Ey sabo, senda u mushkin kokilin xush bo‘yi bor,Sen shu xg‘gd birlan qolursan olam ichra yodgor.Toza saqlasang, ishonch-la topshirish mumkin sengaHusgu ishqning sirri-yu durdonasinkim, beg‘ubor.Bemisol xusning yoqimli — aybi yo‘q hargiz, faqat —Bordir atrofingda yurgan shum raqiblar, e nigor!Senga, ey gul, bulbul ovozi qachon bo‘lgay pisand,Qarg‘alar so‘zi qulog‘ingda topibdur e’tibor.Men sen ichgan bodadan xushkayfman — bo‘lsin halol!Qaysi xumdan bu piyolang to‘ldi, ayt, mastona yor?Husn narxini oshirmoqlik ishidir senga xos,Chunki guldek rangu xush bo‘y senda doim barqaror.Mushku anbarni zamona yelga sovursa butun,Sadqa bo‘lsin senga — mushkin xolu xatlar senda bor!Senga arziydi chiroydan lof urish misli qussh,Chunki oy yuzli g‘ulomlar senda bor saf-saf, qator.Kekkayib, noz aylama, ey sarv, bu gulshanaroXam bo‘lur xijlatda boshing, kelsa sarvi gul’uzor.Qilsam ohista duo, sho‘x-sho‘x tabassumlar bilan:Sen o‘zing kim, men bilan qanday so‘zing bor? — deydi yor.Madrasa burchidan ishq durrini, Hofiz, izlama,Xohlasang topmoqni — chiqqil tashqari mardonavor!
— Vasfiy tarjimalari —
* * *Bir xush tushimda ko‘rdim: qo‘lda ekan piyola,Ta’biri yaxshilikka albattadir havola!Qirq yilcha dard chekdim, derlar davosi shuldir:Ikki yillik may ichgil, qilmasdan istihola.Erdi chigil murodim — yechmoq yo‘lini topdim:Oni berkitgan ermish yor zulfi tola-tola.Sevgi xumori barbod etgan edi vujudim,Baxtimni ko‘rki, keldi may liq to‘la piyola!Mayxonaga borurman har kun chekib fig‘onlar,Hal etgay unda chunki mushkulni ohu nola.Har damda qon yutarman, ammo shikoyatim yo‘q,Zeroki, qismatimda shunday ekan navola.Soldim nazar banogoh tong chog‘ida chamanga,Gul ishqi birla bulbul dildan chekardi nola.Har kimki mext qo‘ydi, maqsad gulini termay,Yelning yo‘lida bo‘ldi poyloqchi ul nihola.Gulshan nasimi yoqdi qushlar diliga otash,Ul dog‘danki, oni saqlardi dilda lola.Dilkash g‘azal yozibmish yor maqtoviga Hofiz,Har baytiga berar tan yuzlab go‘zal risola.* * *