Читаем Hofiz Sheroziy полностью

Qayonda o‘nglamoq ishni va man xarob qayon?Vu yo‘l qayonda-yu, men qaydaman, javob qayon?Biri-biridan uzoq — so‘fiylik bilan rindlik,Qayon nasihatu raqs, nag‘mai rubob qayon?Ris to‘nidan-u, butxonadan ko‘igil bezdi,Qayonda dayri mug‘onu sharobi nob qayon?Esardi vasl shamoli, ajab go‘zal chog‘ edi,Qayon u nozu karashma ham ul itob qayon?Nima gapirsa u dushman dili-yu, do‘st yuzidan —So‘niq chiroq qayon, ravshan oftob qayon?Ko‘zim yoritguchidir ostonangiz tuprog‘i,Qayon ketay bu eshikdan, buyur, xitob qayon?Yugurma olma zanaxdonga, choh yo‘l ustidadir,Qayon borursan, ey ko‘ngul, bu xil shitob qayon?Qaroru sabrni Hofizdan istama, ey do‘st,Qayon qaroru chidam dilda, ko‘zda xob qayon?* * *Ey soqiy, boda nuri-la porlat shu jomimiz!Sozanda, chal, jahonning ishi bo‘ldi romimiz.Ko‘rdik nigor aksi jamolin piyolada —Bois bo‘lib qadah ko‘tarishga davomimiz.Nozu karashma, ishva qilur qaddi sarvlarKelmakda deb u sarvi sanobar xiromimiz.Hech o‘lmagay kishiki, dili ishq ila tirik,Olam sahifasin boshida bizni nomimiz.Bir makr etarmi, deb meni izlatsa qo‘rqaman,Pirning halol nonida bizning haromimiz.Gar do‘stlarimiz bog‘i tomon essang, ey sabo,Albatta, yori jonga yeturgil salomimiz.Takrorlama nomimizni — budir senga iltimos,Kesin o‘zi, gar eslamas aytganda nomimiz.Mastlikpi zavqi dilbari barno ko‘ziga xos:Ul yuzda ixtiyorimiz, ul zulf domimiz.Hofiz sochar ko‘z yoshini donadek mudom,Budir umid vasl: qushin tutsa domimiz.* * *Keldi masjiddan bu kech mayxona sori pirimiz,Ne bo‘lur, yo‘ldoshlarim, bundan keyin tadbirimiz?Biz muridlar qaysi yo‘l birla borurmiz Ka’baga?Boshlamoqda yo‘lni mayxona tomonga pirimiz!O‘tparastlar manzilida biz ham aylarmiz makon,Chunki shunday deb yozilmishdir azal taqdirimiz.Band bo‘lib zulfiga dil shod bo‘lganin bilsaydi aql,Aql eli istardi devona bo‘lib zanjirimiz.Shul go‘zal yuz lutfu ehson oyatin etdi bayon,Shu uchun yaxshiligingdan o‘zga yo‘q tafsirimiz.Tosh kabi qattiq dilingga hech bir aylarmi asar,Shuncha o‘tlug‘ oh birla yo‘qmidir ta’sirimiz?Ohimizning o‘qlari, Hofiz, falakdan ham o‘tar,Rahm qil joningga, saqlan, tegmagay to tirimiz.* * *
Перейти на страницу:

Похожие книги

Партизан
Партизан

Книги, фильмы и Интернет в настоящее время просто завалены «злобными орками из НКВД» и еще более злобными представителями ГэПэУ, которые без суда и следствия убивают курсантов учебки прямо на глазах у всей учебной роты, в которой готовят будущих минеров. И им за это ничего не бывает! Современные писатели напрочь забывают о той роли, которую сыграли в той войне эти структуры. В том числе для создания на оккупированной территории целых партизанских районов и областей, что в итоге очень помогло Красной армии и в обороне страны, и в ходе наступления на Берлин. Главный герой этой книги – старшина-пограничник и «в подсознании» у него замаскировался спецназовец-афганец, с высшим военным образованием, с разведывательным факультетом Академии Генштаба. Совершенно непростой товарищ, с богатым опытом боевых действий. Другие там особо не нужны, наши родители и сами справились с коричневой чумой. А вот помочь знаниями не мешало бы. Они ведь пришли в армию и в промышленность «от сохи», но превратили ее в ядерную державу. Так что, знакомьтесь: «злобный орк из НКВД» сорвался с цепи в Белоруссии!

Алексей Владимирович Соколов , Виктор Сергеевич Мишин , Комбат Мв Найтов , Комбат Найтов , Константин Георгиевич Калбазов

Фантастика / Детективы / Поэзия / Попаданцы / Боевики