Читаем Marsga hujum полностью

— Yo‘q, xo‘jayin, men hech ham unday o‘ylaganim yo‘q, bunday bo‘lishini bilganim ham yo‘q, lekin shunday bo‘lib qoldi. Hunar o‘rganib gunoh ish qilibmanmi, mister Tis?

— Hali raketalaringga nom ham qo‘yib olgandirsan?

Qoratanlilar o‘zlarining yagona soatlari — fordning uskunalar taxtasidagi soatiga qarashdi.

— Ha, xo‘jayin?

— Hoynahoy, “Ilya”, “Jang aravasi”, “Katta g‘ildirak” yoki “Kichik g‘ildirak”, “Sadoqat”, “Umid”,

“Muruvvat” bo‘lsa kerakdir?

— Biz kemalarga nomlar o‘ylab topganmiz, mister Tis.

— “Farzand-Xudo” va “Avliyo-arvoh”mi? Ayt-chi, bolakay, bitta raketani Baptistlar cherkovi sharafiga nomlasalaring nima qilibdi?

— Endi boraylik, mister Tis.

Tis qah-qah urib kuldi.

— Nahotki birontasini “Pastroq uch”, yoki “Sharofatli arafa” deb nomlamagansizlar?

Mashina o‘rnidan jildi.

— Xayr, missis Tis.

— Sizlarda “Sochilinglar, mening suyakchalarim” degan raketa bormi?

— Xayr, mister!

— “Iordan orqali” degani-chi? Vah! Bo‘pti, yigitcha, jo‘na, raketangda gumdon bo‘l, parvoz qil, portlasa ham bir tomchi ko‘z yosh to‘kmayman!

Mashina chang buluti ichida yelib ketdi. Silli xiyol o‘rnidan turdi-da, kaftini og‘ziga karnay qilib, so‘nggi bor Tisga qichqirdi:

— Mister Tis, mister Tis, endi tunlari nima ish qilasiz? Tunlari nima ish qilasiz?

Sukunat. Mashina uzoqlarda ko‘zdan g‘oyib bo‘ladi. Yo‘l huvillab qoldi.

— U nima demoqchi bo‘ldi, shaytondan tarqagan? — dedi hayron bo‘lib Tis. — Tunlari nima qilar ekanman?

U changning o‘tirishiga qarab turdi va birdan gap nimadaligini anglab qoldi.

U tunlari uyi yonida avtomashinalar kelib to‘xtaganini, ularda esa qop-qora qiyofalar bo‘lishini, tizzalar osilib turishini, undan yuqoriroqda miltiq millari ko‘rinib turishini go‘yo mudroq daraxtlarning qop-qora shoxlari ostida bir mashina to‘la turnalar turgandek bo‘lishini eslab qoldi. Yana darg‘azab ko‘zlar… Gudok, yana gudok, miltiqni qo‘lida siqib ushlagan, o‘zicha hiringlab kulgancha eshiklarni qarsillatib yopadi, yuragi boladek o‘ynab ketadi. Yoz tuni qo‘ynida yo‘ldagi ola-tasir poyga boshlanadi, mashina poli ustida yo‘g‘on arqon o‘rami ko‘rinadi, yangi patronlar qutichalaridan paltoning cho‘ntaklari qappayib turadi. O’tgan yillar ichida bunday kunlardan nechtasi o‘tgan ekan — qahrli ko‘zlar ustiga tushib turgan soch tutamlarini silab o‘ynayotgan qarshi shamol, yaxshi, baquvvat, mahkam daraxtni ko‘rgandagi tantanavor hayqiriqlar va kulba eshigini chertish!

— Shunga shama qilgan ekan-da, itdan tarqagan! — Tis qorong‘idan yo‘l ustiga sakrab chiqdi. —

Qayt, itvachcha! Tunlari nima qilar ekanman?! Obbo gazanda-ey, pastkash…

Sillining savoli ayni nishonga urgan edi. Tis o‘zini bemor, yuragini bo‘m-bo‘sh his etdi. “Darvoqe, tunlari biz nima qilamiz-a? — o‘yladi u. — Endi hamma ketib bo‘lganda-chi?” Uning yuragi g‘ash, miyasi karaxt bo‘lib qolgan edi.

U cho‘ntagidan to‘pponchani oldi-da, patronlarni qayta sanab chiqdi.

— Nima qilmoqchisan, Sem? — so‘radi kimdir.

— Bu padar la’natini otaman!

— Sal o‘zingni bossang-chi, — dedi bobo.

Ammo Semyuel Tis do‘kon ortida g‘oyib bo‘lgan edi. Bir zumdan so‘ng u o‘zining usti ochiq mashinasida paydo bo‘ldi.

— Kim boradi men bilan?

— Ha, bir aylanib kela qolay, — dedi bobo o‘rnidan turar ekan.

— Yana kim?

Jimlik.

Bobo mashinaga o‘tirdi-da, eshikni yopdi. Changni to‘zitgancha Semyuel Tis mashinani yo‘lga olib chiqdi va ular charaqlagan osmon ostida shamoldek yelib ketishdi. Ikkalasi ham jim edi. Bulutsiz osmon uzra quyosh o‘zining olovini ayamay purkaydi.

Yo‘l ikkiga ayrilgan joy. Ular to‘xtaydilar.

— Ular qaerga ketishdi, boboy?

Kvortermeyn bobo qoshini chimirdi.

— Menimcha, to‘g‘riga qarab ketishgan.

Ular yo‘lda davom etdilar. Daraxtlar ostida yolg‘iz motor ovozi gurillaydi. Yo‘lda zog‘ uchmas edi, biroq to‘satdan ular g‘alati bir narsani payqab qolishdi. Nihoyat Tis yurishni tezlatdi-da, sariq ko‘zlarini g‘azab bilan charaqlatgancha eshikdan gavdasini chiqarib egildi.

— Jin ursin, bobo! Bu itvachchalar nimani o‘ylab topishganini ko‘rdingizmi?

— Nimani? — so‘radi bobo tikilib qaragancha.

Перейти на страницу:

Похожие книги