— Hali tanimadinglarmi meni, temirchi Vakula bo‘laman! Kuzda Dikankadan o‘tganingizda, xudo salomat qilsin, umringiz uzoq bo‘lsin, omon bo‘linglar, salkam ikki kun qo‘ngan edingiz. Aravangizning oldingi g‘ildiragiga temir qoqib bergan edim, — dedi.
— Ha, anavi surat solishga usta temirchimi? Omonmisan, hamshahar, xudoyim nega seni bu tomonlarga keltirdi? — dedi boyagisi.
— Uzim tomosha qilgim keldi, deydilarki…
Zaporojyeli o‘ziga oro berib va ruscha gaplashishni bilganini ko‘rsatmoqchi bo‘lib:
— Xo‘sh, hamshahar, shahar katta ekanmi? — dedi.
Temirchi sharmanda bo‘lishni xohlamadi, shaharni endi ko‘rganini ham bildirgisi kelmadi. Bundan tashqari, o‘zi ham so‘zga chechan, savodi chiqqan mulla edi, shuning uchun bamaylixotir:
— Dong‘i ketgan muzofot! Nimasini aytasiz, uylar ulkan, hammasiga basavlat suratlar osig‘liq, ko‘p uylarga zar bilan bitilgan. Nimasini aytay, bag‘oyat bejirim va kelishganki! — dedi.
Zaporojyeliklar temirchining gapga bunday chechailigini ko‘rib, unga hurmatlari oshdi.
— Hamshahar, sen bilan keyin bafurja so‘zlashamiz, hozir bizlar poshsho xonimning huzuriga ketayotibmiz.
— Poshsho xonimning huzurigami! Ulug‘lar, marhamat ko‘rsatib, meni ham olib boringlar!
Rostakam katta otga mindir, deb yalinib turgan to‘rt yashar bolaga katta kishi qanday muomala qilsa, zaporojyeli ham unga shunday muomala qilib:
— Senimi? U yerda sen nima qilasan, yo‘q, bo‘lmaydi! Birodar, bizlarning poshsho bilan gaplashadigan gadshmiz bor, — deb gapini tugatdi.
Temirchi: «Birga oboring!» deb yalindi. Keyin kissasiga bir musht urib, shaytonga «so‘ra sen ham» dedi. Buni aytar-aytmas, ulardan biri «og‘alar, obora qolaylik!» dedi.
— Bizlarnikiga o‘xshagan kiyim kiy.
Temirchi yashil chakmonni endi kiyayotgan edi, eshik ochilib, oltin uqa tutgan odam kirib, otlaninglar, vaqt bo‘ldi, dedi.
Ressorlik kattakon aravada tebranib borayotganida, to‘rt qavatli uylar oldidan o‘tayotganida, uylar va tosh yo‘l o‘zi yurib ketayotgandek ko‘ringanda temirchi yana taajjubda qoldi.
«Xudoyo tavba, shuncha ham yorug‘ bo‘ladimi, bizning qishloqda kunduzi ham bunday yorug‘ bo‘lmaydi!» derdya ichida.
Aravalar bir ajoyib saroy oldiga kelib to‘xtadi. Hammalari aravalardan tushib, hashamatli bir xonaga kirdilar, keyin ko‘zni qamashtirguday yorug‘ pillapoyadan yuqoriga chiqdilar.
Temirchi o‘z-o‘ziga:
«Shunaqa ham pillapoya bo‘ladimi? Oyoq bosgani ko‘eing qiymaydi. Ana zebu ziynat! Ertaklarning barisi yolg‘on deydilar! Hech yolg‘on emas ekan! Yepiray, panjaraga qaranglar, xo‘p ishlabdi-da, bitta temirning o‘zidan ellik so‘mlik ketgan bo‘lsa kerak!» — derdi.
Zaporojyelilar pillapoyadan chiqib, eng oldindagi katta xonaga kirdilar. Temirchi parket polda oyog‘i sirg‘anib, ular ketidan zo‘rg‘a-zo‘rg‘a borar edi. Uch xonadan o‘tdilar, lekin temirchi hali ham hayratda. To‘rtinchi xonaga kirganda bsnxtiyor, devorda osig‘liq surat tagiga keldi. Bu surat qo‘lida Iso payg‘ambarni ko‘tarib turgan bibi Maryam edi. «Ajoyib surat ekan, xo‘p chiroyli yasabdi! Xuddi gapirib turgandek, tirikka o‘xshaydi-ya! Aziz bolasini qarang, qo‘llarini siqib olibdi, bola faqirning kulishini qarang! Bo‘yoqlari muncha joyib! Ye, bafarmoni xudo, bo‘yog‘ini qaranglar! Oxra bo‘yoqdan bir chaqalik ham ishlatilmabdi, nuqul loku lojivar. Toblanishini qarang lojivarni! Ishiga ofarin-a! Tag siriga nuqul asil oqdan bergan bo‘lsa kerak, — Eshik oldiga kelib, qulfini tutib ko‘rarkan, — va lekin bu surat har qancha g‘alati bo‘lsa ham, manavi jez qabza undan ham alomat ekan, xo‘p toza ishlabdida! Nemis temirchilari juda qimmatbahoga yasab bergandirlar, deb o‘ylayman…» Agar zar uqa taqqan malay kelib qo‘ltig‘idan turtib, keyinda qolmang, demasa, hali anchagacha shu zaylda anqayib turaverardi; Mehmonlar yana ikki xonadan o‘tgach to‘xtadilar. Shu yerda kutib turish buyurilgan edi. Qiyimiga oltii tikilgan bir necha generallar to‘dalashib yurar edilar. Zaporojyedan kelganlar enkayib salom bergach, hammalari bir yerga g‘uj bo‘lib turdilar. Bir lahzadan keyin xiylagina semiz, baland bo‘yli, getmancha chakmon kiygan, oyog‘ida sariq ko‘n etik, basavlat odam birtalay mahramlari bilan kirib keldi. Sochlari to‘zigan, bir ko‘zi sal g‘ilairoq, ulug‘sifat va salobatli, amr-farmon qilib o‘rganib qolgani har bir harakatidan ko‘rinib turibdi. oarvaroq kiyimlarda kerilib, savlat bilan turgan generallar darrov dabdabadan tushib, hammasi uning og‘zidan bir so‘z chiqar-chiqmas yoki sal imo qilguncha bo‘lmai ta’zim bilan darrov yugurib, uning amrini bajo keltirishga hozir bo‘lib, tipirchilab turar edilar getman. Ularni hech pisand qilmay, boshi bilan andak imo qilib, zaporojyelilar oldiga keldi Zaporojyelilarning hammalari oyog‘iga bosh urib salom berdilar.
Sal dimog‘ida so‘zlab, salmoq bilan:
— Hammangiz shundamisiz? deb so‘radi getman.
Ular yana engashib, qullo‘q qilib: «Hovva!» dedilar.
— Esingizdan chiqib qolmaydimi? Urgatganimday gapiring-a!
— Yo‘q, otamiz, esimizdan chiqmaydi!
Temirchi zaporojyelilarning biridan «podsho shumi?» deb so‘radi.
— Shoshma, podsho bu emas, Potyomkin degan shu bo‘laDi, — dedi unisi.