Читаем Usta va Margarita полностью

— Ozodsan! Ozodsan! U seni kutmoqda!

Tog‘lar ustaning ovozidap momaqaldiroq bunyod etdilar va shu momaqaldiroq togTarni barbod etdi. Qoya toshlardan tiklangan mal’un devor quladi. Faqat yassi maydonchayu undagi tosh kursi qoldi. Devor qulagan qop-qorong‘i jarlik uzra charog‘on ulkan bir shahar namoyon bo‘ldi, necha-necha ming marta kelib ketgan to‘linoy kechalari davomida gurkurab kamol tongan shahar bog‘i uzra qad ko‘targan ma’budlarning haykallari oltindek tovlanardi. Prokurator shuncha vaqt intizor bo‘lib kutgan o‘sha oydin yo‘lka to‘g‘ri shu bog‘ sari yo‘nalgan edi, quloqlari uchli ko‘ppak birinchi bo‘lib shu yo‘lkadan yugurib ketdi. Astari qirmizi rang oq rido kiygan noib tosh kursidan turib, hirqiroq, bo‘g‘iq ovoz bilan bir nima deb qichqirdi. Lekin uning yigTayottaniniyam, kulayotganiniyam, nima deb qichqirganini ham aniqlab bo‘lmas edi. Uning o‘sha oydin yo‘lkadan o‘z sadoqatli qo‘riqchisi orqasidan yugurib ketganinigina ko‘rishdi, xolos.

— Men uning orqasidan o‘sha yoqqa borishim kerakmi? — deb so‘radi bezovta usta, otining jilovini siltab qo‘yarkan.

— Yo‘q, — deb javob qildi Voland, — adoyi tamom bo‘lgan narsa ortidan quvish na hojat?

— U holda, bu yoqqami? — so‘radi usta orqasiga o‘girilib, yaqindagina o‘zi tark etgan muhtasham minorali monastirlari bo‘lgan, uylarining derazalarida quyosh bo‘lak-bo‘lak bo‘lib aks etgan shahar tomonni ko‘rsatarkan.

— U yoqqa ham emas, — deb javob qildi Voland, shunda uning ovozi quyuqlashib, qoyalar uzra gumburladi, — xayolparast usta! Siz hozirgina ozod qilib yuborgan, ya’ni o‘zingiz kashf etgan qahramon uchrashish ishtiyoqida bo‘lgan odam romaningizni o‘qib chiqqan. — Shundan so‘ng Voland Margaritaga o‘girildi: — Margarita Nikolaevna! Siz usta uchun eng barkamol istiqbol kashf etmoqchi bo‘lgansiz — biz bundan voqifmiz, illo, men sizga taklif qilmoqchi bo‘lgan maslahat, ayni paytda, sizning nomingizdan siz uchun Ieshua iltimos qilgan narsa — yana ham yaxshiroq. Ular ikkovini o‘z holiga qo‘ying, — dedi Voland usta tomonga engashib, prokurator yugurib ketgan tomonni ko‘rsatarkan, — ularga xalal bermaylik. Ehtimol, o‘zlari biron bitimga kelishar, — shundan so‘ng Voland Yershalaim tomonga qarab bir qo‘l siltagan edi, shahar chiroqlari so‘ndi.

— U yoqda ham, — deb Voland orqa tomonga ishora qildi, — nima qilasiz o‘sha podvalda? — Shunda derazalarda aks etayottan oftob parchalari so‘ndi. — Nima hojati bor? — deb davom etdi Voland qat’iy, ammo muloyim ohangda, — o xayolparastlar xayolparasti usga, nahot siz endigina gulga kirgan olchalar tagida o‘z mahbubangiz bilan har kuni sayr qilib yurishni, kechqurunlari esa Shubertning muzikasini tinglashni istamasangiz? Nahot shamlar yorug‘ida patqalam bilan asar yozish sizga huzur bag‘ishlamasa? Nahotki siz Faustga o‘xshab yangi gumonkul’ ixtiro etish niyatida regorta ustida fikr yuritishni xohlamasangiz? O‘sha yoqqa, o‘sha yoqqa yo‘l oling. U yerda sizni o‘z uyingiz, uyingizda keksa xizmatkoringiz kutmokda, shamlar yoqilgan, hademay ular o‘chadi, zero siz yetib borgan zahotingiz tong shafag‘i sizni peshvoz chiqib kutib oladi. Mana bu yo‘ldan, usta, mana bu yo‘ldan boring. Alvido! Men ketdim.

— Alvido! — deb baravar qichqirishdi Margarita bilan usta. Shunda qora ridoga o‘ralgan Voland yo‘l qolib, to‘g‘ri borib tubsiz jar qa’riga quladi, mulozimlari ham uniig orqasidan jarga gumburlab yiqilishdi. Shunda atrofdagi qoyalar ham, maydoncha ham, oydin yo‘lka ham, Yershalaim ham — hammasi g‘oyib bo‘ldi. Qora otlar ham ko‘zdan yo‘qoldi. Shu payt usta bilan Margarita va’da qilingan tong shafag‘ini ko‘rdilar. U shu onning o‘zida, yarim kechada, to‘linoy porlab turgan paytda boshlandi. Usta o‘z mahbubasi bilan birga tongning ilk shu’lasidan bahramand bo‘lib, hammayog‘ini yo‘sin o‘ragan tosh ko‘prikchadan o‘ta boshladilar. Jilg‘a oshiq-ma’shuqlar orqasida qoldi, endi ular qumli yo‘ldan yurib ketdilar.

— Sukunatga quloq sol, — derdi Margarita, uning yalangoyoqlari ostida qum shuvillardi, — hayotingda senga nasib etmagan narsa — sukunatni tinglab huzur qil. Qara, huv ana senga tuhfa etilgan mangu makoning. Uning uch tabaqali derazasini, tomigacha ko‘tarilgan tok navdalarini ko‘ryapman. Mana shu sening uying, mangu makoning. Bilaman, kechqurunlari oldingga o‘zing xush ko‘rgan, seni qiziqtirgan va dilingni og‘ritmaydigan odamlar kelishadi. Ular sen uchun sozlar chalishadi, qo‘shiqlar kuylashadi, shamlar yoqilganida xonangning qanday rangda ekanligini ko‘rasan. Sen har kuni kechqurun yog‘i chiqib ketgan o‘sha abadiy qalpog‘ingni kiyib, lablaringda tabassum bilan pinakka ketasan. Uyqu senga darmon beradi, sen dono mulohazalar yuritasan. Ammo meni endi yoningdan quvib yubora olmaysan. Sening oromingni men muhofaza qilaman.

Перейти на страницу:

Похожие книги

Тихий Дон
Тихий Дон

Вниманию читателей предлагается одно из лучших произведений М.Шолохова — роман «Тихий Дон», повествующий о классовой борьбе в годы империалистической и гражданской войн на Дону, о трудном пути донского казачества в революцию.«...По языку сердечности, человечности, пластичности — произведение общерусское, национальное», которое останется явлением литературы во все времена.Словно сама жизнь говорит со страниц «Тихого Дона». Запахи степи, свежесть вольного ветра, зной и стужа, живая речь людей — все это сливается в раздольную, неповторимую мелодию, поражающую трагической красотой и подлинностью. Разве можно забыть мятущегося в поисках правды Григория Мелехова? Его мучительный путь в пламени гражданской войны, его пронзительную, неизбывную любовь к Аксинье, все изломы этой тяжелой и такой прекрасной судьбы? 

Михаил Александрович Шолохов

Советская классическая проза
Дом учителя
Дом учителя

Мирно и спокойно текла жизнь сестер Синельниковых, гостеприимных и приветливых хозяек районного Дома учителя, расположенного на окраине небольшого городка где-то на границе Московской и Смоленской областей. Но вот грянула война, подошла осень 1941 года. Враг рвется к столице нашей Родины — Москве, и городок становится местом ожесточенных осенне-зимних боев 1941–1942 годов.Герои книги — солдаты и командиры Красной Армии, учителя и школьники, партизаны — люди разных возрастов и профессий, сплотившиеся в едином патриотическом порыве. Большое место в романе занимает тема братства трудящихся разных стран в борьбе за будущее человечества.

Георгий Сергеевич Березко , Георгий Сергеевич Берёзко , Наталья Владимировна Нестерова , Наталья Нестерова

Проза / Проза о войне / Советская классическая проза / Современная русская и зарубежная проза / Военная проза / Легкая проза