Kachinskiy semiz papkani ochdi. Unda har xil matematiq hisoblar va formulalar yozilgan qog‘ozlar, planlar, chizma va sxemalar bor edi. Oddyy odam tushunmaydigan mana shu baryaa shartli belgilar Kachynskiy uchun butun bir olam edi. Raqam va formulalar bir zumda fikrga, fikrlar esa obrazlarga aylandi. Qator saf tortgan raqam va harflar bularni yozgan odamning kuchli iqtidoridan dalolat berib turardi. Kachinskiy qog‘ozlarga ko‘z yugurtirarkan, g‘oyalarning originalligi, fikrlarning teranligi, rejalarning dadilligidan, xuddi shaxmat muxlisi grossmeyster o‘yiniga qoyil qolganday, hayratda qolardi. U tez orada hamma narsani unutib, chizmalar ichiga sho‘ng‘ib ketdi.
Qogozlar orayeidan qalin bir daftar chiqib qoldi. Bu Shtirner tutgan kundalik edi. Unga muddati ko‘rsatilmay, qisqaqisqa xotiralar yozilgandi. Ayrim uzuq-yuluq fikrlar, sxemalarning xomaki nusxalari, kitoblardan ko‘chirmalar, hatto ijara haqi bilan bog‘liq hisob-kitoblar ham qayd etilgandi. Kachinskiy bir necha sahifani ko‘zdan kechirib chiqdi.
— Men o‘ylagandan ko‘ra qiziqroq narsa ekan bu, — deb pichirladi u va kundalikni betma-bet o‘qishga kirishdi…
«Yangi yil. U menga nima hadya qilarkin? Gerening uyiga bordim. Professorning ta’bi xira. Shimpanze Frits kasal bo‘lib qolibdi va Gerening qo‘lini yaralyabdi (tishlab olibdi).
«Daraxtdagi kapalak qurti» ni o‘qib chiqdim. Agar bir qurtning g‘ashiga tegilsa, u g‘ujanak bo‘lib oladi, buni ko‘rib, yonidagilari ham shunday qilarkan. Nega bunday?
Frits ancha tuzalib qoldi. Gerening yarasi ham bitib ketdi. Chol qoni zaharlanishidan qo‘rqqan shekilli. Kapalak qurtlari haqida so‘radim. Tuzuk-quruq bir narsa demadi. Shartli refleks, emish. Xuddi bir chaqaloqning yig‘isini eshitib, boshqa chaqaloqlar ham yig‘laganiday gap, deydi. Lekin hamma gap shundaki, agarda kitobda yozilganiga ishoniladigan bo‘lsa, barmoq tegizilganidan keyin g‘ujanak bo‘lib olgn qurtni ko‘rmasa ham boshqalari shunaqa qilaverarmish.
Kir yuvadigan xotin kafangado qildi: har bitta kir uchun uch markayu yigirma besh pfenningdan oldi! Arzonroqqa yuvadigan odam togxish kerak. Kitobga pul yetmadi.
Xo‘jayin ijara haqini talab qilyapti. Uydan ko‘chirvormoqchi. Yana tarjimaga kirishmasam bo‘lmaydiganga o‘xshaydi.
Kuchukni muzika chalib turib ovqatlantirdik. Men fleyta chaldim. Shartli refleksni kuchaytirdim. Ishdan keyin profes(or Gere odati bo‘yicha sayr qilardi, meni ham o‘zi bilan birga boshladi. Yo‘l-yo‘lakay menga galati narsalarni gapirib berdi. Uning aytishicha, agar bir juft erkak va urgochi hasharotni bir-biridan ajratilsa, masalan, urg‘ochisyni kichkina qafasga qamab, erkagini shahar tashqarisiga olib chiqib qo‘yib yuborilsa, u baribir urg‘ochi hasharotning oldiga qaytib kelarmish. Ular yo‘lni qanday topadi? Professor Gere, buning sirayam ajablanadigan joyi yo‘q, hasharotlarda ko‘rish xotirasi kuchli bo‘ladi, deydi. Ko‘pgina hasharotlar (masalan, asalarilar) shunaqa emish. Menimcha, bu to‘g‘ri emas. Qo‘limga hasharot tushishi bilan tajriba qilib ko‘raman, erkagini shahar tashqarisiga hammayog‘i berk qutichada olib chiqaman.
Gere, kuchuk miyasining yarim pallasini olib tashladi. Operatsiya, nazarimda, muvaffaqiyatli chiqmadi. Sho‘rlik kuchuk! Avvalgidan ko‘ra battarroq g‘ingshiydigan bo‘lib qoldi. Unga morfiydan ukol qilgan edim, ancha tinchidi. Sezishimcha, morfiyning ta’siri bosqichma-bosqich bo‘ldi: kuchuk asta-sekin tinchlandi, tutqanoq orasidagi orom vaqti uzaya bordi. Morfiyning ta’siri yo‘qolgach, yana og‘riq boshlandi, lekin bu holat ham xuddi haligiday bosqichma-bosqich yuz berdi.
Omadim keldi: tarjima qilish uchun kitob berishdi. Ximiya kitobi. Judayam qiyin. Lekin shunisi ham borki, avans oldim. Ko‘pgina qarzlarimdan qutuldim: uy egasiga ijara haqini to‘ladim, baqqolga berdim. Ximiyada ancha-muncha qiziq narsalar bor ekan. Tarjima qilib o‘tirib, ko‘pgina kimyoviy jarayonlardachdavriylik mavjudligini bilib oldim. Masalan, shisha idishga simob quyib, ustidan ma’lum quyuqlikdagi vodorod peroksidi solinsa, simob bilan vodorod peroksidi o‘rtasida kimyoviy jarayon boshlanib, pirovardida, vodorod peroksidi suv bilan kislorodga bo‘linib ketar ekan. Yezuvga qaraganda, kislorod ajralishi goh, sustlashib, goh tezlashib turarkan. Eng qizig‘i shundaki, shhar va narkotik moddalar xuddi inson organizmiga ta’sir qilganiday, mana shu davriy reaksiyalarga ham o‘ziga xos ta’sir kursatadi! Bu degan so‘z, inson va hayvon organizmida ham xuddi shunday kimyoviy reaksiyalar sodir bo‘lib turishini anglatmaydimi? Demak, morfiy biz operatsiya qilgan kuchukka ta’sir qilganiday, laboratoriyada o‘tkaziladigan shisha idishdagi reaksiyaga ham xuddi shunday
Turli fanlar ba’zan kutilmaganda bir-biriga yaqinlashib qoladi.
Charchash jarayonini o‘rganish maqsadida professor Gere bilan tajribalar o‘tkazdik. Masalan, ko‘zning charchashini olaylik. Yerug‘likda qizil rang ayniydi, qorong‘ilikda esa yana o‘z holatiga qaytadi.