Читаем Hofiz Sheroziy полностью

Sen, ey zohid, o‘z orzuying sari bor,Mening ham xuddi shunday maqsadim bor.Qadah bo‘sh doimo lola qo‘lida,Kel, ey soqiy, ketur har narsaki bor!Meni tort endi devona safiga,Shu mastlik yaxshidur bo‘lguncha hushyor!Hazar qil mendan, et, ey so‘fiy, parhez,Ki parhezdan qilibman tavba ming bor.Kel, ey ko‘ngil, uning zulfiga bog‘lan,Xalos bo‘lmoqqa gar bo‘lsang havaskor.Qo‘yib tur tavbani gul mavsumida,Davom etmas — o‘tar gul fasli nochor.Chaman atrofidan yel o‘tganidek,Umrning ko‘klami o‘tmoqda, ey yor.Kel, ey Hofiz, eshit achchiq nasihat,Nechun g‘aflatda o‘tsin umr bekor.* * *Bu yurt to‘la harifdir, har bir tarafda dilbar,Qo‘shgaysiz ishqqa hissa, ishlang bu haqda, do‘stlar!Charx ko‘zi ko‘rgan ermas bundap qiziq harifnn.Hech ovchi qilmagandir bunday bir ov musaxxar.Bog‘ ichra barcha guldan husn ila nozaninsan,Pok etaginga aslo yopishmasin tikanlar!Kimning ko‘zi ko‘ribdur, kim jondan ishlagan tan,Gard yuqmagan taniga bir yori hur paykar.Mendek dili yarimni quvding nega yoningdan?Bo‘lgaymi bo‘sa yoxud quchmoq menga muyassar?Tez kel, ko‘ngil ochar may, shodlik nafas g‘animat,Kelgusi navbahordan kimda umidu bovar?!Bo‘stonda tengu to‘shlar gul birla lola yanglig‘,Har birlari tutib jom, yor ismi tilda az bar.Gar bu tugunni yechsam, bu sirni fosh qilsam,Ishlar chatog‘-u, dardlar ezmakda to barobar.Hofiz tanida har tuk ul sho‘x nari qo‘lida,Mushkul turish bu yanglig‘ bir yurtda, e birodar!* * *Bo‘ldi yana gul birla chamanlar bihishtoso,Gulgun may ila jomni to‘lat, soqiyi zebo!G‘am zangini dildai yo‘qotar ushbu qizil may,Qutlar edi bu so‘zni baland tab’li dono!Man’ aylaguchi may qovog‘in tosh bila ursa,Sen xisht ila yor boshini — rahm aylama aslo!Ongsizligimi — ilmingga boqmaydi falak hech,Chunki ko‘zi yo‘q: yaxshi-yomon unga muammo.Hur ila bihisht naqd bo‘libdir menga, zohid,Nechun qilayin nasya hikoyat sari parvo?Ul xoja kamol ahlidur, aylab yo‘lini pok,Oltun yo‘q esa, xisht-la yo‘lin bergumiz oro.Tarsobachaye kechagina derdiki: Hofiz,Afsuski, butxona aro ayladi ma’vo.* * *Ey bod, nishoni yor erursan,Dilbar soridan chopor erursan.Zinhor qo‘lingni cho‘zma, saqlan —Zulfin silab, aybdor erursan.Ey gul, yuziga ne nisbating bor?U mushku tikanga yor erursan.Rayhon, nimasan, qaro xatin ko‘r:U toza-yu, ssn g‘ubor erursan.Nargis, qanisan, u mast ko‘zlarKayfin surar-u, xumor erursan.Ey sarv, u baland qad oldida senBog‘ ichra kame’tibor erursan.Ey aql, uning ishqiga berilding,Bu choqda beixtiyor erursan.Hofiz, senga vasl o‘lur muyassarGar sabrda barqaror erursan.* * *
Перейти на страницу:

Похожие книги

Партизан
Партизан

Книги, фильмы и Интернет в настоящее время просто завалены «злобными орками из НКВД» и еще более злобными представителями ГэПэУ, которые без суда и следствия убивают курсантов учебки прямо на глазах у всей учебной роты, в которой готовят будущих минеров. И им за это ничего не бывает! Современные писатели напрочь забывают о той роли, которую сыграли в той войне эти структуры. В том числе для создания на оккупированной территории целых партизанских районов и областей, что в итоге очень помогло Красной армии и в обороне страны, и в ходе наступления на Берлин. Главный герой этой книги – старшина-пограничник и «в подсознании» у него замаскировался спецназовец-афганец, с высшим военным образованием, с разведывательным факультетом Академии Генштаба. Совершенно непростой товарищ, с богатым опытом боевых действий. Другие там особо не нужны, наши родители и сами справились с коричневой чумой. А вот помочь знаниями не мешало бы. Они ведь пришли в армию и в промышленность «от сохи», но превратили ее в ядерную державу. Так что, знакомьтесь: «злобный орк из НКВД» сорвался с цепи в Белоруссии!

Алексей Владимирович Соколов , Виктор Сергеевич Мишин , Комбат Мв Найтов , Комбат Найтов , Константин Георгиевич Калбазов

Фантастика / Детективы / Поэзия / Попаданцы / Боевики