Читаем Hofiz Sheroziy полностью

Yana rindlar sari bir ayla nazar yaxshigina,Yana mayxona tomon ayla guzar yaxshigina.Meni xaqqimda labing shul qadar etgan ehson,Juda ham yaxshi bir oz oshsa agar yaxshigina.Ey jahonning chigalin yechguchi dono odam,Fikr ber, ayla bu ishlarni basar yaxshigina.Dedi nosihki: Nedir ishqda g‘amdan o‘zga?Dedim: Ey mullai g‘ofil, shu hunar yaxshigina!Gar desam senga qadah ol-u, piyola labin o‘p,Mendan o‘zga bera olmas bu xabar yaxshigina.Terib olgil, beradur mevaki, Hofiz qalami,Yo‘q bu bog‘ mevasida bundan o‘tar yaxshigina.* * *Qorong‘umizni eshikdan kirib munavvar qil,Shu majlis ahli dimog‘ini ham muattar qil.Dilu jon etdim u jononni qosh-ko‘ziga fido,Kel, ey nigor, tamoshoyi toku manzar qil.Shu husn ila shu go‘zallikki, senda bor, kelgil,Faqirlar ayshiga jon kirgizib, tavongar qil!Bihisht xoziniga ayt, bu bazm tuprog‘iniBihisht ichra olib bor-u, udi-anbar qil.Visol naqdin umid aylamoqqa yo‘qdir hadimiz.Labingga izn berib, komimizni shakkar qil.Chaman go‘zallari husningga bo‘ldilar maftun.Sumanga noz-u, qading bandasi sanobar qil.Bu hajr oqshomi yulduzlari yorug‘ bermas.Chiq endi tom uza — oy sham’ini munavvar qil!Hikoyat aylar o‘ziga bino qo‘pib soqiy,Ishingni buzma, xayoling sharobu sog‘ar qil.O‘pib piyola labin, mastlarga sun o‘sha dam,Aql dimog‘ini shu lutf ila muattar qil!Nasihat etsa, may ichmang, der ersa donishmand,Piyola sungil-u, etgil: tomog‘ingni tar qil!Yuzingni shu’lasidur sezgi ko‘ziga parda,Quyoshni chodiriga bas kelib, munavvar qil!Nigor ishratu ishqin bajo ketir, so‘ngraO‘zingga Hofizi Sheroz she’rin az bar qil!* * *Bu jandapo‘shlar ila bo‘lma hamdam,O‘girma rindlardan yuzni har dam.Erur bu janda to‘n g‘oyatda iflos,Erur pok mayfurush ko‘ngli, dili ham.Qilursan mastlik, yoshrin o‘turma —Ichirding boda, yutdirma zahar ham.Chidolmaysan — tanang g‘oyatda nozik,Hazar qil — malla to‘nlar mushti bardam.Erur bedard bu so‘fiynamolar,May ichganlar bo‘lishein shodu xurram!Labi maygun-u, mastona — ko‘zing och,Sening shavqingda may qaynar damodam.Kelib bu hiylagarlar yolg‘onin ko‘r:Qadahning bag‘ri qon, cholg‘uda motam.Hayiq Hofizdagi o‘tli yurakdan,Qozondek ko‘ksi qaynar, ko‘nglida g‘am.* * *
Перейти на страницу:

Похожие книги

Партизан
Партизан

Книги, фильмы и Интернет в настоящее время просто завалены «злобными орками из НКВД» и еще более злобными представителями ГэПэУ, которые без суда и следствия убивают курсантов учебки прямо на глазах у всей учебной роты, в которой готовят будущих минеров. И им за это ничего не бывает! Современные писатели напрочь забывают о той роли, которую сыграли в той войне эти структуры. В том числе для создания на оккупированной территории целых партизанских районов и областей, что в итоге очень помогло Красной армии и в обороне страны, и в ходе наступления на Берлин. Главный герой этой книги – старшина-пограничник и «в подсознании» у него замаскировался спецназовец-афганец, с высшим военным образованием, с разведывательным факультетом Академии Генштаба. Совершенно непростой товарищ, с богатым опытом боевых действий. Другие там особо не нужны, наши родители и сами справились с коричневой чумой. А вот помочь знаниями не мешало бы. Они ведь пришли в армию и в промышленность «от сохи», но превратили ее в ядерную державу. Так что, знакомьтесь: «злобный орк из НКВД» сорвался с цепи в Белоруссии!

Алексей Владимирович Соколов , Виктор Сергеевич Мишин , Комбат Мв Найтов , Комбат Найтов , Константин Георгиевич Калбазов

Фантастика / Детективы / Поэзия / Попаданцы / Боевики