’nati yo‘sinlar! Ularni ko‘rishga ko‘zim yo‘q edi, lekin qayoqqa qaramay, ko‘k rang «manaman» deb turardi…

Balki bu o‘zim kelgan o‘sha daradir? Ko‘karib qolgani uchun taniyolmayotgandirman?

Yana burildim — qop-qorong‘i tor bir dara. Quyosh qizdirgan kostyumdan badanimga sovuq o‘tganday bo‘ldi. Yeki asablarim charchadimi?..

Endi qayoqqa yurish kerak? Orqada, ikki marta burilganingdan keyin, chuqur jarlik. Oldinda — zim-ziyo, tor dara.

Men behad darmonsizlanganimni his qildim, dag‘al bir toshga bo‘shashibgina o‘tirib qoldim. Birdan ostimdagi tosh qimirlab, o‘rmalab ketdi… Bir narsa chaqib olganday sapchib o‘rnimdan turdim. Asablarim g‘oyat notinch edi. Jonli tosh! Yangi jonivor! Yangi kashfiyot! Ammo shu daqiqada kashfiyot haqida o‘ylaydigan ahvolda emas edim. Urnimdan turdimu oldinga otildim.

Перейти на страницу:

Похожие книги

Аччелерандо
Аччелерандо

Сингулярность. Эпоха постгуманизма. Искусственный интеллект превысил возможности человеческого разума. Люди фактически обрели бессмертие, но одновременно биотехнологический прогресс поставил их на грань вымирания. Наноботы копируют себя и развиваются по собственной воле, а контакт с внеземной жизнью неизбежен. Само понятие личности теперь получает совершенно новое значение. В таком мире пытаются выжить разные поколения одного семейного клана. Его основатель когда-то натолкнулся на странный сигнал из далекого космоса и тем самым перевернул всю историю Земли. Его потомки пытаются остановить уничтожение человеческой цивилизации. Ведь что-то разрушает планеты Солнечной системы. Сущность, которая находится за пределами нашего разума и не видит смысла в существовании биологической жизни, какую бы форму та ни приняла.

Чарлз Стросс

Научная Фантастика
Дневники Киллербота
Дневники Киллербота

Три премии HugoЧетыре премии LocusДве премии NebulaПремия AlexПремия BooktubeSSFПремия StabbyПремия Hugo за лучшую сериюВ далёком корпоративном будущем каждая космическая экспедиция обязана получить от Компании снаряжение и специальных охранных мыслящих андроидов.После того, как один из них «хакнул» свой модуль управления, он получил свободу и стал называть себя «Киллерботом». Люди его не интересуют и все, что он действительно хочет – это смотреть в одиночестве скачанную медиатеку с 35 000 часов кинофильмов и сериалов.Однако, разные форс-мажорные ситуации, связанные с глупостью людей, коварством корпоратов и хитрыми планами искусственных интеллектов заставляют Киллербота выяснять, что происходит и решать эти опасные проблемы. И еще – Киллербот как-то со всем связан, а память об этом у него стерта. Но истина где-то рядом. Полное издание «Дневников Киллербота» – весь сериал в одном томе!Поздравляем! Вы – Киллербот!Весь цикл «Дневники Киллербота», все шесть романов и повестей, которые сделали Марту Уэллс звездой современной научной фантастики!Неосвоенные колонии на дальних планетах, космические орбитальные станции, власть всемогущих корпораций, происки полицейских, искусственные интеллекты в компьютерных сетях, функциональные андроиды и в центре – простые люди, которым всегда нужна помощь Киллербота.«Я теперь все ее остальные книги буду искать. Прекрасный автор, высшая лига… Рекомендую». – Сергей Лукьяненко«Ироничные наблюдения Киллербота за человеческим поведением столь же забавны, как и всегда. Еще один выигрышный выпуск сериала». – Publishers Weekly«Категорически оправдывает все ожидания. Остроумная, интеллектуальная, очень приятная космоопера». – Aurealis«Милая, веселая, остросюжетная и просто убийственная книга». – Кэмерон Херли«Умная, изобретательная, брутальная при необходимости и никогда не сентиментальная». – Кейт Эллиот

Марта Уэллс , Наталия В. Рокачевская

Фантастика / Космическая фантастика / Научная Фантастика
Сокровища Валькирии. Книги 1-7
Сокровища Валькирии. Книги 1-7

Бывшие сотрудники сверхсекретного института, образованного ещё во времена ЧК и просуществовавшего до наших дней, пытаются найти хранилище сокровищ древних ариев, узнать судьбу библиотеки Ивана Грозного, «Янтарной комнаты», золота третьего рейха и золота КПСС. В борьбу за обладание золотом включаются авантюристы международного класса... Роман полон потрясающих открытий: найдена существующая доныне уникальная Северная цивилизация, вернее, хранители ее духовных и материальных сокровищ...Содержание:1. Сергей Алексеев: Сокровища Валькирии. Правда и вымысел 2. Сергей Алексеев: Сокровища Валькирии. Стоящий у солнца 3. Сергей Алексеев: Сокровища Валькирии. Страга Севера 4. Сергей Алексеев: Сокровища Валькирии. Земля сияющей власти 5. Сергей Трофимович Алексеев: Сокровища Валькирии. Звёздные раны 6. Сергей Алексеев: Сокровища Валькирии. Хранитель Силы 7. Сергей Трофимович Алексеев: Птичий путь

Сергей Трофимович Алексеев

Научная Фантастика