Domlalar minbar uza so‘z qilsa takror o‘zgacha,Aylagay xilvatda turli fitna bedor o‘zgacha.Ushbu majlisning bilimdoniga bor mushkul savol:Tavba berguchiga tavba ne uchun or, o‘zgacha?Mildir o‘z eshshaklariga yangi boylarni bu choq,Qul xachirga faxr etib, noz aylar izhor o‘zgacha.Xonaqohning soili, kel, o‘tparastlar dayridaBir qadah-la dilni ayla boyu dedor o‘zgacha.Husni bepoyoni qancha oshiqin qilsa halok,Yangi oshiqlar kelib, bo‘lgay giriftor o‘zgacha.Dod shu gavhar bilmagan sarroflarning dastidan —Kim, eshakmunchoqni dur dsb, qildi bozor o‘zgacha.Arshdan tong chog‘ida keldi tovush, aql unga der:Yod olur ko‘kda malak Hofizdan ashor o‘zgacha!* * *Go‘zal gul chog‘i yashnar tog‘u cho‘llar,Kerak bu chog‘da bo‘lsin qo‘lda sog‘ar.Ko‘ngilni aylagil bir lahza xursand,Sadafda doimo bo‘lmaydi gavhar.G‘animat bil — guliston ichra may ich,Ikkinchi hafta gulning holi digar.Qiziq sevgi yulikim, ushbu yulgaBosh urganlarda bosh qolmaye muqarrar.Menga hamdars esang — yiqqil varaqni,Bu ishq ilmini bildirmas u daftar.Ushanday yorga dil bog‘lagilkim,Jamoli bo‘lmasin muhtoji zevar.Kel, ey shayx, boda ich g‘amxonamizda,Uyalsin ushbu maydan havzi Kavsar.Qizil may birla oltin jomni to‘ldir,Bag‘ishla kimki ehsoningni istar.Xudo haqqi, kumush tanli butim bor,Bu xil but ko‘rmagandir balki Ozar.Desa Hofizni she’rin kimki yanglish,Yetishmas aqli: nedir toza gavhar?* * *Bu kecha maykadada bazmu aysh farovon edi:Xurushda soqiyu kunduz kabi charog‘on edi.Emasdur ishq so‘zi ovozu harfga hech muhtoj,Xuro‘shga solg‘uchi nay, daflar etgan afg‘on edi.Bu telbalar yig‘inida na o‘tsa bahsu javob,U madrasa haqida qilu qolu doston edi.Ko‘ngil quvonchda edi soqiynipg karashmasidan,Bu baxt qaytmog‘i bir oz ko‘ngilga armon edi.Aniqladim: u ikki mast jodu ko‘zlarniSehrchi somiriyning mingi banda farmon edi.Dedimki: Menga labingdan havola qil bo‘sa,Kulib dediki: Qachon bizda buncha bo‘lg‘on edi?Aniqki, baxtu saodat menga yuz ochdi kecha —Oy ila yer yuzi bir-bir bilan gilaxon edi.Ul oy labi edi Hofizni dardiga darmon,Karam chog‘ida biroq do‘stiga kamehson edi.* * *