Читаем Hofiz Sheroziy полностью

Gul jamoli dilga yoqmas benigor,Zavqi yo‘qdir bodasiz bo‘lsa bahor.Bahrasi yo‘q bog‘u bo‘ston sayrini,Bo‘lmasa bir lola yuzli gul’uzor.Qilmasa bulbul tarannum bog‘aro,Sarvu gul raqsida bo‘lmas e’tibor.Nozu ne’mat, bog‘u gul yaxshi valeLazzati yo‘q bo‘lmasa suhbatda yor.Yor yuzidan o‘zgasi manzur emas,Hushni band etguchi har suratki bor.Gulbadan, la’li shakar dildor bilanBo‘sasiz bo‘lsa visol — ne zavqi bor?Qadri yo‘q Hofizdagi jon naqdini,Arzimas qilmoq uchun yorga nisor.* * *Baxtim nedurki, yor labidan bermagay nishon?Sirri nadur, xabar demagay toleim hamon?Jonim nisor etay labining bo‘sasi uchun,Yo bo‘sa bermadi-yu va yo olmadi u jon.Yo parda ichra yo‘l yo‘q-u, men intizorman,Yo bor-u, parda tutguchi qilmas sirin ayon.Sabr aylagan kishi yetar oxir murodiga,Ammo zamona fitnasi bermas menga omon.Zulfin sabo uchirdi — u nokas falakka boq:Bermas majol kokilidan uzsam ushlabon.Pargor singari yuraman chetda aylanib,Bir nuqtadek bu o‘rtaga yo‘l bermadi zamon.Dermanki, uxlasam ko‘raman yor jamolini,Uxlatmagay meni sira Hofizdagi fig‘on.* * *Bulbul o‘ylarkim, hamisha unga gul go‘yoki yor,Gul xayoli: nozi bulbulning diliga qilsa kor.Dilrabolik birgina ishq ahlin o‘ldirmoq emas,Gar yesa qullar g‘amin — shuldir ulug‘lik, e nigor!La’lning qalbida qon mavj urmog‘i qimmatlidir,Boda narxin pastlatur, afsus, safolda bodaxor.Bulbul o‘rgandi shirin so‘zlashni gulning fayzidan,Yo‘q edi unda bu xil nazmu tarannum, yor-yor.Ketdi dildor — qancha dillar birga yo‘ldoshi erur,Qayda bo‘lsa saqlag‘il doim salomat, Birubor!Sen agar nafsing tiyib, bexuda yo‘lga yurmasang,Shubhasiz vasliga yetgaysan, lursan baxtiyor.Ey yo‘lovchi, dilbarimning ko‘chasidandur yo‘ling,Bosh yorar devori, xushyor bos qadam, oqista bor.Garchi suxbat, ishrating xo‘b yaxshidur, ammo, ko‘ngul,Bermagil ishqni qo‘lingdan — u azizu e’tibor.So‘fiy ichgan bo‘lmasa, nega kulohi qiyshayur?Ikki jom ichsa yana, salla chuvalgay, e nigor.O‘rganib qolmish jamolishta bu Hofizning dili,Parvarish qilmish visoling, bermagil ozor, yor!* * *
Перейти на страницу:

Похожие книги

Партизан
Партизан

Книги, фильмы и Интернет в настоящее время просто завалены «злобными орками из НКВД» и еще более злобными представителями ГэПэУ, которые без суда и следствия убивают курсантов учебки прямо на глазах у всей учебной роты, в которой готовят будущих минеров. И им за это ничего не бывает! Современные писатели напрочь забывают о той роли, которую сыграли в той войне эти структуры. В том числе для создания на оккупированной территории целых партизанских районов и областей, что в итоге очень помогло Красной армии и в обороне страны, и в ходе наступления на Берлин. Главный герой этой книги – старшина-пограничник и «в подсознании» у него замаскировался спецназовец-афганец, с высшим военным образованием, с разведывательным факультетом Академии Генштаба. Совершенно непростой товарищ, с богатым опытом боевых действий. Другие там особо не нужны, наши родители и сами справились с коричневой чумой. А вот помочь знаниями не мешало бы. Они ведь пришли в армию и в промышленность «от сохи», но превратили ее в ядерную державу. Так что, знакомьтесь: «злобный орк из НКВД» сорвался с цепи в Белоруссии!

Алексей Владимирович Соколов , Виктор Сергеевич Мишин , Комбат Мв Найтов , Комбат Найтов , Константин Георгиевич Калбазов

Фантастика / Детективы / Поэзия / Попаданцы / Боевики