Читаем Jahongir полностью

— Kiyimlaringiz sal g‘alatiroq, — dedi kulib Kachinskiy, — lekin modaga kirib ketsa, judayam quling o‘rgilsin bo‘ladi. Kelajakda kostyumlarimizning astarini matoga o‘xshagan yupqa metalldan tika boshlaymiz. Xotinlar yuzlariga to‘r tutishgan-ku! Bizning to‘rlarimiz ham shohiday nafis va yengil bo‘ladi.

— Snaryad uchirildi, — dedi Kachinskiy. — Shtirnerga uydan chiqib, bizning oldimizga kelish haqida buyruq jo‘natdim.

— Snaryad nishonga tekkan-tegmaganligini qayoqdan bilamiz? — deb so‘radi Gotlib.

— Menimcha, bu yoqqa kelmagan taqdirda ham o‘zidan darach bersa kerak, — dedi Kachinskiy. — Gap shundaki, biz o‘zimiznix «qabul qiluvchi» miyamizdan tashqari mexanik ravishda qabul qiluvchi radiostansiyaga ham egamiz. Unda boshqa stansiya tarqatgan fikrlarni avtomatik tarzda yozib oluvchi apparat bor.

Darhaqiqat, Shtirner o‘zidan darak berdi, lekin bunaqangi «darak» ni hujum qiluvchi tomon sirayam kutmagan edi.

Kachinskiy himoya kostyumisiz yangi «fikr-snaryad» ni jo‘natayotgan paytda birdan mashina kuzoviga ag‘darilib tushdi, o‘rnidan turmoqchi bo‘lgan edi, turolmadi, o‘tirishga urinib ko‘ruvdi, yana bo‘lmadi — na boshini, na gavdasini idora qilib bo‘lardi.

Zauyer bilan Gotlib Kachinskiyning oldiga chopib kelishdi.

— Yaralandingizmi? Nima bo‘ldi o‘zi? — deb so‘rashardi ular xavotirlanib. — Qayeringiz ogriyapti?

— Hech qayerim ogriyotgani yo‘q, soppa-sogman, — deb javob berdi Kachinskiy va yana o‘tirishga urinib ko‘rdi, yana gursillab yiqildi, — jin ursin, muvozanatimni butunlay yo‘qotib qo‘ydim.

Zauyer, Gotlib va shofyor gangib qolishdi. Gotlib aks ta’sirdan, miyaning muvozanatni boshqaruvchi markazini zararlantirganga o‘xshaydi. U o‘z ishida ancha ilgarilab ketibdi! Muvozakat tuyg‘usi — juda murakkab va kam o‘rganilgan muammolardan biri. Professor Bexterev…

«Ixtirochilar ham qiziq xalq bo‘ladi-da, — deb ko‘nglidan o‘tkazdi Zauyer. — O‘zi chuvalchangday yerda cho‘zilib yotibdi-yu, tag‘in refleksologiya haqida gapiradi-ya!..»

— Ataylab shunday qilyapti, — deb gapida davom etdi Kachinskiy, o‘z raqibiga qanday xatarli dushman bilan olishayotgani-. ni ko‘rsatib qo‘yish uchun shunday qilyapti. Muvozanat tuygusi…

— Ehtimol shundaydir, janob Kachinskiy, lekin hozir biz sizning sog‘ligingiz haqida o‘ylashimiz kerak. Menimcha, — dedi Gotlib Zauyerga murojaat qilib, — bu galcha chekinishimiz hamda birinchi yaradorimizga tibbiy yordam ko‘rsatish uchun uni jang maydonidan olib chiqib ketishimizga to‘g‘ri keladi.

Uzoqdan turib olishuvni davom ettirish niyatidan qaytmagan Kachinskiyning qarshiligiga qaramay, Zauyer bilan Gotlib chekinishga qaror qilishdi.

— Yedingizda bo‘lsin, siz millionlab odamning taqdiriga javobgar kishisiz. Shtirner sizni o‘ldirib qo‘ysa yoki jinnipinni qilib qo‘ysa, unda nima bo‘ladi?

— Mayli, ketdik… — bazo‘r rozi bo‘ldi Kachinskiy.

— Ha, Shtirner — xavfli dushman, — deb davom etdi Kachinskiy yo‘lda keta turib. — Uning quroli biznikidan zo‘r. Tarqatish quvvati ham kuchli. Aftidan, u yo‘naltirilgan to‘lqindan foydalansa kerak. Biz ham ana shunaqa to‘lqindan foydalanishga urinib ko‘ramiz!..

— Muvozanatsiz qanday qilib yashaysiz, yaxshisi, shundan gapiring.

— Buning ham yo‘li topilib qolar! — dedi Kachinskiy.

Gotlib ishonmaganday bosh chayqab qo‘edi.

Kachirskiy mutlaqo nochor ahvolda edi. Tanasining boshqa a’zolari soppa-sog‘ bo‘lsa ham oyoq-qo‘li ishlamasdi — shol bo‘lib qolgan edi.

— Bir qarang-chi, Zauyer, apparat lentasida biror yozuv bormikin?

Zauyer lentaga qaradi. Unga egri-bugri chiziqlar tushib qolgan edi.

— Bir nimalar borga o‘xshaydi, lekin men tushunmayapman…

— Tez kunda mana shunaqa belgilarni harfga aylantirib beradigan asbob yasayman. — Kachinskiy simto‘r ostidan qo‘lini chiqarishga behuda urinib ko‘rdi. — Lentani ko‘zimga yaqinroq opkeling-chi, Zauyer! Xo‘sh… Hm… u meni qo‘rqitmoqChi! Mana, u yuborgan fikrning mazmuni:

«Siz yutqazdingiz, chunki yakkayu yagona imkoniyatni ham boy berdingiz: meni g‘aflatda qoldirolmadingiz. Shtirner».

— Ko‘ramiz hali kim yutqazishini! — deb qichqirdi Kachinskiy va jazava ichida boshini ko‘tardi, ammo yana shilq etib yotib qoldi. — O, iblis! Meni bu bilan qo‘rqitolmaysiz, janob Shtirner!

Kasalxonaga yetib kelishdi. Kachinskiyni qo‘lda ko‘tarib kirishdi. Xonaning devorlariga simto‘r tutib tashlashdi.

Vrachlar Kachinskiyning kasaliga sirayam tushunisholmadi, shundan keyin uning o‘zi hammasini gapirib berdi.

— Afsuski, meditsina sizga yordam berolmaydi, — dedi vrach qo‘llarini ikki tomonga yozib.

— Shunaqaligini bilardim, — deb javob berdi Kachinskiy, — Yangicha meditsina yaratishga yoki gomeopatiyaga murojaat qilishga to‘g‘ri keladi.

Vrach darhol e’tiroz bildirdi.

— Gomeopatiya — g‘irt firibgaolikning o‘zi-ku!

— Hammavaqt ham emas, — kulib javob berdi Kachinskiy, — Gomeopatiya — bir kasallikni uning o‘zi bilan davolash degan so‘z. Xalqda ham zaharni zahar kesadi, degan gap bor-ku.

Kachinskiyning fikrini birinchi bo‘lib Zauyer tushundi.

— Davolash uchun o‘zingizning fikr tarqatuvchi apparatingizni qo‘llamoqchimisiz?

Перейти на страницу:

Похожие книги