Читаем Hofiz Sheroziy полностью

Baxt tongidir — qani ul jomi misli oftob?Qayda bundan yaxshi fursat; menga sun bir jom sharob.Soqiy yoru xoli uy, mashshoq xazilkash xo‘b shirin,Bu yigitlik davri — mayning navbati ishratga bop.Mashq etar sozanda, yor qarsakda, mastlar raqsda,Quvdi mastlar uyqusin noz birla soqiy beniqob.Xos xilvat tinchu insonga tomosho joyidur.Buki, men ko‘rmoqdaman: o‘ngimmi, yo Rab, yoki xob?Pokiza mayning xasli birla sho‘x esgan sabo,Yoshirur xo‘b yaxshi gul bargiga gulshanda gulob.Ko‘ngil ochmoqlik, go‘zallik, shodu xursandlik uchunYaxshi bo‘lg‘ay qo‘lda oltin jom-u limmo-lim sharob.Tingla Hofiz so‘zlarin — bo‘ldi xaridor to‘lgan oy,Yangragay har bir nafas Zuhro qulog‘ida rubob.* * *Marhamat qil, do‘st salomin keltur, e bodi sabo,Aylayin zavqim bilan do‘st nomiga jonim fido.Xuddi bulbuldek qafas ichra bu ko‘nglim to‘tisi,Do‘stni shakkar la’lu bodomiga bo‘lmish mubtalo.Xoli — dona, jingalak sochi — tuzoq, men — qush kabi,Donadan aylab umid, tushdim — ilindim dom aro.Kimki do‘st jomidan ichsa men kabi bir jur’a-may,To jahon boricha boshini ko‘tarmas mutlaqo!Sevgiga bir noma yozdim ushbu holimdan — yetar,Bo‘lg‘usi bosh og‘rig‘i ortiqcha so‘zdan dilrabo.Men visolin izlasam, u ayriliqning qasdida,Xohishim tark ayladim — maqsadga yetsin mahliqo.Gar muyassar bo‘lsa yor yurgan yo‘lin tuprog‘idan,Ming sharaf menga — qilay ikki ko‘zimga to‘tiyo.Hofizo, dardu g‘amida kuy — davosin izlama,Yor vaslidan bo‘lak bu dardingga yo‘qdir davo.* * *Yoru do‘stlar suhbati-yu, zavqli bo‘ston yaxshidur!Yaxshi gul fasli, may ichmoq vaqti obdon yaxshidur!Tong nasimidan ko‘ngillar ochilur har lahzada,Toza dil, toza nafaslar, chunki har on yaxshidur!Gul ochilmasdan turib ketmoqqa qasd etdi yana,Yig‘la, bulbul, ko‘ngli majruhlarga afg‘on yaxshidur!Mujda bo‘lsin tunda kakku qushga ishqing yo‘lida,Yor uchun har kimki bo‘lsa tunda nolon yaxshidur!Garchi shodlikning jahonda ismi bor-u, jismi yo‘q,Xush tabiat sho‘xlik rasmi-la jonon yaxshidur!Bog‘da savsanning tilidan bu sadoni tingladim,Der edi: dunyodan o‘tmoq tezu chaqqon yaxshidur!Hofizo, tarki jahondan so‘zlamoq ko‘ngil ochar,O‘ylamaysan: shohlarga davru davron yaxshidur!* * *
Перейти на страницу:

Похожие книги

Партизан
Партизан

Книги, фильмы и Интернет в настоящее время просто завалены «злобными орками из НКВД» и еще более злобными представителями ГэПэУ, которые без суда и следствия убивают курсантов учебки прямо на глазах у всей учебной роты, в которой готовят будущих минеров. И им за это ничего не бывает! Современные писатели напрочь забывают о той роли, которую сыграли в той войне эти структуры. В том числе для создания на оккупированной территории целых партизанских районов и областей, что в итоге очень помогло Красной армии и в обороне страны, и в ходе наступления на Берлин. Главный герой этой книги – старшина-пограничник и «в подсознании» у него замаскировался спецназовец-афганец, с высшим военным образованием, с разведывательным факультетом Академии Генштаба. Совершенно непростой товарищ, с богатым опытом боевых действий. Другие там особо не нужны, наши родители и сами справились с коричневой чумой. А вот помочь знаниями не мешало бы. Они ведь пришли в армию и в промышленность «от сохи», но превратили ее в ядерную державу. Так что, знакомьтесь: «злобный орк из НКВД» сорвался с цепи в Белоруссии!

Алексей Владимирович Соколов , Виктор Сергеевич Мишин , Комбат Мв Найтов , Комбат Найтов , Константин Георгиевич Калбазов

Фантастика / Детективы / Поэзия / Попаданцы / Боевики