Siyna limmo-lim alam-ku, qayda malhamdan darak?Yakkalikdan har nafas halqumga jonim kelajak.Soqiyo, bir kosa may ber — bir nafas orom olay,Kutmagil orom falakdan — ul o‘zi ham jonsarak.Men dedim ziyrak kishiga: Ko‘rgil ahvolin nechuk?Ul dedi: Olam — parishon, ishlaridir charxpalak.Sabr chohinda kuyib o‘ldik Chigil mohi uchun,Turk shohi hech xabar olmas, qani Rustambilak?Ishqbozlik ko‘yida xotirjam o‘ltirmoq xato,Ming tilinsin dardingga doru qidirgan xar yurak!Nozu ne’mat ahlining rindlik ko‘yinda yo‘q ishi,Bo‘lmagay yo‘lboshchi kuymak bilmagan beg‘am so‘tak.Chin kishi ko‘zga chalinmas — olam ichra istama,O‘zga odam, yangi olam qaytadan tuzmoq kerak!Turgil o‘rningdan, beraylik dilni ul maxga agar,Mo‘liyonning bo‘yi kelsa lablaridan bebo‘nak.Hofizo, ko‘z yoshidan ne sud bu ishq g‘avg‘osida,Ummoningdan yetti daryo tomchidir yoki pufak.* * *Jon bejamoli jonon mayli jahoni yo‘qdir,Mayli jahoni yo‘qdir, demakki, joni yo‘qdir.Hech kimda dilbarimning topolmadim nishonin,men xabarsiz omiy, yo hech nishoni yo‘qdir!Har shabnami bu yo‘lning otashli bahri ummon,Har dardi bir muammo — sharhu bayoni yo‘qdir.Qo‘ldan chiqora ko‘rma farog‘atin damin hech,Ey sorbon, jilov tort — yo‘lning poyoni yo‘qdir.Chang qomati egilgan — ishrat aro chalurlar,Chol so‘ziga quloq sol — aslo ziyoni yo‘qdir.Dil, rindlik tariqin sen muhtasibdan o‘rgan,Ichib yurar-u, elning undan gumoni yo‘qdir.Qorun yig‘ibdi boylik, zamon etibdi barbod,Zar yig‘magil, deya ayt, vafo hayoni yo‘qdir.Agar raqibi sham’dir — undan siringni berkit,Bilgilki, sho‘x dilafro‘z, bandi zaboni yo‘qdir.Har kimsaning jahonda Hofiz kabi quli yo‘q,Hech kimsaning seningdek shohi zamoni yo‘qdir!