To magar dunyoda bor mayxonadan nomu nishon,Boshimiz mayxona pirin yo‘lida xoku to‘zon.Ham quloqda dayr pirin halqasi bordir azal,Halqa birlamiz hamisha, halqa bo‘lgaydir hamon.Qabrimiz ustidan o‘tsang, himmat aylagil talab,Qilgusidurlar ziyoratgoh oni rindi jahon.Pok poying kafti tekkan bu zamin yillar mudomSajdagohi qiblai hushyordil bo‘lgay, ishon.Ket, yo‘qol, zohidi xudbin ko‘zimizdan to abad,Parda ortinda jahonning sirlari bizdan nihon.Ishqi tushgan go‘zalim turk qizi bul kun yana mast,Ishqida xuni dilim bo‘ldi yonoqlardan ravon.Ta’na etma mastni, ey zohidki, hech maglum emas,Kim nechuk ketgay bu olamdan va bilmasmiz qachon?Shavqing ichra kirsa go‘rga ko‘zlarim bil, ey nigor,To qiyomat bo‘lajak senga nigoron har bir on.Hofizo, baxting agar shunday olar bo‘lsa madad,Sevgiling zulfi ham o‘zga qo‘lda bo‘lgay begumon.* * *Ketmoqda dil qo‘limdan — dil ahlidir sababkor,Dilda nihon sirim ham bo‘lgusi endi oshkor.Bizning kema siniqdir, dengiz shamoli, qo‘zg‘al,Balki yana ko‘rarmiz oshno yuzini bir bor.Besh kunlik umr vafosi afsonayu xayoldir,Insonga yaxshilik qil, fursat g‘animat, ey yor!Gul shoxi uzra bulbul mastona qildi nola,Tong otdi, ey xumori, keltir sharobni takror!Ey sohibi karomat, shukrona qil — sihatsen,Tarannumingni darvesh ahliga ayla bisyor.Bu olamu u olam osoyish ikki ishdan:Do‘stlarga chin muruvvat, yovlarga zarda darkor!Bizni kiritmadilar aslida yaxshi yo‘lga,Xush kelmasa dilingga, qilgin qazoni bekor.Achchiq bu suvni so‘fiy der: Manbai falokat!Qizlar labidan a’lo menga sharob — madadkor.Yo‘qlik chog‘ida, ey do‘st, tark etma ishratingni,May — kimyo, gadoni aylar Qoruncha moldor!Sarkashlik etma sham’dek, kuydirmasin dilingniTaftida xora toshni mum aylaguvchi dildor.Iskandar oynasi ham may jomi-ku — nazar sol,Doro diyori hrlin u senga qilgay izhor.Forsiy zabonli turklar umrga yil qo‘sharlar.Soqiy, rindona may tut, raqs aylasin azmkor.Mayga tegibdi janda — kiymaydi oni Hofiz,Bizni kechirgil endi, ey shayxi pokkirdor.* * *