Читаем Usta va Margarita полностью

— Aslo aziyat chekmang, — dedi Azazello, — kamina umrimda nafaqat yalang‘och ayollarni, hattoki boshdan-oyoq terisi shilingan ayollarni ham ko‘rganman, — shunday deb u qora matoga o‘ralgan bir tugunchakni pechka yoniga qo‘ydi-da, darrov mezbonlar davrasiga kelib o‘tirdi.

Margarita konyak quyib uzatdi, Azazello uni huzur qilib ichib yubordi. Usta undan ko‘z uzmay o‘tirarkan, ahyon-ahyonda stol ostida sekingina o‘zining chap bilagini chimchilab qo‘yardi. Lskin bu chimchilashlar Azazelloga ta’sir qilmadi. U havoda erib ketmadi, undan keyin, sirasini aytganda, bunga hech qanday ehtiyoj ham yo‘q edi. Chunki bu pakana malla odamning, agar ko‘ziga oq tushganini va libosining sal g‘alatiroq (ridonamo plash) ekanligini hisobga olinmasa, hech qanaqa qo‘rqinchli jihati yo‘q edi. Vaholanki, jodugarlikdan yiroq bo‘lgan oddiy odamning ham ko‘ziga oq tugagan bo‘lishi mumkin, agar jiddiy o‘ylab ko‘riladigan bo‘lsa, har qanday odam ham ridonamo plash kiyib yurishi mumkin edi. Konyakni ham u hamma odamlar singari, mohirlik bilan bir ko‘tarishda ichib, gazak qilmadi. Lekin ustaning boshi epdi konyakdan g‘uvullay boshladi va u:

«Yo‘q, Margarita haq! Chindan ham ro‘paramda iblisning elchisi o‘tiripti. Axir o‘zim ham o‘tgan kuni tunda Ivanga, Patriarx ko‘li bo‘yida shaytonni uchratgansiz, deb uqdirgan edim-ku, endi bo‘lsa, negadir shu fikrdan cho‘chib ketib, ko‘zboyloqchilar, xomxayollar haqida allanimalarni javrab o‘tiribman. Ko‘zboylovchiga balo bormi!» — deb ko‘nglidan o‘tkazdi.

U Azazelloga tikilibroq qarab, uning ko‘zlarida qandaydir mas’uliyat, to mavridi kelguncha aytmay saqlab turgan qandaydir mulohaza mavjudligini ko‘rdi. «U shuichaki bizni ko‘rgani emas, balki qandaydir topshiriq bilan kelganga o‘xshaydi», — deb o‘yladi usta.

Kuzatuvchanligi unga pand bermadi.

Azazello uchinchi marta uzatilgan konyakni ham ichib yuborib, xuddi hech ichmagan odamday gap boshladi:

— Podvalingiz shinamgina ekan, azabroyi shifo! Lekin bir savol ko‘ndalang turipti: nima ham qilish mumkin bu podvadda?

— Men ham shuni gapirayotgan edim, — dedi usta kulimsirab.

— Nega meni vahimaga solasiz, Azazello? — dedi Margarita, — axir bir amallarmiz!

— Yo‘g‘-e, yo‘g‘-e, — deb chinqirib yubordi Azazello, — sizni vahimaga solish xayolimga ham kelgani yo‘q. O‘zim ham shunday deyapman, — bir amallaysizlar. Ha-ya! Sal bo‘lmasa unutay debman, messir sizlarga salom aytib yubordi, yana, sizni o‘zi bilan kichik bir sayrga taklif qildi, agar xohlasangiz, albatta. Xo‘sh, nima deysizlar bu taklifga?

Margarita stol ostida oyog‘i bilan ustani turtib qo‘ydi.

— Jonimiz bilan boramiz, — deb javob qildi usta Azazelloni sinchiklab kuzatarkan, u esa gapni ilib ketdi:

— Margarita Nikolaevna ham bu sayohatdan bosh tovlamaslar deb umid qilamiz?

— Mening-ku bosh tovlamasligim aniq, — dedi Margarita va yana oyog‘i bilan ustaning oyog‘ini turtib qo‘ydi.

— Qoyilmaqom sayohat bo‘ladi, — dedi Azazello, — mana bu — o‘g‘ilbola gap! Bir zumda kelishdik-qo‘ydik! Tunov kuni Aleksandr bog‘ida bo‘lganidek rezinka qilib cho‘zmadik.

— Voy, esimga solmang o‘sha kunni, Azazello! Tentak ekanman o‘shanda. Sirasini olganda, meni judayam aybsitish to‘g‘ri emas — axir shayton zotiga kunda ro‘para kelmaysan-ku kishi!

— To‘g‘ri aytasiz, — deb tasdiqladi Azazello, — agar har kuni ro‘para kelsangiz, g‘oyat xushnud bo‘lardingiz!

— Jadallik o‘zimga ham yoqadi, — derdi Margarita zavqu shavq bilan, — jadallik ham, yalang‘ochlik ham. Mauzerdan otilgan o‘qday! Voy, uning qanaqa merganligini ko‘rsang zdi, — deb chinqirdi Margarita ustaga yuzlanib, — yostiq tagiga qo‘yilgan yettilik qartaning xohlagan xolini mo‘ljalga oladi… — Margarita shirakayf bo‘lib qoldi, shu sababli ko‘zlari o‘tdek chaqnay boshladi.

— Ie, esim qursin, unutibman-u, — deya chinqirib yubordi Azazello peshonasiga «shap» etib urib, — rosa charchabman. Messir sizlarga sovg‘a berib yuborgan edi, — shunday dob u aynan ustaga yuzlandi, — bir shisha vino. E’tibor bering-a, bu Iudeya prokuratori ichgan o‘sha vinoning o‘zi. Faleri vinosi.

Turgan gapki, bunday noyob narsa, albatta, Margaritaning ham, ustaning ham e’tiborini o‘ziga tortdi. Azazello motamona qora matoni ochib, undan tamomila mag‘or bosib ketgan bir ko‘za oldi. Oldin uni bir-bir hidlab ko‘rishdi, so‘ng stakanlarga quyishib, momaqaldiroq oldidan so‘na boshlagan yorug‘likka tutib ko‘rishgan edi, hamma narsa qon rangiga bo‘yaldi.

— Volandning salomatligi uchun! — dedi Margarita stakanni baland ko‘tarib.

Uchovlari stakanlarni lablariga olib borib, bir ho‘plamdan ichishdi. Shu zahoti ustaning ko‘z oldi qorong‘ilashib, nafasi qaytib ketdi, u joni uzilayotganini his qildi. U yana, rangi murdanikidek o‘chgan Margaritaning ojizona qo‘l cho‘zib, boshi stolga «shilq» etib tushganini, so‘ng asta sirg‘alib yerga yiqilganini ham ko‘rdi.

Перейти на страницу:

Похожие книги

Тихий Дон
Тихий Дон

Вниманию читателей предлагается одно из лучших произведений М.Шолохова — роман «Тихий Дон», повествующий о классовой борьбе в годы империалистической и гражданской войн на Дону, о трудном пути донского казачества в революцию.«...По языку сердечности, человечности, пластичности — произведение общерусское, национальное», которое останется явлением литературы во все времена.Словно сама жизнь говорит со страниц «Тихого Дона». Запахи степи, свежесть вольного ветра, зной и стужа, живая речь людей — все это сливается в раздольную, неповторимую мелодию, поражающую трагической красотой и подлинностью. Разве можно забыть мятущегося в поисках правды Григория Мелехова? Его мучительный путь в пламени гражданской войны, его пронзительную, неизбывную любовь к Аксинье, все изломы этой тяжелой и такой прекрасной судьбы? 

Михаил Александрович Шолохов

Советская классическая проза
Дом учителя
Дом учителя

Мирно и спокойно текла жизнь сестер Синельниковых, гостеприимных и приветливых хозяек районного Дома учителя, расположенного на окраине небольшого городка где-то на границе Московской и Смоленской областей. Но вот грянула война, подошла осень 1941 года. Враг рвется к столице нашей Родины — Москве, и городок становится местом ожесточенных осенне-зимних боев 1941–1942 годов.Герои книги — солдаты и командиры Красной Армии, учителя и школьники, партизаны — люди разных возрастов и профессий, сплотившиеся в едином патриотическом порыве. Большое место в романе занимает тема братства трудящихся разных стран в борьбе за будущее человечества.

Георгий Сергеевич Березко , Георгий Сергеевич Берёзко , Наталья Владимировна Нестерова , Наталья Нестерова

Проза / Проза о войне / Советская классическая проза / Современная русская и зарубежная проза / Военная проза / Легкая проза