Читаем Hofiz Sheroziy полностью

Yuzlaring aksi tushib boda to‘la jom ichra,Kuldi may, so‘fiyni qo‘ydi tama’i xom ichra.Topdi may shu’lasidan xonish ila nag‘ma rivojTushdi bir nurki soqiy yuzidan jom ichra.G‘ayrati ishq kesar xos kishilarning tilini,Yo‘qsa kim fosh etadur sirni elu om ichra.Bag‘ri yongan men-u, dilbar qarashi boshqa mengaBu gadoga nima loyiq ko‘rur in’om ichra.To‘g‘ri ko‘rguchi yetar poklik ila maqsadga,Egri ko‘rguchi tushibdur tama’i xom ichra.Uynab-o‘ynab, uni g‘am tig‘ini kutmak lozim,Kim uning-chun bo‘ladur yaxshi saranjom ichra.Osilib zulfingga ul chohi zanaxdon chiqdi,Ohki, choxdan qutulib, tushdi yana dom ichra.Meni ko‘rsang kerak, ey so‘fiy, ibodat uyida,Fikrimiz soqiy yuziyu ko‘zimiz jom ichra.Men xarobot sari ketmasdim ibodat uyidan,Soldi taqdir meni bu qolga elu om ichra.Na qilur yurmasa gardish chetida pargordek,Tushsa har kimsaki bu gardishi ayyom ichra.So‘fiylar barchasi bir fikrdadirlar, lekin,Qoldi bu o‘rtada Hofiz nomi badnom ichra.* * *Dilbar ketib, asirlariga qilmadi xabar,Yo‘ldoshu tenglarin unutib, aylamish safar.Baxtim unutdi yoki muhabbat yo‘sinlari,Yo tashlamas nigor xaqiqat sori nazar.Men sham’dek turib tiladim: jon fido qilay,Men sori tong shamoli kabi esmas u magar.Qilsam fig‘on — bo‘lurmi dili mehribon? — dedim,Yomg‘ir u tosh yurakka qilurmi ekan asar?Har kim yuzingni ko‘rsa, uni bo‘sa etdi ko‘z,Ushbu bahona birla ko‘zim bo‘ldi bahravar.Hayronman — ulfat o‘ldi nechun u raqib bilan,Bir joyda saqlamas-ku kishi munchog‘u gavxar.Hofiz, tili kesik qalaming anjuman aroAytmas siringni kimsaga, bosh ketsa ham agar.* * *Har nafas xajr alamidan chekaman yuz faryod,Senga yel nolami yetkurmasa, g‘am menga ziyodNe qilay aylamayin nolayu faryodu fig‘on,Bo‘lmasin hech kishining va’zi meningdek barbod.Tunu kun qon yutaman — boshqa ilojim yo‘qdir,Oy jamolingdan uzoq mumkin emas bo‘lmoq shod.Sen qachon bo‘lding uzoq men kabi dilso‘xtadan,Qon bulog‘ini ko‘zim qildi ko‘zimda bunyod.Kiprigim reshasidan qon tomadur yuz qatra,Ayriliqiing g‘amidan cheksa dil ohu faryod.Kechdi Hofizga seni yod etish ila tun-kun,Sen-chi, bu qul g‘amidan bo‘yla tamoman ozod.* * *
Перейти на страницу:

Похожие книги

Партизан
Партизан

Книги, фильмы и Интернет в настоящее время просто завалены «злобными орками из НКВД» и еще более злобными представителями ГэПэУ, которые без суда и следствия убивают курсантов учебки прямо на глазах у всей учебной роты, в которой готовят будущих минеров. И им за это ничего не бывает! Современные писатели напрочь забывают о той роли, которую сыграли в той войне эти структуры. В том числе для создания на оккупированной территории целых партизанских районов и областей, что в итоге очень помогло Красной армии и в обороне страны, и в ходе наступления на Берлин. Главный герой этой книги – старшина-пограничник и «в подсознании» у него замаскировался спецназовец-афганец, с высшим военным образованием, с разведывательным факультетом Академии Генштаба. Совершенно непростой товарищ, с богатым опытом боевых действий. Другие там особо не нужны, наши родители и сами справились с коричневой чумой. А вот помочь знаниями не мешало бы. Они ведь пришли в армию и в промышленность «от сохи», но превратили ее в ядерную державу. Так что, знакомьтесь: «злобный орк из НКВД» сорвался с цепи в Белоруссии!

Алексей Владимирович Соколов , Виктор Сергеевич Мишин , Комбат Мв Найтов , Комбат Найтов , Константин Георгиевич Калбазов

Фантастика / Детективы / Поэзия / Попаданцы / Боевики