Читаем Jahongir полностью

— Ha, — deb javob berdi Shtirner. — Miya tarqatadigan ktromagnit to‘lqinlarini aniqlash uchun shu qafasda tajriar o‘tkazganman.

— Qiziq! — dedi Kachinskiy. — Ikkalamiz ham bir yo‘ldan 1an ekanmiz.

— Lekin yo‘limiz keyin bo‘linib ketgan. Qani, shtabingizga;ruq bering-chi.

Kachinskiy apparat oldiga turib olib, buyruq yo‘lladi. Shtirshu zahotiyoq avtomatik yozuv orqali buyruqning to‘gri-noto‘g(igini tekshirib ko‘rdi.

To‘rt sekunddan so‘ng o‘sha lentaga javob so‘zlari yozildi:

«Haqiqatan ham Kachinskiy gapirayotganini isbot qiling», — an edi Zauyer.

Kachinskiy oralarida bo‘lib o‘tgan so‘nggi gap-so‘zlar, shu…gdek, Moskvadagi suhbat mazmuniga ishora qilib, yana to‘lqin rdi. Aftidan, Zauyer qanoat hosil qildi shekilli, quyidaga javob olindi:

«Ertalab soat to‘qqizga qadar hech qanday to‘lqin tarqatiladi.

Zauyer».

— Mana bu boshqa gap, — dedi Shtirner. — Endi sizni kabinaga qamab olib, hamma chizmalarimni ko‘rsataman. G‘aroyib kecha bo‘ladi bu tun! — Shtirner kabinetni ichkaridan qulflab, kalitni cho‘ntagina soldi. — Mana bu yerga, stol yoniga o‘tiring. Men o‘z xonamdan ba’zi bir xabarlarni jo‘natishim kerak.

— O‘ylaymanki, yarash bitimidan o‘zimizga qar1Ni foydalanmasangiz kerak.

— Xotirjam bo‘ling. Shaxsiy, to‘grirogi, oilaviy mazmundagi gap. — Shtirner bir jilmayib, o‘z xonasiga kirib ketdi.

Qayerdadir, pastda motor guvulladi. Chorak soatlardan so‘ng Shtirner xonasidan chiqib keldi.

— Mana men keldim! — Shunday deb, u shkafdan bir talay qogozlarni olib stol ustiga tashladi. — Zerikkuningizcha ko‘ring. Bu yerda hatto uyning planigacha bor. Ko‘ryapsizmi, hech narsani yashirayotganim yo‘q. Baquvvat dinamomashinalarni yerto‘laga joylashtirganman.

Shtirner jim bo‘lib qoldi, xonada u yoqdan-bu yoqqa yura boshladi, keyin o‘girilib Kachinskiydan so‘radi:

— Mening bu ishimdan ajablanmayapsizmi? Sizni o‘ldirish o‘rniga butun harbiy sirlarim — manavi chizmalarimdan voqif qilib o‘tiribman.

— Yo‘q, ajablanayotganim yo‘q. Mabodo, meni o‘ldirmagan va o‘z planlaringiz bilan tanishtirayotgan ekansiz, bu masalada o‘z mulohazalaringiz bor. Shuning uchun bu «olijanob» harakatingiz uchun hayratimni ham, minnatdorchiligimni ham bildirishga shoshilmayapman.

— Siz haqsiz. Olijanobligim tufayli bunday qilayotganim yo‘q… — Shtirner indamay qoldi. Go‘yo u Kachinskiyga bor gapni ochiq-oydin aytishga ikkilanayotganday edi. Keyin zo‘r-bazo‘r gapirayotganday bo‘ldi: — Men jangda yutqazdim.

— Ha, albatta, — dedi Kachinskiy, — siz yutqazdingiz. Siringiz fosh bo‘lgan kundan boshlab, — bu sirni endi mendan boshqa odamlar ham biladi, — sizning hukmronligingiz tugadi. Hokimiyatingiz parchalanib ketdi, shunday bo‘lgandan keyin…

— Yelgon! — deb qichqirib yubordi Shtirner. — Hali hamma kuchlarimni ishga solganim yo‘q. O‘z apparatlarimni mukammallashtirish borasida sizdan judayam o‘zib ketganman. Siz ko‘rmagan ixtirolarim bor. Millionlab odamlarning fikr to‘dqinlarini to‘plovchi akkumulyatsiya, mislsiz kuchaytirgichlar… Agar bularning barini ishga solsam hammalaringizni yanchib-ezib tashlagan bo‘lardim, sizlarning chivinning gingillashiga o‘hshash to‘lqinlaringizni yamlamay yutib yuborardim. Stansiyamning quvvatini bilasizmi? Ellik ming kilovatt-a! Xo‘sh, buning oldida sizning o‘yinchoqqa o‘xshagan asboblaringiz ip esholarmikin?…

— Baribir siz yengildingiz!

— To‘gri, lekin siz o‘ylaganchalik texnika bobida emas.

— Nimada bo‘lmasa?

— Men o‘zim ko‘tarolmaydigan yukni yelkamga olib qo‘ydim. Men boshlagan ish bema’nilikdan boshqa narsa emas edi. Men xohlaganchalik dunyoga hokim bo‘lish uchun inson mashina tarqatgan to‘lqinning aynan o‘zi bo‘lishi kerak. Men esa faqat odamman.

Charchadim. Irodam ham, asablarim ham tugadi. Yengilishim sabablaridan biri mana shu. Endi menga baribir! Hammasi tamom bo‘ldi! Manavi chizmalarni o-gyib, xohlaganingizcha foydalaning, ulardan hamma bahramand bo‘lsin.

Shtirner soatiga qarab seskanib ketdi.

— Ammo shartimizga qat’iy rioya qiling. Bu men uchun judayam zarur. Har ehtimolga qarshi — mendan xafa bo‘lmang — ustingizdan kulflab qo‘yaman, undan tashqari, manavi soqchilarni qoldiraman. — Shtirner yo‘lbars tusidagi uchta ulkan itga ishora qildi. — Bular buyruqni bajarishga o‘rganishgan. Bilib qo‘ying, mening xonamga kirmoqchi bo‘lsangiz yoki qochishga urinsangiz, itlar sizni burdalab tashlaydi. — Shtirner shunday deb, kabinetdan chiqdi-da, ustidan qulflab qo‘edi.

Перейти на страницу:

Похожие книги