Читаем Jahongir полностью

«Mening hurmatli xo‘jayinim Karl Gotlib, — deb yozardi Shtirner, — judayam itga ishqiboz. Qizig‘i shundaki, itlar gufayli biz yaqinlashib ketdik, shular tufayli mening martabam oshdi. Men u bilan Gerening uyida tanishganman. Ular maktabdosh va tengqur ekan, lekin ikkoviga qarab turib, sirayam unaqa deb o‘ylamaydi kishi: Gerening sharti ketib parti qolgan, Gotlib asa qirchillama yigitga o‘xshaydi. Gotlib mening o‘rgatilgan gsuchuklarimga qiziqib qolib, uyiga taklif qildi. Gerenikiga u yiliga bir marta kelardi. Shuning uchun ham men bankir bilan ilgariroq uchrashmaganman. Mana endi, kimsan — Karl Gotlibning shaxsiy sekretariman! U mendan xursand, men — undan.

Qariya Gere bilan aloqamiz allaqachon uzilib ketgan. Afsuski, men unga fikrni uzoq masofaga uzatish mumkinligini tajribada isbot qilib berolmadim. Mayli, qaytanga yaxshi. Mustaqil ishlayapman. Bu nomi ulug‘ qariyalar yoshlarning mehnatiga sherik bo‘lishni yaxshi ko‘rishadi. «Gere laboratoriyasida sinab ko‘rildi… Gere rahbarligi ostida unday qilindi, bunday qilindi…» Hamma shuhrat Gereniki. Darvoqe, hozir meni shuhrat emas, undan ko‘ra muhimroq narsa qiziqtiradi. Temir qafas ichidan turib ta’sir o‘tkazishni o‘zimcha sinab ko‘rib, shunday xulosaga keldimki, fikr qilinayotgan paytda elektr to‘lqinlari hosil bo‘lar ekan. Endi ana shu to‘lqinlarning xususiyatlarini o‘rganishga kirishish kerak.

Ishim boshimdan oshib-toshib yotibdi. Kechasilari inson miyasi tarqatadigan radioto‘lqinlarni tutuvchi apparat yasash bilan ovoraman. Bu juda qisqa to‘lqinDa ishlovchi, nihOyatda sezgir priyomnik bo‘lishi kerak. Uning diapazoni qirq santimetrdan bir metrgacha uzunlikdagi to‘lqinga moslashgan bo‘lishi lozim.

Mana sxemasi.

Elza Glyuk! Ajoyib qiz. U bilan yuriskonsultimiz (familiyasi nuqul esimdan chiqib qoladi) orasidan ola mushuk o‘tganmi deyman. Ammo Zauyer! Glyuk bilan Zauyerning munosabati juda iliq. Ehtimol qaylig‘idir? O‘sha kulcha yuzning nimasi yoqarkin qizga?

Ishim yurishmadi! Priyomnik radioto‘lqinlarni qabul qilmadi. Boshqatdan yasayman. Endi kechalari ishlayapman. Kechqurunlari universitetda anatomiya bilan fiziologiyani o‘rganyapman, lekin bu fanlarni radiotexnika nuqtai nazaridan tahlil qilyapman. Qiziq! Odam tanasi xuddi qabul qiluvchi va tarqatuvchi radiostansiyaga o‘xshaydi!

Lekin bu radiostansiyani o‘rganish uchun avval radiotexnika bilan shug‘ullanishimga to‘gri keldi. Jin ursin, ertaga balki astronomiyani o‘rganish zaro‘r bo‘lib qoladimi! Yaxshiyamki, endi uy egasi ijara haqini so‘rab, jonimga tegmaydi. Gotlibnikida yashayman, maoshim yaxshi. Shuncha azoblardan keyin o‘zimni podshoday his qilyapman. Mashinalarim uchun zarur narsalarni sotib olishga qurbim yetadi.

Elza Glyuk. Glyuk — bu baxt. U kimniki bo‘larkin? Nahotki kulcha yuz ilib ketsa?

Yana boshim qotdi. Hushtak aralash allaqanday vag‘illagan ovoz eshitilyapti. Balki «fikrlar muzikasi» dir bu? Chetdan hech qanday ta’sir bo‘lmasligi uchun xonani tashqi olamdan ajratib olish kerak.

Xayriyat!..

Glyuk menga sirayam e’tibor bermaydi. Fit — xuddi qo‘g‘irchoqqa o‘xshaydi, chiroyli, ammo noshudroq. Zauyerni yaxshi ko‘rib qolganga o‘xshaydi. Lekin uning xayoli Elzada. Bunga endi shubha yo‘q. Emmaning holi nima kechadi? Sho‘rlik qiz!

Ishim ko‘ngildagiday ketyapti! Ajablanadigan joyi yo‘q. Biz o‘z fikrlarimizni xatda, gazetada harflar orqali ifoda etamiz-ku. Endi men uchun fikr va tuyg‘ularning boshqacha tili, boshqacha ifodasi bor; To‘lqin uzunligi — en. Iks chastotasi — qo‘rquv. Qo‘rquv tuyg‘usining radkoto‘lqini mana shu. Quvonch tuyg‘usiniki boshqacha. Aftidan, hademay sun’iy ravishda tuyg‘ular hosil qilib, radio orqali tarqatsam kerak. Xohlasangiz, quvonishingiz, xohlasangiz, yiglashingiz mumkin. Qiziq! Hayvonlar tuyg‘usining radioto‘lqinlari odamlar hissiyotining (qo‘rquv, quvonch va hokazo) xuddi o‘sha xildagi to‘lqinlariga judayam o‘xshab ketadi.

Yo‘q, bu favqulodda bir ish bo‘lardi!!!

Jin ursin! Zo‘r-ku! Men o‘zimni-o‘zim osmonga olib chiqib so‘yyapman. Kichkina radiostansiya yasab, kuchukning qaygusiga mos keladigan to‘lqin tarqata boshladim. Endi apparatim inson va x,ayvonlar miyasi tarqatgan elektr to‘lqinlarini juda aniq yozib olyapti. Hozir qo‘limda butun boshliq to‘lqin — hissiyot — fikr «lug‘ati» bor. Bir gal o‘z «grammofon» im — jajji stansiyamni qayg‘u pardasiga moslab qo‘ydim. Stansiya kuchuk qaygusini anglatadigan radioto‘lqin tarqata boshladi. Stansiya yoniga stul qo‘yib, unga Falkni o‘tqazib qo‘ydim. It radioto‘lqinlarni yaxshiroq qabul qilishi uchun stul izolyatsiya qilingan edi. Xo‘sh, keyin nima bo‘ldi deng? Falk birdan ma’yuslanib, uvillay boshladi! Radioto‘lqinlar unga ta’sir qilgan edi! Suyunganimdan itni bag‘rimga bosib, xonani gir aylanib chiqdim.

Sal o‘zimni boyeib olganimdan keyin tajribani takrorlamoqchi bo‘lib, itni to‘siq orasiga o‘tqazdim. Ammo Falk miq ztmadi. Aftidan, u yaqin masofadagi to‘lqinlarnigina qabul qilsa kerak. Agar radiostansiyaning tarqatish quvvatini oshirsam-chi?

Перейти на страницу:

Похожие книги