Читаем Hofiz Sheroziy полностью

Kel, endi gul sochib har yon, qadah qo‘lda o‘turgaymiz,Buzib charx eski tomin, yangi bir tarh ila qurgaymiz!Agarda tortsa g‘am lashkar to‘kishga ishq eli qonin,Men-u soqiy bo‘lib birga, bu tashvishni bitirgaymiz.Erur qo‘lda go‘zal cholg‘u — yoqimli kuyla, sozanda,O‘qub she’r-u, oyoq raqsini avjiga keturgaymiz.Sabo, elt jismimiz gardin u yuksak oston soriKi, shoyad xo‘blar shohi yuzin bir bora ko‘rgaymiz.Biri aqlidan urgay lof, biri doim to‘qir yolg‘on,Kel, arzu dodimizni endi hokimga gapurgaymiz.Agar jannat tilarsan, biz bilan mayxonaga yurgil,Seni xumning tagidan havzi Kavsarga yeturgaymiz!Qadahni to‘ldirib lim-lim qizid gul singari maydan,Sochib atr, ud tutatgaymiz, ulug‘ bir bazm qurgaymiz.Kel, ey jonon, yuzing nuri bilan majlisni porlatgil,Qoshingda sher o‘qub bu dam, oyog‘ingga bosh urgaymiz!Bilimdonlik va xugixonlik emas Sherozda hech manzur,Kel, ey Hofizki, biz yuzni bo‘lak yurtga o‘gurgaymiz.* * *G‘ariblik tunida hamdam ohu faryodim,G‘ariblik g‘amu hasratlaridir ijodim.Diyoru yor xayolida zor yig‘larman,Safar otin yo‘qotish bo‘ldi fikr ila yodim.Raqib yurtidan ermas, u yor elidan men,Rafiqalarimga yetur — mehribon qil imdodim.Xudo uchun menga, yo‘lboshchim, ayla endi ko‘makKi, maykada aro shuhrat-la aylasin yodim.Agarchi keksaman, ammo havas bunga boqmas,Yana u yosh pari ishqiga bo‘ldi irshodim.Meni sabo shamolidan bo‘lak kishi tanimas —Havodan o‘zga na ulfat, na do‘stu hamrozim.Hayot suvi kabidur yor manzilin shavqi,Sabo, ketur menga Sheroz isin — qil imdodim.Ko‘zim yoshi to‘kilib yuzga, sirrim ayladi fosh,Hamisha men ila g‘ammoz xonabarbodim.Der erdi chang cholib Zuhra yulduzi tongda:Go‘zal tovushli, shirin so‘zli Hofiz ustodim.* * *Menga yetkurdi qisqaqo‘llik ozor,Baland ostonaliklar tutdilar xor.Magar tutgay qo‘lim bir zulfi zanjir,Bosh urgum yo‘qsa shaydolikka nochor.Falakning holini so‘r ko‘zlarimdan,Kechar yulduz sanab tunlarda bedor.O‘parman jom labini shu uchunkim,Tiriklik sirridan qildi xabardor.Qo‘lim kuchsizligidan shod erurman:Yetishmas bir kishiga mendan ozor.Duo qilsam agar may sotquchini,Ne bo‘lg‘ay, marhamatga shukr darkor.Meni yerdan ko‘tarmaysan, agarchi —Yosh o‘rnida qilursam gavhar isor.Bu dashtda qo‘yma yirtqich deb menga ayb,Olur ta’limlarim ohuyi totor.Boshim Hofiz kabi mastdir va lekinU boshliq lutfidandirman umidvor.* * *
Перейти на страницу:

Похожие книги

Партизан
Партизан

Книги, фильмы и Интернет в настоящее время просто завалены «злобными орками из НКВД» и еще более злобными представителями ГэПэУ, которые без суда и следствия убивают курсантов учебки прямо на глазах у всей учебной роты, в которой готовят будущих минеров. И им за это ничего не бывает! Современные писатели напрочь забывают о той роли, которую сыграли в той войне эти структуры. В том числе для создания на оккупированной территории целых партизанских районов и областей, что в итоге очень помогло Красной армии и в обороне страны, и в ходе наступления на Берлин. Главный герой этой книги – старшина-пограничник и «в подсознании» у него замаскировался спецназовец-афганец, с высшим военным образованием, с разведывательным факультетом Академии Генштаба. Совершенно непростой товарищ, с богатым опытом боевых действий. Другие там особо не нужны, наши родители и сами справились с коричневой чумой. А вот помочь знаниями не мешало бы. Они ведь пришли в армию и в промышленность «от сохи», но превратили ее в ядерную державу. Так что, знакомьтесь: «злобный орк из НКВД» сорвался с цепи в Белоруссии!

Алексей Владимирович Соколов , Виктор Сергеевич Мишин , Комбат Мв Найтов , Комбат Найтов , Константин Георгиевич Калбазов

Фантастика / Детективы / Поэзия / Попаданцы / Боевики