Читаем Jahongir полностью

Shtirnerga qilingan muvaffaqiyatsiz hujum tafsilotlarini bilish niyatida prokuror shaxsan Krans huzuriga — u o‘zinio‘zi «qamab qo‘ygan» kameraga bordy.

— Menga qarang, Krans, — deb gap boshladi prokuror, — siz hamisha hammaga o‘rnak ko‘rsataDigan xizmatchi, bo‘lgansiz. Ayting-chi, Shtirnernikida nima voqea ro‘y berdi, nima uchun siz o‘zingizni bu ahvolga solib, qamalib o‘tiribsiz?

Krans harbiychasiga qaddini g‘oz tutdi, unga har qancha o‘gitu pand-nasihat kor qiladigan emasdi.

— Jinoyatchiman, shuning uchun o‘tiribman-da. Lekin jinoyatim nimaligini aytib berolmayman. Ma’lumot berishdan bosh tortishga haqqim bor. Sudga berishingiz mumkin!

— Axir jinoyatingizni bilmasdan turib qanday qylib sudga beramiz?

— Mening nima ishim bor? Aniqlaxmaguninglarcha o‘tiraveraman. Krans «yo‘q» dedimi, demak, yo‘q. Gap tamom, vassalom. Lekin men mahbus sifatida turmarejimidan noroziman!

— Nima gap, Krans? — qiziqib qoldi prokuror.

— G‘irt bema’nilik! Tushlikka karam sho‘rva berishuvdi. Mundoq qoshiq solsam, ikki yuz grammcha go‘sht chiqdi, karam sho‘rvaning usti kil-kil yog‘. Agar turmada shunaqa ovqat beriladigan bo‘lsa hamma odam kallakesar bo‘lib ketmaydimi! O‘ta tartibsizlik bu! Janob prokuror, sizga qat’iyan arz qilaman: agar ovqatning sifatini pasaytirishmasa, men ochlik e’lon qilaman, bilib qo‘ying! Yo bo‘lmasa manavi misolni olib ko‘raylik: soqchilar kameraga idish kiritish o‘rniga mahbuslarni yo‘lakning narigi boshida joylashgan hojatxonaga kuzatib borishadi. Shu ham tartib bo‘ldimi? Ehtimol ular tuvak tashib yurishga erinishar, lekin men bundan foydalanib qochish payidan bo‘laman, keyin qochishga uringani uchun deb… haligiday… Turma ichidagi tartib-qoidalarga qat’iy rioya qilinishi uchun chora ko‘rilishini so‘rayman!

Prokuror hayratidan hangu mang bo‘lib qoldi.

To‘g‘ri, karam sho‘rvadan ikki yuz gramm go‘sht chiqqaniga va uning seryog‘ bo‘lganligiga u ajablanmadi. Chunki prokuror boshqa mahbuslar yuvindidan farq qilmaydigan ovqat yeyishlarini yaxshi bilardi. Lekin ovqatning sifatini pasaytirish haqidagi talab! Bunaqa talabni prokuror umri bino bo‘lib eshitmagandi.

«Bechora, — deb o‘ylardi u, — Shtirnerning oldiga bordi-yu, tamom aqldan ozdi-qoldi». Keyin iloji boricha yumshoqroq muoI mala qilishga urindi.

— O‘tinaman, Krans, eski ogayni sifatida bo‘lgan voqeani gapirib bering. Qancha yil birga ishlaganmiz, axir… Hech bo‘lmasa biron-bir ma’lumot bering!

— Ma’lumot bering deysizmi? Sizga-ya! Agar jinoyatchilarning o‘zlari hamma gapni gapirib beradigan bo‘lishsa bizga o‘xshagan izquvarlarning nima keragi bor? Siz bizni ishsiz qoldirmoqchimisiz? Yo‘-o‘q, men hamkasblarimga xiyonat qilmayman! Ular mening jinoyatimni fosh qilib, mukofot olishsin!

Prokuror Kransning kutilmagan bu mantig‘idan dovdirab qoldi, unga gap uqtirolmayotganidan xunobi oshdi.

Krans buni sezdi. Prokurorga rahmi kelganday bo‘ldi. Cho‘ntagini uzoq timirskilab, bir dona kumush chaqa chiqardi-da, xuddi gadoyga berganday prokurorga uzatdi.

— Sizga bundan ortiq narsa berolmayman!

Prokuror beixtiyor qo‘lini uzatib tangani oldi-yu, unga hay-ron bo‘lib tikilib qoldi.

— Ashyoviy dalillarga qo‘shib qo‘yasiz. Jinoyat yo‘li bilan topilgan pul…

Bu Shtirner Kransga «choy puli» qilasiz, deb bergan tanga edi.

Prokuror ashyoviy dalilni kaftida aylantirgancha indamay chiqib ketdy.

«Qanday ajoyib xodimdan mahrum bo‘ldik! — deb o‘ylardi u. — Hammasiga Shtirner aybdor. Nahotki uni bartaraf etolxmasak?»

Prokurorni sabrsizlik bilan kutib o‘tirgan komitet a’zolari undan Krans bilan bo‘lgan uchrashuv natijalarini so‘rashganda u faqat qo‘l siltadi-yu, o‘zini kresloga tashladi.

— Nima qilish kerak? Nahotki Shtirner chindan ham shunaqa qudratli bo‘lsa? — deb so‘radi ichki ishlar ministri.

Harbiy okrug boshlig‘i, «temir general» deb nom chiqazgan ingichka mo‘ylovli, qotma, lekin hali bardam chol shaxdam o‘rnidan turdi.

— Nima qilish kerak? — deb gap boshladi u o‘z yoshiga nisbatan nomunosib bir chinqiroq ovozda. — Nima qilish kerakligini men aytaman. Shtirnerga haqiqiy urush e’lon qilish kerak. Men qariyani kechirasiz-u, janob ministr, siz noharbiylarning asabingiz ancha bo‘shga o‘xshaydi. Jo‘natgan ikkita politsiyachingiz ishni rasvo qilib qaytganiga hatto porox hidini bilmaydigan allaqanday bir firibgarni «qudratli», «yengilmas» odam deb o‘tiribsizlar. Bilasizlarmi, nima qilish kerak?! — «temir general» endi go‘yo haqiqiy jang maydonida son-sanoqsiz lashkarga qo‘mondonlik qilayotganday bor ovozini qo‘yib qichqira boshladi. — Shaharda qamal holati e’lon qilish kerak. Elza Glyukning uyini qurshovga olib, keyin hujumga o‘tish lozim. Ha, albatta hujum qilish zarur! Har ehtimolga qarshi artilleriyani ham shay qilib qo‘ygan ma’qul. Mabodo piyodalar hujumi muvaffaqiyatsiz tugasa, — bunday bo‘lishi ehtimoldan uzoq, — binoni yakson qilish uchun artilleriya kerak bo‘ladi. Vahima qilib yurgandan ko‘ra mana shu ishni qilish kerak!

«Temir general» ning otashin nutqi o‘tirganlarni ancha dadillashtirib qo‘edi.

Перейти на страницу:

Похожие книги