Читаем Jahongir полностью

— Buni qisqacha shunday tushuntirish mumkin: uilagan har bir fikrimiz miya va nervlarning eng mayda zarralarida bir qator o‘zgarishlar yuz berishiga sabab bo‘ladi. Bu o‘zgarishlar elektr hodisasi bilan bir vaqtda ro‘y beradi. Miya va nerv hujayralari ishlab turgan paytda o‘zidan maxsus elektromagnit to‘lqinlarini chiqaradi, bu to‘lqinlar xuddi radio to‘lqinlar singari har tomonga baravar tarqalib turadi.

— Unday bo‘lsa, nima uchun biz shu paytgacha bir-birimiz bilan xayolan gaplasha olmaymiz?

— Chunki bu to‘lqinlarning quvvati oz, tabiati ham butunlai boshqacha. Birovning ko‘nglidan o‘tgan fikr ikkinchi bir kishining ongiga ta’sir qilishi uchun har ikkala odam miyasidagi elektromagnit to‘lqinlari bir-biriga mos kelishi kerak.

— Qisqasi, «priyomnik-miya» faqat «tarqatuvchi stansiya», ya’ni fikr uzatuvchi miya tarqatgan uzunlikdagi to‘lqinlarnigina qabul qila oladi, demoqchisiz-da?

— Ha, barakalla. Bunday hodisalar bir-biriga yaqin odamlar o‘rtasida ko‘p kuzatilgan. Lekin bu hodisalarni tekshirish va ayniqsa, ilmiy jihatdan asoslash imkoniyati bo‘lmagdni uchun shu paytgacha fan buni rad etib kelgan. Buning ustiga, bu sirli hodisadan har turli qallob va afsungarlar foydalanib, kishi tanasiga bog‘liq bo‘lmagan allaqanday «ruh» ning mavjudligini xalq orasida isbotlashga urinib kelganlar.

Kachinskiy bir oz tin olib, yana davom etdi:

— Xuddi mana shunaqa «sirli» hodisalardan biri meni fikrni uzoq masofaga uzatish muammosi bilan shug‘ullanishga undadi.

— Qiziq, qanaqa hodisa ekan u? — dedi Zauyer.

Gotlib betoqat bo‘lib o‘tirgan joyida bir qimirlab qo‘edi.

— Bu voqea Tiflisda bo‘lgan edi. Yaqin bir do‘stim terlama kasaliga chalinib yotib qoldi. Uni ko‘rgani tez-tez borib turardim. Bir kuni uning oldidan juda kech qaytdim, chiroqni o‘chirib o‘zimni karavotga tashladim. Shunda soat ikki edi. Soat zang urdi, ketidan xuddi birov nozik qadahning chetiga qoshiqcha bilan ikki-uch marta urganday bo‘ldi. «Mushuk!» — degan xayel o‘tdi ko‘nglimdan, irg‘ib turib chiroqni yoqdim. Ammo xonada na mushuk, na birorta shisha idish bor edi. Bu hodisaga e’tibor bermay, yana o‘rnimga yotdim.

Ertalab o‘rtog‘imning uyiga kirdimu vaziyatdan darrov hamma narsani angladim. Do‘stim o‘sha kecha jon bergan ekan. Uning jasadini karavotdan olishga yordamlashdim.

«Qachon uzildi?» — so‘radim men.

«Kechasi soat ikkida», — deb javob berdi onasi.

Karavot yonidan o‘ta turib, ustida har xil dorilar turgan tumbochkaga oyog‘im tegib ketdi. Kattakon yupqa stakan ichidagi soshiqcha uning chetiga urilib, tanish ovoz eshitildi.

«Qayerda eshituvdim bunaqa ovozni? — deb o‘ylay boshladim men. — Ha, kecha kechasi. Xuddi mana shu ovozni eshituvdim». Keyin onasidan do‘stimning qanday jon berganini so‘radim.

«Kechasi roppa-rosa ikkida og‘ziga qoshiqchada dori tutdim. Lekin u lablarini sal-pal qymirlatdi-yu, dorini icholmadi. Qoshiqchani stakanga tashlab, ustiga engashdim. U olamdan o‘tgan ekan».

Bu voqea meni qattiq o‘ylantirib qo‘edi. Albatta, bunda biror g‘ayritabiiy narsa borligiga ishonmasdim. Lekin shunday bo‘lsa ham bu hodisayi qanday izohlash mumkin? U paytlarda bir maktabda radio kursidan leksiya o‘qirdim. O‘zim, xabaringiz bo‘lsa kerak, injener-elektrikman. O‘shanda daf’atan, stakan ovozining eshitilishi xuddi radio to‘lqinlaryga o‘xshagan elektr bilan bog‘liqmasmikin, degan fikr keldi xayolimga. Jon berayotgan do‘stimning miyasi elektr to‘lqinlari tarqatgan bo‘lsa, mening miyam qabul qilib olgandir? Keyinroq, Moskvaga kelganimdan keyin miya va nerv faoliyatini o‘rganish bilan shug‘ullana boshladim. Ajablanarli joyi shundaki, nerv sistemasi bilan miyaning tuzilishi ko‘p jihatdan radiostansiya konstruksiyasiga o‘xshab ketar ekan. Miya hujayralari ham mikrofon, ham detektor, ham telefon vazifasini o‘taydi. Nozik nerv tolalarining bir uchi g‘altaksimon bo‘lib buralib ketgan, xuddi simdan yasalgan spiralga o‘xshaydi — mana sizga solenoid, mana sizga o‘zinduksiya. Qizig‘i shundaki, hatto o‘zim bilan birga ishlaydigan professor-fiziolog ham mana shu spiralning xizmatini tuzuk-quruq tushuntirib berolmadi. Elektrotexnika nuqtai nazaridan esa buning hech qanday bosh qotiradigan joyi yo‘q. Tabiat, aftidan, bu g‘altakni elektr tokini kuchaytirish uchun yaratgan bo‘lsa kerak. Bizning badanimizda hatto Raund lampalari ham bor, bular yurakning kolbachalari. Yurakning energiya manbai akkumulyator batareyalariga, ustki asab tomyrlari esa — radiopriyomnikning yerga ulanadigan simiga o‘xshaydi. Inson tanasining tuzilishini elektrotexnika nuqtai nazaridan o‘rganib, shunday xulosaga keldimi, bizning tanamiz elektromagnit tebranishlarini tarqatadigan va qabul qila oladigan murakkab elektr apparati — butun bir radiostansiyaning aynan o‘zi ekan. Mana, chizmaga bir nazar tashlanglar.

Перейти на страницу:

Похожие книги