Tol osti, suv labida she’r ila oldingda yor o‘lsin!Ham ulfat dilbari shirin-u, yori gul’uzor o‘lsin!Ayo, ey baxt ila davlat, shu davlat qadriga yetgil,Muborak bo‘lsin ayshing, ham bu damlar poydor o‘lsin!Kelin tab’imga nozik fikr durru gavharin taqdim,Zamona boqsa — bo‘ynimda ilondek zulfi yor o‘lsin!G‘animat angla suhbat tunlarin, bo‘l doimo dilxush,Ochilmish lola, oydin tunda ishrat barqaror o‘lsin!Nechuk maydur u soqiy ko‘zlarining kosasi ichra —Ki, oqillarcha mast etsin, shirin unda xumor o‘lsin!U odamlarki, bir dilbarning ishqin dilda saqlabdir,Degil: isriq tutatsin, ko‘zlaguchi sharmsor o‘lsin!O‘tibdir umr, ey Hofiz, kel, etgil, azmi mayxona,Ish o‘rgat mastlarga — yaxshi ishlarda baror o‘lsin!* * *O‘z baxtimizni biz sinadik bu shahar aro,Tortib olish kerak — u yotar xavfli jar aro.Barmoqni tishlab oh chekarman, shuning uchunO‘tlar yoqildi gul kabi jonu jigar aro.Xush keldi menga tundagi bulbulning xonishi,O‘z shoxlarini chirmadi gul barglar aro.Shod o‘lgil, e ko‘ngilki, u nozu itobli yorO‘z baxtidan itobda qolur bu shahar aro.Dunyoda hech mashaqqat, azob tortmayin desang,Ahdingda tur, so‘zingni botirma zahar aro.Betinch qiluvchi hodisa cheksa falakka bosh,Taqdirin ongli kimsalar otmas zarar aro.Hofiz, agarda vasl abadiy bo‘lsa barqaror,Qolmasdi Jamshid taxtidai ajrab, xatar aro.* * *Ajab Sherozkim, yo‘qdir misoli.Xudoyo, bo‘lmasin hargiz zavoli!Bu Ruknobod yeuvi tahsinga loyiq,Berur Xizr umrini salqin zuloli.Musallo, Ja’farobod orasidaEsar mushk ila anbardek shamoli.Kelib Sherozga, ol fayzu sharaflar,Juda ko‘pdir aziz sohibkamoli.Kigaida Misr qandin yod etargaShirinlar oldida qolmas majoli.Sabo, ul sho‘x go‘zal, mastlar haqidaNe bilgaysan, nechuk onlarni holi?Meni bu uyqudan uyg‘otmangiz hech,Dilimni shod etar shirin xayoli.* * *Misoli tongsan-u, men sham’dek bo‘libman ado,Kulib qarar, nechuk etgum bu jonni senga fido.Shu zulfing o‘ldi sabab — tushdi dilga har neki dog‘,Go‘rimdan ungusi o‘lsam binafsha birla hino.Umid ostonida ko‘z eshigin ochgan edim,Bir aylading nazar — olding ko‘zim qarosida jo.Nechuk shukr qilay, ey g‘am seli, kechirsin HaqKi, mendan lmas eding kimsasiz chog‘imda judo.Ko‘zim qarochig‘iga qulman — unga dil dardinDegach hamisha u ming tomchisini qildi davo.Nigorim ayladi jilva hama nazarga valeKarashmasini ko‘rolmaydi kimsa mencha raso.Shamoldek o‘tsa yorim qabrim ustidan Hofiz,Kafanni shavq ila albatta yirtaman go‘raro.* * *