Читаем KETS Yulduzi полностью

Qisqasi, Jipsidan g‘oyat mamnun edim. Lekin Faleyev borgan sari meni hayratga solardi. Bu odam shundoq ko‘z oldimda tamom o‘zgarib ketdi. U tobora anqovlashib borardi. Ba’zan oddiy narsalarni ham tushunmay qarshimda uzoq vaqt «osilib» turaverardi. Ishi mutlaqo yurishmasdi. U hamma narsani unutib qo‘yar, ko‘p xato qilardi. Hatto tashqi qiyofasi ham boshqacha bo‘lib qoldi, o‘ziga qaramay qo‘ydi: soqol-mo‘ylovi o‘sib ketgan, kostyumini ahyonda bir almashtiradi, vannaga zo‘rlab olib bormasang o‘zicha bormaydi. Eng qizig‘i, u jismoniy jihatdan o‘zgara boshladi. Avval ko‘zlarimga ishonmadim, keyin borgan sari uning bo‘yi cho‘zilib ketayotganiga ishonch hosil qildim. Yuzi ham cho‘zilinqiragan, pastki jag‘i turtib chiqa boshlagandi. Oyoq va qo‘l barmoqlari uzayib, kemirchak va suyaklari yo‘g‘onlasha boshlagandi. Xullas, akromegaliya kasali bilan og‘rigan kishiga o‘xshardi. Bir kuni uni ehtimol bir oydan beri o‘zi yaqinlashmagan ko‘zgu ro‘parasiga olib keldim.

— Qarang, kimga o‘xshab ketibsiz!

U ko‘zguga uzoq tikilib turdi-da:

— Bu kim? — deb so‘radi.

Bu odamning esi joyidami!

— Siz-da, albatta.

— Taniyolmayapman, — dedi Faleyev. — Nahotki shu men bo‘lsam? Jipsidan battar. — Bu so‘zlarni u tamom beparvolik bilan aytdi, ko‘zgudan uzoqlashgach, shu zahotiyoq boshqa narsalar haqida gapirib ketaverdi.

Yo‘q, bu odamni davolash, tezda davolash kerak.

Men shu kuniyoq Ketsga uchib borib, bu haqda Mellerga xabar bermoqchi bo‘ldim. ch Lekin o‘shd kuni yana bir hodisa yuz berdi-yu, Mellerga endi bir emas, ikki bemor haqida gapirishga to‘g‘ri keldi.

<p>XIX. G‘ALATI KASALLIK</p>

Prujinali soatlarimiz (vaznsizlik olamida kapgirli soatlar ishlamaydi) kech oltiga yaqinlashib qolgan edi. Faleyev Kets Yulduziga uchib ketdi, Zorina hali zoolaboratoriyada edi. Bu qiz menga o‘xshab ishga berilib ketganidan ko‘pincha kechgacha shu yerda bo‘lardi. Doimo quvnoq, xushchaqchaq, ochiq ko‘ngil bu qiz faqat yaxshi xodimgina emas, balki ajoyib o‘rtoq ham edi.

U menga turli ilmiy masalalar yuzasidan tez-tez murojaat qilib turar, men ham bajonu dil yordam berardim.

Bu gal ham shunday bo‘ldi.

Vera Zorina sovuqning yungning o‘sishiga ta’sirini o‘rganish ustida ish olib borardi. Tajriba qilinayotgan hayvon past haroratli maxsus kamerada saqlanar va u yerda issiq kostyumda ishlashga to‘g‘ri kelardi. Bu kamera quvurnusxa laboratoriyamizning oxiriga joylashgan edi.

Men bir o‘zim shisha yashik oldida kattaligi kabutarday Kladigan bahaybat pashshani kuzatib o‘tirardim. Gavdasining shu qadar kattaligiga qaramay pashshaning qanotlari asalarinikiday edi. Chunki uchish vaqtida bu qanotlarning deyarli yordami tegmasdi, pashsha o‘z uyasining shisha devorlari bo‘ylab o‘rmalab yurishni afzal qo‘rardi. Bu ulkan pashsha endi jinsi noma’lum maxluq emas edi. U urg‘ochi pashsha edi — o‘z xohishim bilan yaratilgan. Uz muvaffaqiyatim oqibatlari haqida xayol surib o‘tirib, Jipsining yonimga uchib kelganini ham nayqamay qolibman. U o‘z tilida bir narsalarni tushuntira boshladi. Keyin angladimki, meni Zorina chaqirayotgan ekan.

O‘rnimdan turdim. Jipsi pardali g‘anjalarini silkitib oldin uchib ketdi, men uning orqasidan uchdim. Laboratoriyaiing oxiriga yetganda issiq kostyum kiyib, kameraga kirdim. Shift ostida qo‘y osilib turardi. Uning yungi shu qadar uzun ediki, hatto oyoqlari ham ko‘rinmasdi. Ushlab ko‘rdim — shunaqa mayinki, naq ipak deysiz. Chinakam oltin yung! Qo‘y huddi oppoq bulutlar qurshovida qolganday.

— Chakki emas! — dedim men. — Ishingiz yurishib ketibdi.

— Buni qarang, — dedi Zorina entikib, — qo‘yning yungini mqindagina olgan edim. Yana o‘sib qolibdi, hatto ilgarigidan ham uzunroq. Lekin bir oz dagalroq bo‘lib qolgan. Shundan tashvishlanyapman.

— Yo‘g‘-e, ipak bundan mayin bo‘lishi mumkin emas, — e’tiroz bildirdim men.

— Lekin o‘rgimchak uyasi ipakdan nozik, — deya o‘z navbatida e’tiroz bildirdi Zorina ham. — Mana, ushlab ko‘ring. — U menga bir tutam gazday yengil, oppoq yung uzatdi.

Zorina haq: qirqib olingan yung mayinroq edi.

— Nahotki qirqib olingandan keyin yung dag‘al bo‘lib qolsa? — so‘radi qiz.

Men darrov javob berolmadim.

— Bu yer sovuq, — dedim men. — Chiqib gaplashaylik.

Biz kameradan laboratoriyaga o‘tib, po‘stinlarimizni yechdikda, ularni shundoqqina yonimizda, havoga «ilib» qo‘yib, gapga tushib ketdik. Derazadan zangori quyosh ko‘rinib turibdi. Pastroqda yer ulkan oyday ko‘zga tashlanadi. Somon yo‘li tuman doglari. Tanish, odatdagi manzara… Zorina oyog‘ining uchini shift» dagi qayish halqadan o‘tkazib olib, quloq solardi.

Men Jipsining boshidan quchoqlagancha deraza oldida turardim.

Birdan Jipsi bezovtalanib, «Kgmrrr…» deya g‘udurladi. Shu zahotiyoq Kramerning tovushini eshitdim:

— Osmondagi farog‘at! Yulduzda duet!

Darrov Zorina bilan ko‘z urishtirib oldim. Uning qoshlari chimirilib ketgan edi. Jipsi yana irillay boshladi, lekin uni tinchlantirdim. Kramer o‘ng qanotini asta silkitib, bizga yaqinlashib kelardi.

— Vera bilan gaplashishim kerak! — dedi u to‘xtab, ko‘zlarimga tikilgacha.

— Men xalaqit beramanmi? — so‘radim men.

Перейти на страницу:

Похожие книги

Аччелерандо
Аччелерандо

Сингулярность. Эпоха постгуманизма. Искусственный интеллект превысил возможности человеческого разума. Люди фактически обрели бессмертие, но одновременно биотехнологический прогресс поставил их на грань вымирания. Наноботы копируют себя и развиваются по собственной воле, а контакт с внеземной жизнью неизбежен. Само понятие личности теперь получает совершенно новое значение. В таком мире пытаются выжить разные поколения одного семейного клана. Его основатель когда-то натолкнулся на странный сигнал из далекого космоса и тем самым перевернул всю историю Земли. Его потомки пытаются остановить уничтожение человеческой цивилизации. Ведь что-то разрушает планеты Солнечной системы. Сущность, которая находится за пределами нашего разума и не видит смысла в существовании биологической жизни, какую бы форму та ни приняла.

Чарлз Стросс

Научная Фантастика
Дневники Киллербота
Дневники Киллербота

Три премии HugoЧетыре премии LocusДве премии NebulaПремия AlexПремия BooktubeSSFПремия StabbyПремия Hugo за лучшую сериюВ далёком корпоративном будущем каждая космическая экспедиция обязана получить от Компании снаряжение и специальных охранных мыслящих андроидов.После того, как один из них «хакнул» свой модуль управления, он получил свободу и стал называть себя «Киллерботом». Люди его не интересуют и все, что он действительно хочет – это смотреть в одиночестве скачанную медиатеку с 35 000 часов кинофильмов и сериалов.Однако, разные форс-мажорные ситуации, связанные с глупостью людей, коварством корпоратов и хитрыми планами искусственных интеллектов заставляют Киллербота выяснять, что происходит и решать эти опасные проблемы. И еще – Киллербот как-то со всем связан, а память об этом у него стерта. Но истина где-то рядом. Полное издание «Дневников Киллербота» – весь сериал в одном томе!Поздравляем! Вы – Киллербот!Весь цикл «Дневники Киллербота», все шесть романов и повестей, которые сделали Марту Уэллс звездой современной научной фантастики!Неосвоенные колонии на дальних планетах, космические орбитальные станции, власть всемогущих корпораций, происки полицейских, искусственные интеллекты в компьютерных сетях, функциональные андроиды и в центре – простые люди, которым всегда нужна помощь Киллербота.«Я теперь все ее остальные книги буду искать. Прекрасный автор, высшая лига… Рекомендую». – Сергей Лукьяненко«Ироничные наблюдения Киллербота за человеческим поведением столь же забавны, как и всегда. Еще один выигрышный выпуск сериала». – Publishers Weekly«Категорически оправдывает все ожидания. Остроумная, интеллектуальная, очень приятная космоопера». – Aurealis«Милая, веселая, остросюжетная и просто убийственная книга». – Кэмерон Херли«Умная, изобретательная, брутальная при необходимости и никогда не сентиментальная». – Кейт Эллиот

Марта Уэллс , Наталия В. Рокачевская

Фантастика / Космическая фантастика / Научная Фантастика
Сокровища Валькирии. Книги 1-7
Сокровища Валькирии. Книги 1-7

Бывшие сотрудники сверхсекретного института, образованного ещё во времена ЧК и просуществовавшего до наших дней, пытаются найти хранилище сокровищ древних ариев, узнать судьбу библиотеки Ивана Грозного, «Янтарной комнаты», золота третьего рейха и золота КПСС. В борьбу за обладание золотом включаются авантюристы международного класса... Роман полон потрясающих открытий: найдена существующая доныне уникальная Северная цивилизация, вернее, хранители ее духовных и материальных сокровищ...Содержание:1. Сергей Алексеев: Сокровища Валькирии. Правда и вымысел 2. Сергей Алексеев: Сокровища Валькирии. Стоящий у солнца 3. Сергей Алексеев: Сокровища Валькирии. Страга Севера 4. Сергей Алексеев: Сокровища Валькирии. Земля сияющей власти 5. Сергей Трофимович Алексеев: Сокровища Валькирии. Звёздные раны 6. Сергей Алексеев: Сокровища Валькирии. Хранитель Силы 7. Сергей Трофимович Алексеев: Птичий путь

Сергей Трофимович Алексеев

Научная Фантастика