Читаем Hofiz Sheroziy полностью

Men emasdurman u rind — tarki mayu dildor etay,Muxtasib bilgay, bu ishdan mumkin ermas or etay.Lola jom ushlab, bo‘tako‘z mast, biza fosiq — ot,Dardlarim ko‘n — qaysi hokimga uni izxor etay?Maykada — daryo-yu, sevgi — gavxar-u, izlovchi — men,Bunda bosh egdim, shu holda qaygacha isror etay?Garchi tuproqqa qorildim, himmatim qo‘ymas meni:Ko‘z bulog‘idan to‘kib suv, qancha oxu zor etay?Hay’atim misli gado — u qo‘lda sulton xaznasi,Charx ehsonidan o‘zni qanday ummidvor etay?Bu falakning axd ila paymonida yo‘q e’tibor,Ahdni jom ila tuzib, may shartini takror etay.Tort jilovni, tur bir oz, qo‘zg‘atma, jono, jilvalar,To yo‘lingga ko‘zni durru gavharin isor etay.* * *Men uchun hech loyiq ermas erdi rindlik shevasi,Tushgach ushbu holga, nechun, o‘zgalardan or etay?Tavba qilg‘onlarni doim ayblab yurgan esam,Gul chog‘i, devonamanmi, bodadan inkor etay?!Ko‘z yoshi yoqutu- la’lidan xazinamdir to‘la,Bas, quyosh fayzu zarini ne uchun darkor etay?Qoshlaring mehrobiii baxtimdan aylarman tatab,Unda Majnun yanglig‘ ishqing darsini takror etay.Ushbu lablar ishva aylar erdi Hofizga mudom,Ne uchun afsonaga bovar qilar, iqror etay?* * *Tong otdi, soqiy, jomni liq-liq sharob qil.Charx aylanishnga hech bir ishonch no‘q — shitob qil.Foniy jahon xarob o‘ladur, undan ilgariGulrang bodalar bila bizni xarob qil!Xurshidi may chiqardi boshni shisha sharqidan,Quvnoq bo‘lishni istar esang, tarki xob qil.Ul kunki, loyimizni falak ko‘za aylagay,Albatta. boshimiz kosasin liq sharob qil.Biz lofu tavba parhez etuvchi kishi emas,Toza sharobu jom ila bizga xitob qil.Och ko‘zni, yaxshi boq: ko‘piribdir qadah yuzi.Dunyo asosini shu ko‘pikdek hisob qil.Gul mavsumi-yu, umr o‘tishga shoshildilar,Gulrang mayingni sungali soqiy, shitob qil!Hofiz, eshitki, mayga topinmoq erur savob,Tur, vaqtni qochirma-yu, tezda savob qil.* * *Etdim tabibg‘a g‘amlarni chandon,Miskin g‘aribga qilmaydi darmon.Har dam tikonning qo‘lida bo‘ldiBulbulga boqmay gul yuzli jonon.Biz dardimizni dilbarga aytdik,Yo‘qdir tabibdan yoshrishga imkon.Do‘stlar yuzini ko‘rsin yana do‘st,Yo Rab, omon tut, qil lutfu ehson!Ishq sandig‘iniig kulfi buzilmish,Yetkuzmasin qo‘l ag‘yori nodon.Ey yor, vasling ne’matlaridanBizga nasiba afsusu armon.Bo‘lmasdi Hofiz dunyoga shaydo,Dono so‘zini olganda har on.* * *
Перейти на страницу:

Похожие книги

Партизан
Партизан

Книги, фильмы и Интернет в настоящее время просто завалены «злобными орками из НКВД» и еще более злобными представителями ГэПэУ, которые без суда и следствия убивают курсантов учебки прямо на глазах у всей учебной роты, в которой готовят будущих минеров. И им за это ничего не бывает! Современные писатели напрочь забывают о той роли, которую сыграли в той войне эти структуры. В том числе для создания на оккупированной территории целых партизанских районов и областей, что в итоге очень помогло Красной армии и в обороне страны, и в ходе наступления на Берлин. Главный герой этой книги – старшина-пограничник и «в подсознании» у него замаскировался спецназовец-афганец, с высшим военным образованием, с разведывательным факультетом Академии Генштаба. Совершенно непростой товарищ, с богатым опытом боевых действий. Другие там особо не нужны, наши родители и сами справились с коричневой чумой. А вот помочь знаниями не мешало бы. Они ведь пришли в армию и в промышленность «от сохи», но превратили ее в ядерную державу. Так что, знакомьтесь: «злобный орк из НКВД» сорвался с цепи в Белоруссии!

Алексей Владимирович Соколов , Виктор Сергеевич Мишин , Комбат Мв Найтов , Комбат Найтов , Константин Георгиевич Калбазов

Фантастика / Детективы / Поэзия / Попаданцы / Боевики