Читаем Hofiz Sheroziy полностью

Xo‘blar shahi, bir boq — bu gadoyingai rizo qil,Kuygan bosh-oyoqsizga karam ayla, vafo qil.Bir boqmog‘ing orzusi bu yo‘qsil dilidadir,Boq g‘amzadaga: mast ko‘zing och — ramzu imo qil.Bahslashsa go‘zallikda jamoling-la to‘lin oy,Ko‘rsat yuzung-u, xalqqa tanit, yuzi qaro qil.Ey sarvi ravon, bir nafase bog‘u chamandanBazm ichra kelib deki: to‘ning yirt-u, qabo qil!Parvonavu sham’u gulu bulbul yig‘ilibdur,Yolg‘uzlama, jono, kelib ayshimni raso qil!Dil berguchiga tokay o‘lur jabru jafolar,Bir ayla vafo Tangri uchun, tarki jafo qil!Tangri haqi, dushmanlaring ig‘vosin eshitma,Hofiz kabi o‘z yo‘qsilingga lutfu ato qil!* * *Dilim zulfing uchida tutdi maskan,Quyi solma, sinur, dilbarlik et fan.Agar zulfing kabi tortsa ko‘ngul bosh,Qo‘lingga ol, oyoqqa solma boshdan.Agar tunda kelur bo‘lsang charog‘dek,Ko‘zim bo‘lgay jamoling birla ravshan.Guliston endi menga zavq bermas,Yuzingni ko‘rsam — olam menga gulshan.Qading sarvini vasfiga tutinsam,Tanim bori til o‘lgay misli savsan.Qachon qo‘ngay shakar solgan idishga,Chibin andisha qilsa yelpig‘ichdap.Qilolmas ishqbozlik mojarosinJahonda kimsa Hofizdek muayyan.* * *Ey ko‘zlarimni nuri, eshitgil so‘zim bu dam,Ichgil to‘liq piyolani, ber so‘ngra menga ham.Aytdimki, tajriba bila so‘zlaydi keksalar,Tingla nasihat, o‘g‘lim-u, bo‘l piri muhtaram.Eslik kishi oyog‘iga ishq urmadi kishan,Oshiq bo‘lishni istasang, aqlingni ayla kam.Bermaydi mastlik kayfini tasbehu malla to‘n,Bu ishda may sotuvchiga bo‘yningni ayla xam.Jon birla molni do‘st qilur do‘stga fido,So‘z tinglaguchi yorga yuz jonni bersa kam.Sevgi yo‘lida devlarnnig ig‘vosi ko‘p erur.Aqlingga kel, xato sariga qo‘ymagil qadam.Sarg‘aydi bargu qolmadi shodlikni cholg‘usi.Tosh, ayla nola, doira, g‘avg‘oni ayla zam.Bo‘lsin hamisha toza maning jom ila to‘la,Soqiy, sharob qoldig‘ini bizga qil karam.Zarbof to‘n ichra mastlik ila tushsa gar yo‘ling,Nazr ayla bo‘sa Hofizi eski choponga ham.* * *Xirqamni garov qo‘ygum — bir kosa sharob avlo!Bema’ni nasihatdan menga mayi nob avlo!Har qanchaki ko‘z tutdim — behudaga umr o‘tdi,Bas, menga faqirlik-la bir kunji xarob avlo!Zohidni yurak sirrin xalqqa demagayman xech,Bu qissani aytmoqqa chang ila rubob avlo!Shunday falak axvoli: bosh ham so‘nggi yo‘q, bundan —Soqiyning xayoli-la qo‘llarda sharob avlo!Bir sen kabi dilbardan ko‘nglimni uzolmasman,Sendan bosh agar tortsam, bo‘ynimga tanob avlo!Keksayding, ayo Hofiz, tark et mayu mayxona,Yoshlikda xdvaskorlik, rindlik, mayi nob avlo!* * *
Перейти на страницу:

Похожие книги

Партизан
Партизан

Книги, фильмы и Интернет в настоящее время просто завалены «злобными орками из НКВД» и еще более злобными представителями ГэПэУ, которые без суда и следствия убивают курсантов учебки прямо на глазах у всей учебной роты, в которой готовят будущих минеров. И им за это ничего не бывает! Современные писатели напрочь забывают о той роли, которую сыграли в той войне эти структуры. В том числе для создания на оккупированной территории целых партизанских районов и областей, что в итоге очень помогло Красной армии и в обороне страны, и в ходе наступления на Берлин. Главный герой этой книги – старшина-пограничник и «в подсознании» у него замаскировался спецназовец-афганец, с высшим военным образованием, с разведывательным факультетом Академии Генштаба. Совершенно непростой товарищ, с богатым опытом боевых действий. Другие там особо не нужны, наши родители и сами справились с коричневой чумой. А вот помочь знаниями не мешало бы. Они ведь пришли в армию и в промышленность «от сохи», но превратили ее в ядерную державу. Так что, знакомьтесь: «злобный орк из НКВД» сорвался с цепи в Белоруссии!

Алексей Владимирович Соколов , Виктор Сергеевич Мишин , Комбат Мв Найтов , Комбат Найтов , Константин Георгиевич Калбазов

Фантастика / Детективы / Поэзия / Попаданцы / Боевики