Читаем Usta va Margarita полностью

— To‘xtang! Yana bir og‘iz so‘z, — dedi Ivan, — siz o‘sha ma’shuqangizni topdingizmi? Sizga vafodorligicha qoliptimi u?

— Mana u, — deb javob qildi usta va devorga ishora qildi. Qora kiygan Margarita oppoq devordan ajralib, bemorning tepasiga yaqinlashdi. U karavotda yotgan yigitga mahzun ko‘zlarini tikdi.

— Sho‘rlik yigit, — deb tovushsiz pichirladi Margarita va bemor ustiga engashdi.

— Judayam go‘zal ekan, — dedi Ivan behasad, ammo bir oz hasrat va qandaydir ayanch bilan, — ana ko‘rdingizmi, hamma armoningiz ushalipti. Ammo menda unday bo‘lmadi, — shunday deb u o‘ylanib qoldi va o‘ychanlik bilan ilova qildi: — Balkim shunday bo‘lgani ma’quldir…

— Ha, ha, — deb pichirladi Margarita bemor ustiga yana ham pastroq engasharkan, — mana, hozir men peshonangizdan o‘paman-u, keyin hamma narsa ko‘nglingiz tusagandek bo‘ladi… gapimga ishonavering, bularning hammasini o‘z boshimdan kechirganman, hammasidan voqifman.

Karavotda yotgan yigit Margaritaning bo‘ynidan quchdi, shunda Margarita uni o‘pib oldi.

— Alvido, shogirdim, — dedi usta eshitilar-eshitilmas va havoda eriy boshladi. U, u bilan birga Margarita ham g‘oyib bo‘lishdi. Balkon panjarasi yopildi.

Ivanushka bezovtalana boshladi. U o‘rnidan turib o‘tirdi, atrofiga olazarak bo‘lib qarab, hatto ingrab ham qo‘ydi, o‘zicha bir nimalarni g‘o‘ldirab o‘rnidan turdi. Momaqaldiroq tobora zo‘raya borardi, chamasi uning qalbiga g‘uluv solgan narsa ham shu momaqaldiroq bo‘lsa kerak. Ivanni bezovta qilgan yana bir narsa shu bo‘ldiki, uning shifoxona yo‘lagidagi doimiy sokinlikka ko‘nikib qolgan qulog‘iga hozir eshik orqasidan bezovta oyoq tovushlari, g‘o‘ng‘ir-g‘o‘ng‘ir ovozlar eshitilgan edi.

— Praskovya Fyodorovna! — deb chaqirdi u asabiylashib va titrab-qaqshab.

Shu zahotiyoq xonaga kirib kelgan Praskovya Fyodorovna Ivanushkaga savol ma’nosida hayajonlanib tikildi.

— Xo‘sh? Nima bo‘ldi? — deb so‘radi u, — momaqaldiroq bezovta qilyaptimi? Tinchlaning, hechqisi yo‘q… Hozir yordam ko‘rsatishadi sizga. Men doktorni chaqiraman.

— Yo‘q, Pravskovya Fyodorovna, doktorni chaqir-ang, — dedi Ivanushka, Praskovya Fyodorovnaga emas, devorga hayajon bilan tikilarkan, — menga hech nima bo‘lgani yo‘q. Men o‘z ahvolimga tushunadigan bo‘lib qolganman, siz ko‘rqmang. Yaxshisi, ayting-chi, — deb dilkashlik bilan so‘radi Ivan, — yonimdagi yuz o‘n sakkizinchi xonada hozir nima bo‘ldi?

— Yuz o‘n sakkizinchidami? — deb so‘radi Praskovya Fyodorovna va bezovta ko‘zlarini undan olib qocha boshladi, — hech nima bo‘lgani yo‘q. — Lekin ayolning ovozida dudmollik sezilib turardi, buni darhol sezgan Ivanushka dedi:

— Qo‘ying, Praskovya Fyodorovna! Siz axir to‘g‘riso‘z odamsiz-ku… Nima, meni to‘polon qiladi deb o‘ylayapsizmi? Yo‘q, Praskovya Fyodorovna, ko‘nglingiz to‘q bo‘lsin. Siz gapning rostini aytavering. Men, baribir devor orqali his qilyapman.

— Qo‘shningiz qazo qildi hozir, — deb pichirladi Praskovya Fyodorovna o‘zining hamgo‘yligi va oqko‘ngilligini tiyishga qurbi yetmay, aytishga aytdi-yu, yuragi taka-puka bo‘lib Ivanushkaga yalt etib qaradi, shunda Praskovya Fyodorovna yashin shu’lasidan bir zumga libos kiydi. Lekin Ivanushkaga hech narsa bo‘lmadi. U faqat barmog‘ini ma’nodor ko‘tarib shunday dedi:

— O‘zimam biluvdim! Sizni ishontirib aytamanki, Praskovya Fyodorovna, hozir shaharda yana bir inson olamdan o‘tdi. Men hatto uning kimligini ham bilaman, — shunday deb Ivanushka xufiyona jilmayib qo‘ydi, — u ayol kishi.

<p>O‘ttiz birinchi bob</p><p>CHUMCHUQTEPADA</p>

Momaqaldiroq dag‘dag‘asidan asar ham qolmadi, bu mahal butun Moskva uzra ulkan gumbazday ko‘tarilgan rang-barang kamalak Moskva daryosidan suv ichardi. Baland tepalikdagi ikki daraxtzor oralig‘ida uchta qora sharpa ko‘rindi. Egarlangan qora otlarga mingan Voland, Korovyov va Begemot daryo ortidan to ufqqacha yoyilib ketgan shaharga, uning g‘arbga qaragan uylaridagi ming-minglab derazalarda aks etayotgan kechki shu’lasiga va Qizlar monastirining jimjimador, muhtasham gumbaziga tikilib turardilar.

Havoda sharpa eshitildi, uzun qora rido kiygan Azazello, uning orqasidan izma-iz kelayotgan usta bilan Margarita uchovlari ularni kutib turgan uch suvori yaqinida yerga indilar.

— Sizni, Margarita Nikolaevna, sizni ham, usta, bir oz bezovta qilishimizga to‘g‘ri keldi, — deb gap boshladi Voland bir oz sukunatdan so‘ng, — illo mendan gina qilmassizlar degan umiddaman. Zero bu yerga kelganingizdan afsuslanmaysiz. Qani, bo‘lmasa, — deb u yolg‘iz ustaga murojaat qildi, — shahar bilan vidolashing. Jo‘nashimiz kerak, — shunday deb Voland og‘zi karnaysimon qora qo‘lqop kiygan qo‘li bilan daryo ortiga ishora qildi; u yerda kun bo‘yi oftob taftida cho‘g‘dek qizigan shahardan ko‘tarilgan tuman, tutun, bug‘ quyosh shu’lasidan yaraqlagan behisob derazalar uzra muallaq turib qolgan edi.

Перейти на страницу:

Похожие книги

Тихий Дон
Тихий Дон

Вниманию читателей предлагается одно из лучших произведений М.Шолохова — роман «Тихий Дон», повествующий о классовой борьбе в годы империалистической и гражданской войн на Дону, о трудном пути донского казачества в революцию.«...По языку сердечности, человечности, пластичности — произведение общерусское, национальное», которое останется явлением литературы во все времена.Словно сама жизнь говорит со страниц «Тихого Дона». Запахи степи, свежесть вольного ветра, зной и стужа, живая речь людей — все это сливается в раздольную, неповторимую мелодию, поражающую трагической красотой и подлинностью. Разве можно забыть мятущегося в поисках правды Григория Мелехова? Его мучительный путь в пламени гражданской войны, его пронзительную, неизбывную любовь к Аксинье, все изломы этой тяжелой и такой прекрасной судьбы? 

Михаил Александрович Шолохов

Советская классическая проза
Дом учителя
Дом учителя

Мирно и спокойно текла жизнь сестер Синельниковых, гостеприимных и приветливых хозяек районного Дома учителя, расположенного на окраине небольшого городка где-то на границе Московской и Смоленской областей. Но вот грянула война, подошла осень 1941 года. Враг рвется к столице нашей Родины — Москве, и городок становится местом ожесточенных осенне-зимних боев 1941–1942 годов.Герои книги — солдаты и командиры Красной Армии, учителя и школьники, партизаны — люди разных возрастов и профессий, сплотившиеся в едином патриотическом порыве. Большое место в романе занимает тема братства трудящихся разных стран в борьбе за будущее человечества.

Георгий Сергеевич Березко , Георгий Сергеевич Берёзко , Наталья Владимировна Нестерова , Наталья Нестерова

Проза / Проза о войне / Советская классическая проза / Современная русская и зарубежная проза / Военная проза / Легкая проза