Читаем Hofiz Sheroziy полностью

Umid ila ming urindimki, yor bo‘lsang deb,Bu beqaror dilimga qaror bo‘lsang deb.Kel endi ishq eli g‘amxonasiga — budir umid,Bu g‘amli ko‘nglima shoyad mador bo‘lsang deb.Tilayman uyqusi yo‘q ko‘zlarim charog‘i bo‘lib,Umidli ko‘nglima hamdam nigor bo‘lsang deb.Menga yarim kechada uyqudan murod shudir,Ko‘zim yoshi kabi ko‘kraktumor bo‘lsang deb.Yurak aqiq labing ishvasi bilan qondur,Shikoyat aylar esam, g‘amgusor bo‘lsang deb.Malohat iqlimi shohini qulgadur nozi,Bu ishda sendan umid — sulhkor bo‘lsang deb.Vazifa aylading ikki labingdan uch bo‘sa,Vazifani qil ado: Ol, xumor bo‘lsang! — deb.Go‘zallar ishq elini qo‘llagan chaman ichra,Umid ila boqaman menga yor bo‘lsang deb.Shaharda Hofiz o‘lub, arzimasman arpaga ham,Karamlaring kutaman g‘amgusor bo‘lsang deb.* * *Bordim saharda bog‘ sari gul terish uchun,Nogoh quloqqa keldi — chekar erdi bulbul un.Bir gulning ishqiga u bo‘lib men kabi asir,G‘avg‘o qilar emish bu chamai ichra ushbu kun.Sayr aylar erdim ul chamanu bog‘ aro faqat,Uylar edim u bulbulu gul haqqida butun.Gul yor etib tikonni-yu, bulbulda yo‘q qaror,Na gulda o‘zgarish, na u bulbuldadir sukun.Bulbul fig‘oni qildi dilimga og‘ir asar,Qaytdim, chidolmadim juda holim bo‘lib zabun.Gulshanda gullar ochilar — aslo hisobi yo‘q,Qo‘ymas tikan balosi biror gul uzish uchun.Hofiz, suyuggch umidini tutma zamonadin,Ming ayb bor, fazilatidir makr ila fusun.* * *O‘tparast dayrida ham men kabi yo‘q bir maftun,Bo‘ldi har joyda garov xirqayu daftar may uchun.Ayladim boda sotuvchi qo‘lida ming tavba:Yorsiz tomchi may ichmay, demayin bazmu o‘yin!Borladim ko‘z arig‘ini etagim birla agar,Koshki yonimga o‘tirtilgusi sarvi mavzun.Balki bu sir haqida sarv tili so‘zlag‘usi,Io‘qsa parshishda til yo‘q, o‘zi g‘oyatda zabun.Menga boda kemasin tezda ketur, dilbarsizG‘amdan oqmoqda ko‘zim burchida nahri Jayxun.Qilma begona so‘zin yorga topinguchi menga.Yo‘q ishim o‘zga bilan — menga piyola may sun!Ranjima, nargis agar kulsa ko‘zing shevasidan,Yurmagay ko‘r izidan kimki, ko‘zi bo‘lsa butun.Juda yoqmish bu so‘zim — tong chog‘ida bir tarsoMaykada oldida nay, daf ila kuylardi bugun:Gar musulmonlik esa Hofiz tutib turgan ishi,Oh agar bo‘lsa bu kun orqasidan tonglasi kun!* * *
Перейти на страницу:

Похожие книги

Партизан
Партизан

Книги, фильмы и Интернет в настоящее время просто завалены «злобными орками из НКВД» и еще более злобными представителями ГэПэУ, которые без суда и следствия убивают курсантов учебки прямо на глазах у всей учебной роты, в которой готовят будущих минеров. И им за это ничего не бывает! Современные писатели напрочь забывают о той роли, которую сыграли в той войне эти структуры. В том числе для создания на оккупированной территории целых партизанских районов и областей, что в итоге очень помогло Красной армии и в обороне страны, и в ходе наступления на Берлин. Главный герой этой книги – старшина-пограничник и «в подсознании» у него замаскировался спецназовец-афганец, с высшим военным образованием, с разведывательным факультетом Академии Генштаба. Совершенно непростой товарищ, с богатым опытом боевых действий. Другие там особо не нужны, наши родители и сами справились с коричневой чумой. А вот помочь знаниями не мешало бы. Они ведь пришли в армию и в промышленность «от сохи», но превратили ее в ядерную державу. Так что, знакомьтесь: «злобный орк из НКВД» сорвался с цепи в Белоруссии!

Алексей Владимирович Соколов , Виктор Сергеевич Мишин , Комбат Мв Найтов , Комбат Найтов , Константин Георгиевич Калбазов

Фантастика / Детективы / Поэзия / Попаданцы / Боевики