— Nega ajablanasiz? Florinaga ega chiqishga bundan yaxshiroq usul bormi? Trantor tashqi siyosatining asosiy maqsadlaridan biri shu-ku. Biron urush-purushsiz niyatga yetish, ayni muddao emasmi? Agar biz ushbu po‘pisa ta’siriga tushsak, Florshadan ajralamiz. Ular bizga biron narsa qoldirishga va’da berishmoqda, biroq uni qancha vaqt asrashga qurbimiz yetarkin? Boshqa tomondan, xatga e’tibor qilmadik deylik — ayni paytda bundan boshqa ilojimiz yo‘q. U qolda, Trantor florinashshlar orasida qiyomat qoyshm yaqshligi to‘g‘risida mish-mish tarqatadi. Natija ma’lum — odamlar vaqimaga tushishadi, buning orqasidan esa halokat yugurib keladi! Ertaga qiyomat qoyim bo‘ladi, deb ishongan kimsani qaysi kuch ishlashga majbur eta oladi? Kirt terilmaydi. Xirmonlar bo‘shaydi. Trantor esa kun-uzzukun Florinada to‘polon chiqnshini poylayapti. Agar Sark kirt yetkazib turishni eplolmas ekan, ular o‘zlaricha tartib deb ataydigan qolatni saqlash uchun bor kuchlarini tashlaydilar. Galaktikaning boshqa ozod dunyolari esa kirt tufayli til tishlab turaberadilar. Ayniqsa, Trantor kirtga bo‘lgan yakkahokimlnkni tugatishga, bahoni pasaytirishga qaror qilsa, lom-mim demaydilar. Keyinchalik, albatta va’dalar unutiladi, biroq bu paytda kech bo‘ladi.
Yagona mantiqiy xulosa shu: Trantor Florinani egallab olishi mumksh. Agar, ular boshqa yo‘ldan borsalar, ya’ni to‘g‘ridan-to‘g‘ri qujum uyushtirsalar, Trantor tasarrufiga o‘tmagan butun ozod Galaktika o‘zlarini kelgusida saqlash uchun ham biz tomonga o‘tadilar.
— Bu narsalarga koinot tadqiqotchisining qanday aloqasi bor? — so‘radi Rune. — Agar taxminingiz to‘g‘ri bo‘lsa, siz buni ochiqroq tushuntirishingiz lozim.
— Taxminim to‘g‘ri. Koinot tadqiqotchilari odatda betayin bo‘ladilar, bu tadqiqotchi esa ahmoqona xomxayolini o‘rtaga tashlayapti. Trantor buni e’lon qilolmaydi, aks holda Koinot Tadqiqoti Byurosi uning dabdalasini chiqarishi turgan gap. Biroq, agar ular tadqiqotchini ushlab olib, qandaydir tafsilotlarni bilib olishgan bo‘lsa, bu narsa ularga — nomutaxassis kishilarga katta ahamiyatga molik hodisadek tuyulgan taxminni aniqlash imkonini beradi. Ular ana shu uydirmaga haqiqat to‘nini kiydirib, undan foydalanishadi. Ilmiynamo mish-mishlar tarqalgach, Byuroning rad javoblari bu yolg‘onga qarshi kurashda yetarli kuchga ega bo‘lmay qoldi. Lekin biz xavfdan o‘z vaqtida xabar topdik. Eplolsak, koinot tadqiqotchisini topamiz. Biz, barcha o‘zimiz bilgan Trantor josuslarini o‘zlariga sezdirmay sinchiklab kuzatib borishimiz zarur. Shu yo‘l bilan ularning maqsadlarini aniqlash mumkin. Florinadagi sayyora halokati to‘g‘risida paydo bo‘lgan har qanday mish-mishni tag-tugi bilan kuritish lozim. Birinchi shivir-shivirdayoq biz keskin harakat qilmog‘imiz darkor. Hozircha, anavilarning keyingi yurishini kuzatamiz…
Bu suhbat bir yil avval bo‘lib o‘tgandi. Ular tarqalishdi, shundan sung Skvayr Fayf hayotida hech vaqt duch kelmagan sirli, kutgshmagan muvaffaqiyatsizlik ro‘y berdi.
Ikkinchi yurish qilishmadi. Hech kim boshqa qech qanday xat-xabar olmadi. Koinot tadqiqotchisi topilmadi, Trantor esa soxta qidirishlarini davom ettira berardi. Florinada qiyomat-qoyim yaqinligi to‘g‘risidagi mish-mishlardan asar ham yo‘q edi. Kirt terimi va qayta ishlanishi qar doimdagidek bekamu-ko‘st borardi.
Fayf yana majlis chaqirdi. Skvayrlar o‘z vaqtida paydo bo‘ldilar. Birinchi navbatda lablari qimtilgan, ikki-uch kundan beri olinmagan soqolini bir chekkasi singan qalin tirnog‘i bilan qashlayotgan Bort yetib keldi. Keyin, yuzidagi upa-elakni hozirgina yuvib tashlagan, rangpar, kasalvon Stin o‘z o‘rnini egalladi. So‘ngra, vujudini charchoq hamda loqaydlik qamrab, iyaklari ichiga botgan, yostiqqa suyangan Balle kosadagi suti bilan birga paydo bo‘ldi. Oxirgi navbatda, ikki daqiqaga kechikib, nimadandir norozi qiyofada lablari nam Rune yetib keldi. Fayf so‘z boshladi:
— Skvayrlar! O‘tgan gal men sirli va uzoq kelajakda ro‘y berishi mumkin bo‘lgan xavf to‘g‘risida gapirgandim. Men yanglishgan ekanman. Xavf mavjud, lekin u bizdan uzoq emas ekan. U juda, juda ham yaqin. Men nima haqda so‘zlayotganimdan har biringiz xabardorsiz. Qolganlar ham tez orada buni biladilar.
— Siz nima to‘g‘risida gapiryapsiz o‘zi? — keskin so‘radi Bort.
— Davlat miqyosidagi xiyonat haqida!
QOCHOQ
Mirli Terens fazo bekatyni tark etgach, nihoyat Pastki Shahar qa’riga kirib oldi. U neyrotayoqni mahkam ushlab, nazoratchilarga xos takabburlik va o‘ziga ishonch bilan qadam tashlardi. Ko‘chalar bo‘m-bo‘sh. Mahalliy xalq kulbalarga yashirinib olgan. Bu qaytaga yaxshi. Uni hech kim bezovta qilayetgani yo‘q. Hech kim uni florinaliklarga xos oq yuziga tuzukroq nazar tashlash uchun to‘xtatmayapti. Qop-qora, kumush tugmali xos kiyimning o‘zi yetarli.
Biroq endi nazoratchilik qiyofasidan chiqish zarur.
Shu damdan boshlab, u Florinaning hech bir yerida bexavotir yura olmaydi. Nazoratchining joniga qasd qilish — buyuk jinoyat, hatgo ellik yildan keyin ham, agar shuncha vaqt omon-eson qolsa, qidiruv ishlari keng ko‘lamda davom etaberadi. Demak, Florinani tark etishi kerak.