Dedim: G‘aming chekarman. Dedi: O‘tar bu g‘am hamDedimki: Menga bo‘l oy. Dedi: Chiqar biror dam.Dedim: Vafolilardan o‘rgan vafo yo‘lini.Dedi: Go‘zal sanamda mehru vafo bo‘lur kam.Dedim: Soching isi-la yo‘ldan butun adashdim.Dediki: Bandalik et — bo‘lgay nigor hotam.Dedimki: Toza ko‘ngling bo‘lgay qachon muloyim?Dedi: Jafoga sabr et, shoyad yetar o‘shal dam.Dedim: Xayoling ila termuldi ko‘z yo‘lingga.Dediki: Tun yurarning so‘qmog‘i boshqa olam.Dedim: Ajab havo bu — jainatdan esdi go‘yo.Dedi: Bu yor saridan esgan shabada — ko‘klam.Dedim: Labing mayining orzusi birla o‘ldim.Dediki: Sabr qilsang, bo‘lg‘usi dardga marham.Dedimki: Ayshu suhbat, ko‘rdingki, qanday o‘tdi?Dedi: Jim o‘lki, Hofiz, kechgay bu qayg‘u — motam.* * *Har nechakim yuzlaring oy, kunga nisbat qildilar,Surating ko‘rmay turib, taxmin-la tuhmat qildilar.Ishqimizning sho‘rishidan zarra miqdorindadirHar nakim Farhodu Shirindan hikoyat qildilar.Jon bag‘ishlar yuzi gullarning oyoq gardi isi,Onglilar undan dimog‘in chog‘u rohat qildilar.Qarg‘a, quzg‘un ov uchun bog‘lab boqishga arzimas,Lochinu qirg‘iyni ammo shunday izzat qildilar.Boqmangiz rindlarni tahqirlab, safol deb kosasi,Bu hariflar jomi Jam bazmida xizmat qildilar.Qilmadi mujgon o‘qi ham jodutar afsunlari,Javrlarkim, zulfu mushkin xoling odat qildilar.Bizga bir bo‘sa yetardi — qilmadi ruxsat labing:Bu shirin lablar mudom shunday ishorat qildilar.Soqiyo, may ber — azal taqdirining tadbiri yo‘q,Hech bir o‘zgarmasligin ta’kidu hujjat qildilar.O‘tli, pardozli yuzi birla go‘zallar dam-badamSo‘fiylarning dil bilan diniii g‘orat qildilar.Maqtadi ehsonlaring she’rida Hofiz har qachon,Tinglaganlar she’rini tahsin-u rahmat qildilar.* * *Oftob kabi har ko‘zga yuzing jilvagar o‘lsin!Xo‘bliqda yuzing xo‘blig‘i har on digar o‘lsin!Davlat qushi — lochin pari yanglig‘ qaro zulfingDunyodagi shohlar boshida toji sar o‘lsin!Har dilki, sening zulfinga band o‘lmas ekan, uBo‘lsin jigari qon, o‘zi undan batar o‘lsin!G‘amzang o‘qi yog‘sa, sanamo, boshima har dam,Ul o‘q qoshida g‘amzada ko‘nglim sipar o‘lsin!Bir bo‘sa menga ushbu shakar labdan et ehson,Jon komi uning lazzati birla shakar o‘lsin!Har lahza menga yangilanur shavq ila ishqing,Har damda sening ravnaqi husning digar o‘lsin!Hofiz dilu joni ila diydoringga mushtoq,Bir boq unga — ehsoning ila bahravar o‘lsin!* * *