Читаем Jahongir полностью

— Modomiki shunday ekaN, modomiki, Shtirner muvaffaqiyatining siri shunda ekan, unga qarshi faqat o‘ziga munosib qurol bilan kurashish mumkin. Bunday qurolni kim beradi bizga?

Ular jim bo‘lib qolishdi. Zauyer nimalarnidir o‘ylardi.

— Gapingiz to‘g‘ri, — dedi u. Faqat munosib qurol bilan kurashish mumkin. Miyamga hozir bir o‘y keldi. Nahotki, fikrni uzoq masofaga uzatish problemasi bilan dunyoda faqat Shtirnerning yolg‘iz o‘zi sh-ug‘ullanayotgan bo‘lsa?! Olimlar orasidan qidirib ko‘rish kerak…

— Qidirib ko‘rdik, — dedi Gotlib, — shu sohada ishlayotgan olimlarga murojaat qildik. Lekin ular juda oz ekan. Bir italyan olimidan so‘rab-surishtirgan edik, Shtirner qilayotgan ishga hozirgi zamon fanining tishi o‘tmaydi. Ye Shtirner shu sohaning juda ilgarilab ketgan dahosi, yo bo‘lmasa, bu yerda boshqa sir bor, deb javob berdi.

— Italiyalikdan boshqalar ham bor-ku…

— Yana bir olimning tajribalari haqida o‘qidim. To‘g‘ri, uning hatto professorlik unvoni ham yo‘q ekan…

— Shuning uchun unga e’tibor bermadingizmi? — dedi kinoya bilan Zauyer.

— Ha, buni bo‘ynimga olaman…

— Shtirner-chi? U ham bizni professorlik unvoni bilan o‘ynatyaptimi? Usha olimni albatta topish kerak! Birorta imkoniyatni ham qo‘ldan boy berib bo‘lmaydi.

Zauyer bir oz o‘ylanib, yana davom etdi:

— Hatto biror daqiqani ham. Gap bunday: siz bilan birga boraman, o‘sha olimni qidirib topib, gaplarini eshitamiz. Yana bir narsa. Shtirner Mentonadagi villada yashagan edi, u shu yerda, uzoq emas. O‘sha villaga ham bir kirib o‘tish kerak. Balki ishimizga yordam beradigan biron-bir belgi topilib qolar.

Zauyer tezda yo‘lga otlandi.

— Emma, — dedi u xotiniga, — men ketyapman.

— Ko‘pgami? — tashvishlanib so‘radi Emma.

— Bilmadim, harholda tez qaytmasam kerak. — U xotini bilan sovuqqina xayrlangdi-da, Gotlib hamrohligida chiqib ketdi.

Emma Zauyer ketganiga yig‘lashini ham, bolani qoldirgani uchun quvonishini ham bilmasdi.

Shtirnerdan ishonch qog‘ozi bo‘lgani uchun Zauyer Elza Glyuk villasiga hech qanday to‘sqinliksiz kirib, butun binoni ko‘zdan kechirib chiqdi.

Bo‘m-bo‘sh xonalardan birida bir bo‘lak metall qotishmasi gopildi. Polda spiral va chinnidan yasalgan izolyator parchalari, har turli qisqichlar sochilib yotardi.

— Boplabdi! — dedi Gotlib eritilgan qotishmani ko‘zdan kechira turib. — Shtirner sirni bekitishni biladi. Bu yerda qandaydir apparat turganligi aniq. Ammo polga bitta uchqun ham tushirmasdan shuncha metallni qanday qilib eritdiykin?

— Bu yerda qiladigan ishimiz qolmadi, Gotlib. Bunga bas keladigan qurolni qidirishimiz kerak. Usha diplomsiz olimingiz qayerda o‘zi?

— Moskvada.

XI. MOSKVALIK IXTIROCHI

Oradan bir oy o‘tgach, Zauyer bilan Gotlib Zafar darvozasidan uncha uzoq bo‘lmagan TverskayA-Yamskaya ko‘chasidagi uyga kelishdi. Olti qavatli binolar asfalt yotqizilgan maydoncha atrofini gir o‘rab olgan edi. O‘ynab yurgan bolalarning qiy-chuvi baland devorlarga urilib jaranglab eshitilardi.

— Shu yerda bo‘lishi kerak, — dedi Gotlib kvartiralarning yo‘lkadagi eshikka qoqib qo‘yilgai nomerlarini ko‘zdan kechirib. — Yuring, Zauyer. Hozircha hammasi joyida.

— Ha, jin ursin, qachon tamom bo‘ladi bu zinapoya? Qiziq, liftsiz qanday yashar ekan bu odamlar? — derdi Zauyer hansirab. — Nechanchi kvartira edi?

— Yigirma to‘qqizinchi.

— Manavi yigirma beshinchi. Demak, eng tepasida ekan.

— Hechqisi yo‘q, sizga yurish foydali, judayam semirib ketibsiz, Zauyer, — dedi Gotlib qo‘ngiroq tugmachasini boyeib.

Kachinskiyning uyiga kirib, Zauyerning hafsalasi pir bo‘ldi. Na xonadagi jihozlar, na ixtirochining o‘zi Bauyer tasavvur qilganidek edi.

U odatda ixtirochilarning uyida bo‘ladigan tartibsizlikni, har turli mashina va apparatlar qalashib yotgan kabinetni ko‘raman, deb o‘ylagan edi.

Kachinskiyning xonasi zamonaviy Faustning laboratoriyasiga sirayam o‘xshamasdi.

Bu derazasi kattakon chog‘roqqina xona edi. Deraza yonida ustiga yozuv mashinkasi qo‘yilgan stol. Bu yozuv stoliga taqashtirib qo‘yilgan kichkina stol ustida ham yana bitta mashinka. Mashinkalarning biri ruscha, ikkinchisi lotincha harfda yozadi. Stol tepasiga, devorga Fletner sistemasi bo‘yicha ishlaydigan shamol dvigatelining kichkina chizmasi osib qo‘yilgan. Bularga qarab turib, uy egasining nima ish bilan shug‘ullanishini ham bilib bo‘lmasdi.

Keng turk divann ustiga Gryoz kartinasidan durustgina ko‘chirilgan nusxa osib qo‘yilgan. Unda Gryozga xos uslubda, ya’ni ko‘zlari soddamug‘ambir qilib ishlangan qiz surati aks ettirilgan. tt Suratga qarab turib, Zauyerning peshonasi tirishdi. Chunki Emma esiga tushib ketgan edi. Emmani birdan sevib qolgan paytlarida uni mana shunaqa qizlarga o‘xshatib yurardi.

Bu surat yonida manzara tasvirlangan yana ikkita kartina osig‘liq turibdi. Alohida stolchaga Klodtning Leningradda, Anichkiy ko‘prigidagi mashhur otlar uyuri haykalining cho‘yandan ishlangan jajji nusxasi qo‘yilgan.

Kichkina bufet, ko‘zguli shkaf, xonanyng o‘rtasida ustiga oppoq dasturxon yopilgan stol va suyanchig‘i baland, charm qoplangan bir necha stul — xonadagi jihozlar mana shulardan iborat edi.

Перейти на страницу:

Похожие книги