Читаем Alkimyogar полностью

Alkimyogar

1982 yilda Coelho hech bir ta'sirga ega boʻlmagan oʻzining birinchi asari, «Hell Archives»'ni («Doʻzax arxivlari») yaratdi. 1985 yilda u keyinchalik «yomon sifati» uchun ommadan qaytarib olishga harakat qilgan «Practical Manual of Vampirism»'ga («Vampirizm boʻyicha amaliy qoʻllanma») hissa qoʻshdi. 1988 yilda Coelho Borges'ning «Ikki hayolparast ertagi»(«Tale of Two Dreamers»)ga asoslangan «Alchemist» asarini nashrdan chiqardi. Dastlabki sekin sur'atlardagi asar sotuvi nashriyotni asarni qaytarishiga olib keldi, lekin aynan ushbu asar Braziliyaning eng koʻp sotilgan asari boʻldi. U 11 milliondan ortiq nusxada sotilib, dunyoning 41 tiliga tarjima qilindi. Ushbu asar asosida Coelho asarlarini sevuvchi Laurens Fishburn kino yaratmoqda. Coelho 150dan ortiq mamlakatda 86 milliondan ortiq asarlari nusxasini sotib, uning asarlari 56 tilga tarjima qilingan. U turli xil adabiyot mukofotlariga, shu jumladan La Legion d'Honneur(Fransiya), Grinzane Cavour (Italiya) mukofotlariga sazovor boʻlgan.Yana Braziliya gazetasi Folha San Pauloda nashr etgan satrlari toplanmasi boʻlgan Maktub asari, «Sat down and wept», «The Valkyries» ni ham yozgan. Koel'o asarlarining Eronda mashhurligiga qaramay, uning 2005 yilda nashr etilgan «The Zahir» asari ta'qiqlanib, 1000ta nusxasi konfiskatsiya qilingan, lekin 1 hafta oʻtmay, ular yana kitob doʻkonlarida paydo boʻlgan. Uning asarlari bestsellerlar qatoridan nafaqat Braziliyada balki AQSh, Birlashgan Qirollik, Fransiya, Germaniya, Eron, Kanada, Italiya, Isroil, Finlandiya, Serbiya, Gretsiya,Ruminiya, Bolgariya, Rossiya, Polsha va Litvalarda ham oʻrin olgan. U har vaqtning eng koʻp sotilgan Portugal tilli muallif hisoblanadi. U yana Sovgʻa(The Gift/Henry Drummond) va Paygʻambarning Sevgi maktublari (Love letters of a Prophet/Kalil Gibran) ham moslashtirgan. Coelho 45 dan ortiq davlatda haftalilik sahifalar uchun yozadi. Ushbular qatorida Turkiyaning Aksam va Austrian Kurier'ning Freizeit'i ham oʻrin olgan.

Пауло Коэльо

Современная русская и зарубежная проза18+
<p>Paulo Coelho</p><p>ALKIMYOGAR</p>

J.ga bag’ishlanadi. — Buyuk Ijod sirini anglagan Alkimyogarga.

O’z yo’llarida davom etishdi. Iso bir qishloqqa kirdi. Bu yerda Marfa ismli ayol uni uyiga taklif qildi. Uning Maryam ismli bir singlisi bor edi. Maryam Isoning oyoqlari oldida o’tirib, uning so’zlarini tinglar edi. Marfa esa tayyorgarchilik ishlari bilan juda ovora edi. Nihoyat u Iso yoniga kelib:

— Hazrat! Singlim bir o’zimni xizmatda qoldirib qo’yganiga e’tibor bermayapsanmi? Unga aytgin, menga yordam bersin! — dedi. Iso unga shunday javob berdi:

— Marfa, Marfa, buncha urinib tashvishlanmasang! Zarur bo’lgan bittagina ish bor. Maryam esa o’zi uchun yaxshi ulushni tanladi va bu undan tortib olinmaydi.

Luka bayon etgan Muqaddas Xushxabar, 10:38-42

Insonning Yerdagi umri mobaynida amalga oshiradigan ishlari nimalardan iborat? O’z Taqdiri yo’lidan borib, ko’ngliga tukkan orzu-umidlarini amalga oshirishi uchun insonga eng zarur narsa nima?..

“Alkimyogar” romani mana shunday ko’lamli, mazmunan falsafiy, mohiyatan esa oddiy insoniy muammo haqida.

Asar muallifi — hozirgi zamonning mashhur yozuvchisi braziliyalik Paulo Coelho.

“Alkimyogar” Richard Baxning “Oqcharloq Jonatan” yoki “Sharpalar” asarlariga o’xshamaydi. Ekzyuperining “Kichik Shahzoda”siga ham o’xshash tomonlari juda kam. Biroq negadir “Alkimyogar”ni o’qiganda beixtiyor o’sha rivoyat-qissalar yodga tushadi. Zotan, bu asar aynan hozirgi zamon kitobxonlari uchun yozilgandek va “Alkimyogar”ning turli davlatlar arboblariyu, mashhur san’atkorlar hamda hozircha bir yuz o’n yetti mamlakatdagi millionlab adabiyot muxlislari tomonidan sevib o’qilishi shundan dalolatdir.

“Bizning sayyoramizda bir buyuk haqiqat barqaror: agar siz chindan nimanidir orzu qilsangiz, unga albatta erishasiz. Zotan, bu orzu Olam Qalbida ham tug’iladi va ayni shuning o’zi sizning Yerda mavjudligingiz tasdiqi, sizning taqdiringizdir”, deb yozadi P. Coelho.

Tarjimon

Ahmad OTABOY tarjimasi

Paulo KOELO

2000 yil, iyul

<p>MUQADDIMA</p>

Alkimyogar kitobni qo’liga oldi, uni sayyohlardan kimdir olib kelgan edi. Kitob muqovasiz edi, biroq u muallifning ism-sharifini topdi — Oskar Uayld — va uni varaqlab, tuyqusdan nigohi Nargis haqidagi rivoyatga tushdi.

Kun-uzzun anhor bo’yida o’z aksiga mahliyo bo’lib o’tiradigan sohibjamol bo’zbola haqidagi rivoyat Alkimyogarga ma’lum edi: Nargis shu qadar mahliyo bo’lib anhorga termilib qolgan ediki, oxir-oqibat suvga qulab, cho’kib ketdi, qirg’oqdan esa gul unib chiqdi, gulni uning nomi bilan atashdi.

Biroq Oskar Uayld bu rivoyatni boshqacha hikoya qilgan.

“Nargis halok bo’lgach, o’rmon nimfalari — driadalar sezdilarki, anhorning chuchuk suvi ko’z yoshdan sho’rlanibdi.

— Sen nega yig’layapsan? — so’rashdi driadalar.

— Men Nargisga aza tutayapman, — javob qildi anhor.

— Buning ajablanadigan joyi yo’q, — deyishdi driadalar. — Oqibat shu ekan, axir, u o’rmondan o’tganda biz doimo ortidan yugurar edik, yolg’iz sensan — uning husnu jamolini yaqindan ko’rgan.

— U sohibjamolmidi? — so’radi shunda anhor.

— Ha, bu haqda sendan o’zga kim ham bir so’z ayta olardi? — ajablanishdi o’rmon nimfalari: — Sening qirg’og’ingda o’tirib, sening suvlaringga termilib, azondan shom qorong’usigacha vaqt o’tkazgan emasmidi u?

Anhor uzoq sukut saqladi va nihoyat javob qildi:

— Men Nargisga aza tutayapman, biroq hech qachon uning go’zal ekanini payqamabman. Ko’z yoshlarimni oqizayotganim boisi, har safar u qirg’og’imga kelib, egilib suvlarimga termilib o’tirganida, ko’zlarining tubida mening go’zalligim yuz ko’rsatardi”.

“Naqadar g’aroyib rivoyat”, — o’yladi Alkimyogar.

<p>BIRINCHI QISM</p>

Bo’zbolaning ismi Santyago. U qo’ylarini tashlandiq holga kelgan yarim vayrona cherkovga haydab kirayotganda qosh qoraya boshlagandi. Cherkov gumbazi allaqachonlar o’pirilgan va xaroba holga kelgan, bir paytlar mehrob bo’lgan joydan kattakon tutanjir o’sib chiqqan.

Shu yerda tunashga qaror qildi Santyago, chirib sinib yotgan eshikdan qo’ylarini ichkariga haydab kiritdi-da, bo’lak-so’lak taxtalar bilan suruv chiqib ketolmaydigan qilib eshikni tambaladi. Okrugda bo’rilar yo’q edi, biroq ba’zan qo’ylar uloqib ketib qolar, biror-bir daydi qo’yni qidirib kun-uzzun ovora bo’lishga to’g’ri kelardi.

Перейти на страницу:

Похожие книги