Читаем Jahongir полностью

— Albatta-da. «Mashina-miya» ga, miyamning muvozanatni boshqaruvchi qismi o‘z faoliyatini tiklashi kerak, degan fikrni aytaman, keyin o‘zim bu fikrni qabul qilib olaman. Shtirner uzoqdan turib harakat qilgan bo‘lsa, men tarqatuvchi manbaning yenginasida turib, o‘zimni aks ta’sirga tutaman, shuning uchun muvozanatimni tiklashga muvaffaq bo‘lsam kerak… Bir tajriba qilib ko‘ramiz!

Vrachlar bu tajribani ishonqiramasdan kuzatib to‘rishdi. Lekin Kachinskiy kutilmaganda o‘rnidan shartta turib, qo‘llarini silkita boshlaganda hamma qarsak chalib yubordi.

— Mo‘’jiza-ku, bu! — deb xitob qildi yoshgina bir vrach.

— Agar Kachinskiy o‘zini kasallikka solmagan bo‘lsa, — deb to‘ngillab qo‘edi qariroq bir vrach…

Shu tariqa meditsinaning yangi bir sohasiga asos solindiki, keyinchalik bu yangilik asab kasalliklarini davolashdan tortib, narkoz ishlatmasdan ogriqsiz operatsiya qilishgacha meditsinaning turli sohalarida keng qo‘llanila boshlandi.

— Ayting-chi, — dedi Zauyer Kachinskiyga, ikkovlari xoli qolishganda, — nima uchun Shtirnerning «zarba» si faqat sizga ta’sir qildi? Modomiki, Shtirner siz yuborgan fikr to‘lqinining yo‘nalishini aniq bilgan ekan, uning javob to‘lqini yo‘lyo‘lakay to‘r yopinmagan boshqa odamlarga ham ta’sir qilishi kerak edi-ku. Nima uchun bunday bo‘lmadi?

Kachinskiy o‘ylanib qoldi.

— Buni tushunish qiyin emas. Shtirner men yo‘llagan fikrni qabul qilib olib, to‘lqinning uzunligi, chastotasi, xullas, mening radiostansiyam, ya’ni miyamning o‘ziga xos barcha xususiyatlarini shu zahotiyoq analiz qilib chiqqan bo‘lsa kerak. Har bir miya tarqatgan elektr to‘lqinlari boshqalarnikidan nimasi bilandir farq qiladi. Shtirner mening miyamga xos xususiyatlarni aniqlab olgandan keyin xuddi o‘sha uzunlikdagi va o‘sha chastotadagi to‘lqin orqali javob «o‘q» ini otgan. Shuning uchun ham faqat men zararlanganman. Lekin u, ta’bir joiz bo‘lsa, «buyurtma» daaklida ham fikr yo‘llashi mumkin.

— Ya’ni?

— Ya’ni, u mana shunday mazmunda fikr tarqatishi mumkin: «Menga qarshi fikr yo‘llagan odamning harakat organyaari zararlanishi kerak». Fikr yo‘llagan odam menman, demak, mening oyoqqo‘lim…

— Nahotki shunaqa ham ta’sir qilib bo‘lsa? Gipnoz tarixida shunaqa hodisa ham bo‘lganmi sira?

— Eslayolmayman, lekin bunaqa bo‘lishi mumkin emas, deyishga ham hech qanaqa asos yo‘q. Harholda birinchi taxminim o‘zimga ko‘proq mantiqliroq bo‘lib ko‘rinadi. Endi bu gaplarni bas qilib, ishga o‘taylik! — dedi Kachinskiy dadillik bilan. — Bu gal boshqacharoq harakat qilamiz. Shtirnerning atrofini halqadek qurshab oli, har tarafdan unga «o‘q» uzamiz. Albatta, u yo‘naltirilgan nur orqali bizning zarbalarimizni qaytarishi mumkin. Lekin butun halqani aylanib chiqquncha har fir «to‘p» imiz bittadan fikr snaryadini otishga ulguradi.

— Uyidagi xizmatkorlarni ham nishonga olsak qanday bo‘larkin? Agar ularni uydan chiqib ketishga majbur qilsak, Shtirnerga ovqat opkiradigan odam ham qolmaydi, keyin u ochlik azobiga chidamasdan taslim bo‘ladi, — dedi Gotlib.

— Juda soz! Bunaqa yo‘lini ham qilib ko‘ramiz, — rozi bo‘ldi Kachinskiy.

Zudlik bilan fikr tarqatuvchi radiomashinalar yasaldi. Hamma narsa tayyor bo‘lgach, «bosh qo‘mondon» o‘ttizta radiomashina bilan shahar tashqarisiga yo‘l oldi, bu «to‘p» lar ma’lum masofa oralig‘ida shaharning hamma tomoniga joylashtirib chiqildi.

Kachinskiy Shtirnerga ultimatum jo‘natdi:

Перейти на страницу:

Похожие книги