Dilim olg‘ach, yuzini qildi pinhon,O‘yin qilmas bu xil do‘stga qadrdon.Meni yolg‘iz topib, qasd ztdi jonga,Xasli qildi menga katta ehson.Boshim bo‘ldi og‘ir nargislaridan,Nega dil bo‘lmasin lola kabi qon?Sabo, gar chora bo‘lsa, vaqti — ko‘rsat,Bu mushtoqlikni tortib, bitdi darmon.Meni bir sham’dek kuydirdi, menga —Surohiy yig‘lab, etdi cholg‘u afg‘on.Demak mumkin emas hech mehribongaBu xil so‘zlar, bu xil ish qildi jonon.Qilolmas bunday ish Hofizga dushman:Qachon yo(y) qoshlar otsa tiri mujgon.* * *Ul kimki, ehson yo‘lidan menga vafodorlik qilur,Mendek yomonlik o‘rniga, bir lahza g‘amxorlik qilur.Soz aylab avval nag‘mani, dilbar so‘zin menga degay,Ul dam sunib bir kosa may, menga xaridorlik qilur.Dilbarki, jonim yoqdi u, kuttglimga to‘lgan orzu,Budir umid — ul javrjo‘, shoyadki, dildorlik qilur.Dedim: Yurakda g‘am tugun, zulfing yana aylar zabun.Dedi: Men aytdim, shul uchun ul senga tarrorlik qilur.Ul malla to‘n kiygan dag‘al, sevgi ishidan bexabar:Ber unga mastlikdan xabar, to tarki hushyorlik qilur.Mushkul topishlik oshno, mendek nishonsiz bir gado,Sulton qachon ko‘rib ravo, rindlar-la mayxorlik qilur.Mayli, necha ko‘rsam sitam, ul jingalak sochdan bu dam,Zanjir zulfidan, ne g‘am, har qancha ayyorlik qilur.Ul ko‘zda ko‘p nayrang bor, Hofiz, hech etma ixtiyor,Tundek qaro sochli nigor har turli makkorlik qilur.* * *Sarvi ravonim ne uchun qilmaydi hech mayli chaman?Bo‘lmaydi hamdam ul bilan, yodiga kelmaydur suman?Ko‘p vaqt erur daydi dilim bog‘landi-ketdi zulfiga,Ushbu uzoq sayridan u qilmaydi hech azmi vatan.Yo qoshlarin qarshisida qancha xushomadlar qilay?Bermaydi hech so‘zga quloq, doim tag‘oful qildi fan.Garchi binafsha zulflar to‘zdi shamol ila bu choq,Ko‘nglim uning yodi bilan qashmaqdi hech o‘z ahdidan.Yog‘di etaklardan gulob, hayron erurmankim, saboO‘tgan yo‘lin tufroqlarin qilmas nega mushki Xo‘tan?Loyiq ko‘rib soqiy agar sunsa to‘la kosa zahar,Kim may kabi ichmas uni, bo‘lmay og‘iz jonu badan?Ruxsori orzusida dil jon birla hamdam bo‘lmadi —Tan xizmatin qilmaydi hech, jondir uning shavqi bilan.Men zulfidan qildim gila, hiyla yo‘li-la u mengaDediki: Bu egri qora olmas so‘zimni hech qachon.Tortg‘il qo‘ling, qilma jafo, oqmish ko‘zimning yomg‘iri —Ko‘z yoshlarim qilmay madad, bo‘lmaydi hech durri Adan.G‘amzangga bo‘lmishdir fido, Hofiz o‘gitni tinglamay,Tig‘ ila o‘lmakka sazo har kimki so‘z uqmas ekan.* * *