Qaysi uyning sham’idir u, qaysi joyda xonasi?O‘rtadi jonni so‘rang, kimning erur jononasi?Bu zamon dinu dilimni xonavayron ayladi,Bilmadim kimning erur u munisu hamxonasi?Lablarining bodasi hargiz labimdan ketmasun,Kimga so‘z bermish vafodan — may to‘la paymonasi?Ul saodat sham’ining bazmi erur kimga nasib,Siz, Xudo haqqi, so‘rang, kimdur uning parvonasi?Har kishi afsun bilan tortmoqchi, ammo bilmadik,Tortadur nozik dilin kimning shirin afsonasi?Yo Rab, ul oy yuzli, yulduz chehrali oliy nishon,Qaysi konning gavhari, kimning erur durdonasi?Qildi ichmasdan labining bodasi dilni xarob,Kimga ulfat, kim erur hamkosa, hampaymonasi?«Ohkim, Hofiz dili devonadur sansiz», — dedim.Sho‘x tabassum birla: «Bu kimning, — dedi, — devonasi?»* * *Shahraro oy yuzligim yo‘q — hafta bo‘ldi menga yil.Bilmagaysan, ayriliq mushkildir-u, o‘rtandi dil.Sevgi lutfi-la yuziga tushdi ko‘zim nuktasi,Ko‘rdi yor husnida aksin — xol, dedi, mushkin asil.Marhamat barmog‘ini cho‘zding shaharlarga qarab,Balki parvong yo‘q g‘ariblar holiga senda, degil.U shakardek lablaridan sut hidi kelgay hanuz,G‘amza birlan garchi kipriklar olur jonni dadil.Bitta gavhar ikki taqsim bo‘lmog‘i mumkin ekan,Chunki la’ling, e go‘zal, bu so‘z uchun yaqqol dalil!Biz tomon bir kelmog‘ingdan xush xabarlar berdilar,Niyatingdan qaytma, qutlug‘ fol erur bu — yaxshi bil!Qay yo‘sin hajring g‘amin tog‘in ko‘targay notavon.Noladan-ku bo‘ldi Hofiznnng tani bir tola qil.* * *