Читаем Hofiz Sheroziy полностью

Men nomoz ichra shu qayrilma qoshing etdim yod,Bo‘ldi bir holate — mexrob ham etdi faryod.Endi, dil, shodligu sabrni mendan kutma,Sabru oromki, ko‘rgan eding — o‘ldi barbod.Boda — xo‘b, toza chaman, qushlari bo‘lmishlar mast,Ishq eli davri kelib, bo‘ldi hama ish bunyod.Yaxshilik islari kelmoqda jahonda menga ham:Gul quvontirdi meni, bodi sabo ayladi shod.Ey sevinchlar kelini, qilma zamondan hasrat,Pardalar tut, bezat uyniki, kelibdur domod.Dilni band etgan o‘simlik bori ziynatlanmish,Yorimiz husni erur aslida ham shuncha ziyod.Uzining yuklari ostida qolib barcha daraxt,Xayriyat, g‘am yukidan sarv bo‘libdir ozod.Uqi, ey cholg‘uchi, Hofiz g‘azalin yaxshisini,Toki avvalgi quvonchli chog‘imi aylay yod.* * *Qo‘l tortmagum tilakdan lutf ztmaguncha dilbar,Yo jon ketar tanimdan, yo vasl bo‘lur muyassar!Ulgach, ochib mazorim, boqqil o‘lik tanimga,Bag‘rim yonib, kafandan ko‘kka chiqar tutunlar.Ko‘rsat yuzingni, jonon, tang qolsin ahli olam,Och labni — er-asllar qilsin fig‘on barobar.Jon labga keldi, ko‘ngul hasratdadir labingdan,Maqsadga vosil o‘lmay jon chiqmog‘i muqarrar.Og‘ziigni shavqi birla qiynaldi xasta jonim,Yo‘qsillar ul og‘izda hech yod etilmagaylar.Yed aylasa oshiqlar yaxnsh sifatlarini,Har yerda, har yig‘inda Hofizni nomi yangrar!* * *Umrim yuzingni nuri bilan doimo bahor,Kel, kel, yuzingsiz o‘ldi xazon ushbu lolazor.Bir zarra tashvish etmas o‘limda u kimsakim,Topgan esa labing mayidan umriga mador.Loyiq agar ko‘zimdan oqar sel bo‘lib yoshim,Jonim yashin kabi g‘amu dardingda beqaror.Beumr men tirikman — ajablanma bunga hech,Kim ayriliqni umr debon berdi e’tibor?Poylaydi har tarafda falokat qo‘shinlari,O‘tmakda umr, qolmadi ilgingda ixtiyor.Diydor agar bir-ikki nafas bo‘lsa muddati,Bir yulni topki, umri aziz o‘tmagay bekor.Mayxo‘rlik ila tong chog‘i uyqu qachongacha?Uyg‘onki, umr o‘tib boradir olmayin qaror.Sur’at bilan o‘tar edi, boqmasdi qayrilib,Umr o‘tdi-yu, dil o‘lmadi bir zarra baxrador.Hofiz, gapir, bu olamaro so‘z durini soch —Dunyoda qolg‘usi qalamingdan shu yodgor.* * *
Перейти на страницу:

Похожие книги

Партизан
Партизан

Книги, фильмы и Интернет в настоящее время просто завалены «злобными орками из НКВД» и еще более злобными представителями ГэПэУ, которые без суда и следствия убивают курсантов учебки прямо на глазах у всей учебной роты, в которой готовят будущих минеров. И им за это ничего не бывает! Современные писатели напрочь забывают о той роли, которую сыграли в той войне эти структуры. В том числе для создания на оккупированной территории целых партизанских районов и областей, что в итоге очень помогло Красной армии и в обороне страны, и в ходе наступления на Берлин. Главный герой этой книги – старшина-пограничник и «в подсознании» у него замаскировался спецназовец-афганец, с высшим военным образованием, с разведывательным факультетом Академии Генштаба. Совершенно непростой товарищ, с богатым опытом боевых действий. Другие там особо не нужны, наши родители и сами справились с коричневой чумой. А вот помочь знаниями не мешало бы. Они ведь пришли в армию и в промышленность «от сохи», но превратили ее в ядерную державу. Так что, знакомьтесь: «злобный орк из НКВД» сорвался с цепи в Белоруссии!

Алексей Владимирович Соколов , Виктор Сергеевич Мишин , Комбат Мв Найтов , Комбат Найтов , Константин Георгиевич Калбазов

Фантастика / Детективы / Поэзия / Попаданцы / Боевики