Читаем Alkimyogar полностью

Ufq qirmizi tusga kirdi, so’ng quyosh botdi. Otasining gaplarini eslab kulimsiradi: u ko’plab qasrlarni va ko’plab go’zallarni ko’rishga ulgurdi, darvoqe, ular orasida tengi yo’q bir hurliqo bilan ikki kundan keyin tag’in uchrashadi. Uning bir otar qo’yi bor, egnida kamzuli bor, kitobi bor, kitobni xohlagan paytda boshqasiga almashtirsa bo’ladi. Muhimi — uning eng aziz orzusi amalga oshayotir: dashtu dala kezib, safar qilib yuribdi. Andalusiyaning qir-adirlari zeriktirsa, xohlagan paytda qo’ylarni sotib, dengizchi bo’lishi mumkin. Agar dengizda suzish joniga tegsa, bu paytga kelib u boshqa shaharlarni ko’rib, boshqa ayollar bilan tanishib oladi, baxtli bo’lishning boshqacha yo’llarini topadi.

“Bilmadim, diniy maktabda Tangrini qanday topardim”, — o’yladi Santyago ko’tarilib kelayotgan quyoshga qarab.

O’zining safarlarida u doim noma’lum yo’llardan yurishni ma’qul ko’rardi. Bu cherkovda hali biror marta tunashga to’g’ri kelmagan, garchi bu o’lkalarda tez-tez bo’lib tursa-da. Dunyo keng, cheku chegarasi yo’q va Santyago ozroq vaqt qo’ylarni o’z mayliga qo’yib bersa, albatta, qandaydir qiziq voqeaga duch kelardi. Faqat qo’ylar har kuni yangi yo’llarni topishayotganini, yaylovlar va yil fasllari o’zgarayotganini tushunmaydi: ularning miyasida faqat qorin to’yg’azish ehtiyoji bor, xolos.

“Ehtimol, biz ham shunaqadirmiz, — o’yladi cho’pon. — Axir, men o’zim ham movutchining qizi bilan tanishganimdan keyin xayolim biror marta ham boshqa ayollarga ketmadi-ku”.

U osmonga qaradi, chamaladi, peshinga qolmay Tarifda bo’ladi. U yerda kitobni boshqasiga, qalinrog’iga almashtirib olsa, suvdonini vinoga to’ldirib, soch-soqolini oldirsa, movutchining qizi bilan uchrashuvga shay bo’ladi. U boshqa bir cho’pon qizni ilib ketgan bo’lsa-chi, degan xayolga bormaslikka urindi.

“Hayot shunisi bilan qiziqki, tushlar rostga aylanadi”, — o’yladi Santyago osmonga ko’z tashlab qo’yib, qadamini tezlatarkan.

U Tarifda tushni ta’birlaydigan kampir yashashini esladi. Qani aytsin-chi, ikki marta ko’rgan bir tushning ta’biri qanaqa bo’larkan.

Kampir mehmonni orqa tarafdagi oshxonadan turli

rangdagi plastmassa munchoqlar shodasidan yasalgan parda bilan ajratilgan xonaga yo’lladi. Xonada stol va ikkita stul bor, devorda Masih yuragi tasviri tushirilgan surat ilingan.

Uy bekasi Santyagoni o’tirg’izdi, o’zi uning qarshisiga o’tirib, ikki qo’lidan ushladi va past ovozda duo o’qidi.

Aftidan, bu lo’lilar o’qiydigan duo edi. Cho’pon bolaga lo’lilar tez-tez uchrab turardi — ular ham, garchi qo’y boqishmasa-da, dunyo kezib yurishadi. Odamlar ularni yolg’on-yashiq aytib kun kechiradi, gunohga botib yashaydi, bolalarni o’g’irlab ketadi va bu bolalar keyinchalik ularning asiriga aylanib qoladi, deyishadi. Santyago go’dakligida lo’lilar o’g’irlab ketishidan o’lguday qo’rqardi, hozir lo’li kampir qo’llaridan ushlaganda vujudida o’sha qo’rquv uyg’ondi.

“Axir, bu yerda Muqaddas Masih yuragi bor-ku”, — o’yladi u xotirjam bo’lishga va titrog’ini bosishga urinib. Lo’li kampir buni sezib qolishini xohlamasdi. Sodiqligini ta’kidlamoqchi bo’lib ichida duo o’qidi.

— Juda qiziq, — kaftidagi chiziqlardan ko’zini uzmay

ming’irladi kampir va yana sukut saqlab turdi.

Bo’zbola battar bezovtalandi. Titroq endi qo’llariga ko’chdi va u qo’llarini shoshib tortib oldi.

— Men sening oldingga qo’llarimga qarab fol och deb kelganim yo’q, — dedi u lo’lining uyiga qadam bosganiga afsuslanib: yaxshisi, haqini to’lab, tezroq juftakni rostlasammikan. Shuyam gap bo’ldimi, allaqanday tushni ikki marta ko’rgan bo’lsa ko’ribdi-da.

— Bilaman. Sen ko’rgan tushingning ta’birini aytib berishimni so’rayapsan, — dedi lo’li. — Tushlar — bu Tangri biz bilan gaplashadigan til. Modomiki, bu dunyodagi bor tillardan biri ekan, bu tildan men tarjima qila olaman. Biroq Tangri senga qalbing tilida murojaat qilgan ekan, uning aytganlari faqat yolg’iz sengagina tushunarli bo’ladi. Shunisi ham borki, sen maslahat olish uchun kelgan ekansan, men sendan baribir pul olaman.

“Aftidan, ilindim”, — o’yladi Santyago, biroq chekinishning endi iloji yo’q. Jur’at cho’pon uchun — odatdagi hol: birida suruvga bo’ri oralaydi, birida qurg’oqchilik ro’y beradi. Jur’at uning hayotini qiziqarli qiladi.

— Men bir tushni ikki marta ko’rdim, — dedi u. — Tushimda yaylovda qo’ylarimni boqib yuribman, shu payt go’dak paydo bo’ldi, u qo’ylar bilan o’ynagisi keldi. Birovning qo’ylarimga yaqinlashishini yomon ko’raman, ular begonadan hurkadi. Faqat bolalarni qo’rqmay yaqiniga yo’latadi, nega undayligini bilmayman. Qo’ylar bolalarning yoshini qanday payqashini tushunmayman.

— Ko’rgan tushingni ayt, — kampir uning so’zini bo’ldi, — ana, qozonim olovda turibdi. Sening puling ko’p emas, mening vaqtim qimmat turadi.

— Bola hadeb qo’ylar bilan o’ynadi, — Santyago biroz iymanib davom etdi, — keyin tuyqusdan meni qo’lida ko’tardi-da, Misr ehromlariga eltib qo’ydi.

U biroz sekinlab, bu lo’li kampir ehrom nimaligini bilarmikan, degan shubhaga bordi.

Перейти на страницу:

Похожие книги