Bo‘ldim ishqingda kuyib, mashhuri jahon sham’dek,Tunda oshiqlar yo‘lida men nigahbon sham’dek.Yumshadi mumdek g‘aming ilgida sabrim tog‘lari,O‘tu suv ichra erur, chunki tanu jon sham’dek.Ey quyosh yuzli, bo‘libdur kecha sensiz kunduzim,Menda ishqing zo‘rligidan to‘ldi nuqson sham’dek.Qirqilur sabrim pilik yanglig‘ g‘aming qaychisidan,O‘rtanur hajring-la tan har vaqt so‘zon sham’dek.Ko‘zlarimdan balki tez-tez oqmaganda qonli yosh,Fosh bo‘lmas lrdi sirrim buncha har yon sham’dek.G‘amga o‘rgangan ko‘zimga uyqu kelmas tunu kun,Chunki hijron dardidan ko‘z bo‘ldi giryon sham’dek.O‘tu suv ichra sening ishqingda o‘rtandi ko‘ngul,Yoshi yomg‘irdek oqar har lahza, har on sham’dek.Menga hijron kechasi yo‘lla visol parvonasin,Yo‘qsa, ohim aylagay olamni vayron sham’dek.Ko‘kka yetkizgil boshimni bir kecha vasling bilan,Kel, yorit qalbimni husning birla, jonon, sham’dek.Qoldi umrim bir nafas sensiz, nigorim, tong kabi —Shul zamon ko‘rsat yuzingni — topshiray jon sham’dek!Qanday o‘chgay dil o‘ti — ko‘z yosh bilan mehring o‘tinBoshiga Hofiz ko‘gardi, bo‘ldi so‘zon sham’dek.* * *Dilimga g‘amzadan o‘q urma, jonon,Suzuk ko‘zingga boqib, chiqmasin jon.Chiroying davlati yetdi nisobga,Zakotin menga ber — men haqli inson!Qadah to‘ldirki, ishqing davlatidanAgar cholman, bo‘libmai baxtli o‘g‘lon!Ko‘ngul yorim xayoli birla to‘ldi,Bo‘lak hech narsa sig‘mas dilga shul on.Mayu mashshoqdan o‘zga aytsa bir so‘z,Qalam sinsin, tanimda qolmasin jon!U g‘avg‘o ichra kim bir-birga boqmas,Kelur piri mug‘ondan menga ehson.Sening, zohid, menga tokay firibing,Asal, sut, olma deb, ham bog‘u bo‘ston!Men ul qushmanki, xar shomu sa.hardaYurakdan sayrashim-la to‘lgay osmon.Icharman g‘amli kunlarda faqat may,Qilibman mayfurush-la ahdu paymon.Bu qanday yaxshi fursat — boda ichgach,Vazir, shoh vaxmi yo‘q — rohatdadir jon!Meni ko‘rganda da’vogar gado derVale g‘am boyligi dilda farovon!Ko‘ngilni ul zamon Hofizdan uzdim,Qachonkim, bo‘ldi soqiy mupisi jon.* * *