Ey podshohi xo‘bon, yolg‘izlik g‘amidan dod!Qiynaldi g‘arib ko‘nglim, kel, ayla g‘aribing yod.Darding menga darmondir navmidlik yotog‘ida,Yoding menga hamdamdir hajr aylar esa bedod.Mushtoqligu ayriliq bir holga keltirmishkim,Sabrim etagi qo‘ldan ketdi-yu, ko‘ngil barbod.Bo‘ston guli har doim yashnab, ochilib turmas,Munglug‘lar dilin ovla, davring ekan et imdod.Yuz bodi sabo bunda zulfing tarab o‘ynaydurBudir harif, ey ko‘ngul, mag‘rurligang et barbod.Doirai taqdirda biz nuqtai pargormiz,Lutf ulki — sen o‘ylaysan, hukm ul — qilasan ijod.Beboshligu o‘jarlik rind olamida yo‘qdir,Rind mazhabida bunlar bir kufr deb o‘lmish yod.Ko‘ngil sirini, go‘stlar, kimga yechay olamda:Har yonda yurar yorim — ko‘rmas yuzin odamzod.Men tong yeliga oqshom qildim gila zulfidan,Aydiki: g‘alatdir bu savdoyi kabi faryod.Soqiy, chaman-u gulda sensiz sira ravnaq yo‘q,Shamshodni xiromon qil, bog‘ni bezab, et obod!Bu gardishi zumraddan qondir jigarim — may ber,Zumrad kosadan mushkil hal bo‘lg‘usi, ko‘ngul shod.Hijron tugadi, Hofiz, vasl islari kelmoqda,Ey oshiqi shaydoyi, bu aysh muborakbod!
— Chustiy tarjimalari —
* * *Sabo, degil, u kiyik ko‘zli sho‘x ra’noga:Ravona qilding o‘zing bizni tog‘u sahroga.Shakarfurushki, omon bo‘lsin, ul nega boqmasMudom shakar yeguvchi to‘g‘in shakarxoga?Ichishda yor ila may esla mayparastlarni.Shu xilda o‘tdi ular ham kelib bu dunyoga.Chiroy g‘ururi magar ruxsat etmadi, e gul,Tabassum aylamading bulbulingga — shaydoga.Tuzog‘u donga ilinmaydi asli ziyrak qush.Asiru band bo‘lur xulqi yaxshi zeboga.Dilida mehri nega yo‘q — qarab topolmasman —Ki, qancha sarvqad, oy yuzli ko‘zi shahloga.Jamoling aybli emas, bemisol erur-ku, faqatVafoyu mehr uzoq ermish chiroyli barnoga.Bu baxtu suhbatu do‘stlarni shukrin et, eslaG‘ariblaringniki, ovora dashtu sahroga.Tarannum aylasa Hofiz so‘zini Zuhra agar,Ajab emaski, kelur zavqi raqs Isoga.* * *