Читаем Koinot oqimlari полностью

— U menga hech narsa demadi. Men faqat uning Voteks va qandaydir fazoviy kema to‘g‘risida gapirganini eshitib qoldim.

Terens uni itarib yubordi.

Demak, Novvoy ularga patta olib bergan. Kema kutib turadi. Rik boshan Valona o‘sha yoqqa yo‘l olishgan. Bormasliklarining iloji yo‘q. Ammo qanday qilib u — Rezident kuppa-kunduzi fazo bekatiga boradi?… Vaziyat juda mushkul edi. Agar u Rikdan, ya’ni Sark istibdodiga qaratilgan katta qudratli quroldan ayrilsa, uning hayoti sarkliklar uchun pashsha umridek arzimas bo‘lib qoladi. Shuning uchun qozir eng ahamiyatlisi Rik…

Shuning uchun, u nazoratchilar o‘zlari kabi kiyingan kimsani qidirishayotgan, qavo mashinalari hamon uchib yurishgan bo‘lsa-da, aslo qayajonlanmay ko‘chaga chiqdi.

Terensning manzili ma’lum edi. Florinaning fazo bekatlari orasida faqat bittaginasi oddiy sayohatchilarga, kambag‘alroq sarkliklarga, florinalik xizmatchilarga va Florinaga ruxsat olishga muvaffaq bo‘lgan o‘zga sayyoraliklarga mo‘ljallangan.

Bekat darbozasi yonida turgan tekshiruvchi yaqinlashib kelayotgan Terensga qiziqsinib qarab turardi.

— Salom, janob, — dedi u. Uning tovushida jur’atsizlik oqangi sezilib turardi. — Shaharda katta g‘alayon bo‘lyaptimi?

Terens qarmoqqa ilinmadi. U shlyapasining qayrilgan ayvonini pastroqqa tushirib, ko‘ylagining yuqori tugmasini taqib oldi.

— Bu yerdan Voteksga yo‘l olgan ikki kishi — erkak va ayol o‘tmadimi? — so‘radi u do‘q aralash.

Tekshiruvchi hayratga tushdi. U bir tomoq qirib oldi-da, itoatkorona so‘z qotdi:

— O‘tdi, ofitser. Yarim soatcha bo‘ldi. Balki undan kamroqdir. — U birdan qizardi. — Ularning anavi… ishlarga aloqasi yo‘qmi? Ofitser, ularning pattasi joyida edi. Men begonalarni tegishli ruxsatnomasiz o‘tkazmayman.

Terens unga boshqa e’tibor qilmadi. Tegishli ruxsatnoma! Novvoy uni bir kechada topibdi. O, Galaktika, o‘yladi u, Trantorning josuslari Sark ma’muriyati orasiga shunchalik kirib olganmi?

— Ularning ismi qanday ekan?

— Xaret va Xansa Barn.

— Kema uchib ketdimi? Tez ayt!

— Yo‘q, janob.

— U qaysi maydonda?

— O‘n yettinchida.

Kemaning asosiy eshigi oldnda ofitser kiyimndagi sayyoralararo parvoz xizmatchisi turardi. Terens qarsnllab nafas olar ekan, xizmatchini savolga tutdi:

— Kemaga Xaret va Xansa Bern chiqishdimi?

— Yo‘q, chiqishmadi, — dedi sovuqqonlik bilan ofitser, U sarklik bo‘lgani uchun nazoratchi — bor-yo‘g‘i maxsus kiyimli oddiy odam edi.

— Nahotki, chiqishmagan bo‘lsa? — betoqatlik bilan qayta so‘radi Terens.

— Aytdim bor gapni. Biz ularnn kutmaymiz. Kema jadval bo‘yicha uchadi.

Terens yana tekshiruvchining yoniga qaytdi.

— Ular uchib ketishdimi?

— Uchib ketishdi? Kim, o‘zi ular, janob?

— Barnlar. Voteksdan kelganlar. Ular kemaga chiqishmabdi. Orqaga qaytib ketishmadimi?

— Bu yerdan qech kim chiqmadi, janob!

— Ular o‘tib ketishgan paytdan beri biron-bir kema uchmadimi?

Tekshiruvchi jadvalga qaradi.

— Uchdi, — dedi u. — «Dovyurak» kemasi. — Va tutoqib turgan nazoratchining kayfiyatini yaxshilash niyatida qo‘shimcha ma’lumot berdi. — «Dovyurak» maxsus reys bilan Oliyzot Samiya Fayf qizini Florinadan Sarkka olib ketyapti.

Terens shoshilmay nari ketdi. Umuman iloji yo‘q ishlarni amalga oshirsang, boshqa har qanday mo‘’jiza haqiqatga aylanadi. Rik bilan Valona fazo bekatiga kirishgan. Ular qo‘lga tushishmagan, aks holda buni tekshiruvchi bilgan bo‘lardi. Ular pattalariga yozilgan kemaga chiqishmagan. Ular bekatdan ham qaytib o‘tishmagan. O‘sha damdan beri uchgan yakka-yu yagona kema — «Dovyurak». Demak, Rik va Valona o‘sha kemaga chiqib olishgan. Ular yo asirga tushishgan, yo berkinib yotishibdi.

Ikkala taxminning ma’nosi bir. Agar ular berkinishgan bo‘lishsa ham, baribir tez orada asirga aylanardmar. Zamonaviy kemalarga yashirinib olishning iloji yo‘qligini faqat florinalik dehqon qiz bilan esi oqqan kishigina bilmaydi. Ammo, eng ha{1ratlanarlisi shuki, ular shuncha fazoviy kemalarning ichidan kelibkelib Skvanr Fayfnnng qizi uchayotganini tanlashibdi!

SKVAYR

Skvayr Fayf Sarkning eng birinchi kishisi edi, shuning uchun tikka turishni yoqtirmasdi. Uning yelkalari keng, boshi, shubhasiz, katta bo‘lib, faqat oyoqlari kalta edi, oyoqlar katta og‘irlikni ko‘tarib yurganliklari uchun lapanglardi.

Xuddi shuning uchun Buyuk Skvayr stol ortida o‘tirar, uni boshqa qolatda qizi, shaxsiy xizmatkori, to vafotiga qadar, xotinidan bo‘lak hech kim ko‘rmagan edi.

Skvayr o‘zini boshqalarga faqat shu alfozda ko‘rsatardi. Uning yuzida biron-bir ifoda sezilmas, kalta-kalta barmoqli katta va kuchli qo‘llari sirti silliq, usti bo‘m-bo‘sh — na qog‘oz, na eshitish asbobi, na bir bezak qo‘yilgan stol qirrasini ohista ushlab turardi.

U o‘zining rangpar, baliq go‘shtidek oppoq yuzli kotibiga faqat mexanik yordamchilar va florinalik xizmatchilarga nisbatan ishlatiladigan maxsus, hissiz ohangda so‘z qotdi:

— Xo‘sh, takliflarimning hammasi qabul qilindimi?

Kotib ham xuddi shundek hissizlik bilan javob berdi:

— Skvayr Bort aytdiki, avvalgi ishlar yuzasidan olgan majburiyatlari uni soat uchdan oldinroq kelishga imkon bermas ekan.

— Siz unga qanday javob qildingiz?

Перейти на страницу:

Похожие книги