Yuzingdek yorqin oy osmonda ham yo‘q,Qadingdek sarv hech bo‘stonda ham yo‘q.Labingdek la’l yo‘q — dil etguchi shod,Tishingdek toza bir dur konda ham yo‘q.Labing jonbaxsh rayhon orasida —Bu xislat chashmai hayvonda ham yo‘q.Senga bir tan teng o‘lmas bu jahonda:Tan ermas, ushbu tenglik jonda ham yo‘q.Erur Hofizni she’ri shirin, ammo,Shirinlik yor labidek onda ham yo‘q.* * *Ko‘ngilda labingni shavqi, jono,La’lingdan unga nedir tamanno.Shavqing mayi, sevgining itrobiDil shishasida bori huvaydo.Zulfingni asirlariga doimDard ila baloni domi ma’vo.Dildorim oti nedir, so‘rardim,Menga sira uchramas u barno.Andisha qiluvchi yurtu eldanYori ila o‘ltirolmas aslo.Shod ul kishining dili hamisha,Dildor ila ayshi bo‘lsa barpo.Bir noz ila ov qilishga dilni,Gul uzra binafsha bo‘ldi oro.Hofiz, shu ko‘ngilli dam g‘animatAsbobi tarab bori muhayyo.* * *Saharda bulbul arz etdi saboga,Gul ishqi netdi, deb biz benavoga.Erurman nozanin ehsoniga qul,Qilur u yaxshi ish ketmay riyoga.Xayrli bo‘lsin unga tong shamoli,Davo qildi tun uyg‘oq bedavoga.Sira begonalardan nolimasman,Na bo‘lsa — yetdi do‘stdan oshnoga.U sunbul zulfi guldan parda ochdi,Tugundan g‘uncha chiqdi sof havoga.Yuzu rangin ko‘rib, qon bo‘ldi ko‘nglim,Duchor o‘ldim tikan otlig‘ baloga.Qilur har joyda bulbul ohu afg‘on,Maza bu o‘rtada bodi saboga.Kutib sultondan ehson yanglishibmai,Jafo ko‘rdim yalingach bevafoga.Borib may sotquchiga xush xabar berKi, Hofiz yurmagay endi riyoga.* * *Bilsangki, changu ud nelarni qilur bayon,Ta’zir etilmayin desang, ich bodani nihon.Eltarlar ishq nomusin, oshiqning ravnaqin:Yoshlarni aybu cholni qilib ta’naga nishon.Derlar: bu sevgi sirin eshitmang-u, so‘zlamang,Mushkul hikoyadurki, qilurlar uni bayon.Biz tashqarida aldanamiz makru hiylaga,Parda aro ular nima tadbirda bu zamon.Piri mug‘onni vaqtin olib, tashvish orttirar,Ko‘rgil, murid pirga na qilmoqchidir bu on.Yuz dilni bir boqish ila mumkin sotib olish,Xo‘blar tag‘oful ayladi bu haqda har qachon.Bir qanchalar urinsa tilab yor vaslini,Taqdir ishi, degay, uni bir qanchalar hamon.Bo‘l ehtist, inonma, bu olamda yo‘q sabot,Har damda o‘zgaruvchi bir ishxona bu jahon.May ichki, shayxu Hofizu muftiyu muxtayeibAldarlar, anglasang, ko‘rinur makrlari ayon.* * *