Читаем Hofiz Sheroziy полностью

Dil — saroyi muhabbatidur uning,Kuz — yoritg‘uchi tal’atidur uning.Ikki dunyoga boshni egmasdanGardanim uzra minnatidur uning.Senu to‘bi-yu, men — qaddig‘a asir,Kim na fikr etsa, himmatidur uning.O‘tti Majnun zamoni — gal bizga,O‘tkazar, kimki navbatidur uning.Men netay xilvati aroki, saboPardador o‘ldi — hurmatidur uning.Ishqning mulki-yu, quvonch ganjiMenda bor, bu — inoyatidur uning.Yo‘q zarar dil bilan men o‘lsak ham,Qasdimiz tan salomatidur uning.Bo‘lmagay hech xayoli ko‘zdan uzoq,Chunki bu burchak xilvatidur uning.Bersa oro chamanga har yangi gul,Bori ta’sir suhbatidur uning.O‘zi yo‘qsil ko‘rinsa ham Hofiz,Ko‘ksi ganji muhabbatidur uning.* * *Zohido, aylama rindlarga gunohkorcha xitob,Boshqalarning gunohi-chun seni qilmaydi itob.Yaxshiman, xoh yomonman — o‘z ishingni o‘ngla,Hosil ekannikidir, sen bu uchun olma hisob.Mastu hushyor — hama odamga talabdur dildor,Farqi yo‘q — sevgi uyi masjidu ham dayri xarob.May uyining eshigi tuprog‘iga bosh tutdim,Kimki so‘z uqmasa, xisht-la boshiga ursa savob.Meni qo‘rqitma azal yozmishin aylab takror,Ma’lum ermas senga kim yaxshi erur, kim nobob.Zuhdu taqvodan uzoq bo‘lg‘uchi yolg‘iz men emas,Balki jannatdan otam chetlatgali qildi shitob.Toating maqtama, ey so‘fiyki, taqdir qalamiNa bilursan, nima deb noming atab yozdi kitob?Yaratilmoqda bu bo‘lsang — juda toza asling,Bu esa senda tabiat juda ham olijanob.Bo‘lsa jannat bog‘i ham qancha yoqimli, lekin,Bil: g‘animat senga tol soyasi ham jomi sharob.Hofizo, olsang o‘lim chog‘ida qo‘lg‘a bir jom,Borasan to‘g‘ri bihisht bog‘iga — ko‘p chekma azob.* * *Sharobu aysh nadur yoshrin aylamak bunyod,Qo‘shildik rind safiga — endi foydasiz faryod.Yurak tugunlarini yech, falakni o‘ylama hech,Yecholmadi bu tugunni biror yetuk ustod.Qadahni tutgil adab shartlarin rioya qilib,Bu kosa tarkibi Jamshidu Bahrom ila Qubod.Qayonga Jamshidu Kay ketdilar — birov bilmas,Kim anglagay — ne uchun bo‘ldi taxti Jam barbod?Ko‘zimning oldidakim: Shirin ishqu hasratidanYetardi lolazor ichra vatan tutib Farhod.Magarki lola jahon bevafoligin bildiKelib-ketib, qo‘lidan shisha bo‘lmadi ozod.Uzoqqa ketgali menga ijozat bermaslar,Ko‘ngilda zavqi Musalloyu nahri Ruknobod.Dafu chang ovozi ostida sof bodani ich,Sevinch inaklaridan qildi pardasin ijod.Yetishdi ishqi g‘amida ne yetsa Hofizga,Zamonaning ko‘zi oshiqqa solmasin bedod.* * *
Перейти на страницу:

Похожие книги

Партизан
Партизан

Книги, фильмы и Интернет в настоящее время просто завалены «злобными орками из НКВД» и еще более злобными представителями ГэПэУ, которые без суда и следствия убивают курсантов учебки прямо на глазах у всей учебной роты, в которой готовят будущих минеров. И им за это ничего не бывает! Современные писатели напрочь забывают о той роли, которую сыграли в той войне эти структуры. В том числе для создания на оккупированной территории целых партизанских районов и областей, что в итоге очень помогло Красной армии и в обороне страны, и в ходе наступления на Берлин. Главный герой этой книги – старшина-пограничник и «в подсознании» у него замаскировался спецназовец-афганец, с высшим военным образованием, с разведывательным факультетом Академии Генштаба. Совершенно непростой товарищ, с богатым опытом боевых действий. Другие там особо не нужны, наши родители и сами справились с коричневой чумой. А вот помочь знаниями не мешало бы. Они ведь пришли в армию и в промышленность «от сохи», но превратили ее в ядерную державу. Так что, знакомьтесь: «злобный орк из НКВД» сорвался с цепи в Белоруссии!

Алексей Владимирович Соколов , Виктор Сергеевич Мишин , Комбат Мв Найтов , Комбат Найтов , Константин Георгиевич Калбазов

Фантастика / Детективы / Поэзия / Попаданцы / Боевики