Читаем Jahongir полностью

Xohlayeam, odamlar o‘z boyliklarini keltirib, oyoqlarim ostiga tashlashadi. Xohlasam, meni qirol, imperator qilib saylashadi. Lekin toj-taxtni boshimga uramanmi! Meni dunyo ning eng suluv qizlari sevib qolishi mumkin… Elza! Yo‘q, yo‘q… Bunday qilmayman, Shtirner, es-hushingny yig‘! O‘zingni bos, Shtirner, aks holda oqibati yaxshi bo‘lmaydi! Shtirner! Kechagina bir burda nonga zor student eding, keyin professor Gerega aspirant bo‘lding… Otbasharya, o‘rtamiyona bir odamsan… Tasodifan ilmiy kashfiyot qilib, darrov hokimiyat, shuhrat, muhabbat haqida orzu qilyapsanmi?!

Kecha sayrga chiqdik: men, Elza Glyuk, Emma Fit va Zauyer, Aftidan, ko‘p ortiqcha gaplarni gapirvordim shekildi. Yarmi hazil, yarmi chin qabilida Elzaga og‘iz soldim. Shunaqa bo‘liShi ham kerak edi o‘zi… Men bilan hazillashmasin-da! Lekin hazillashgani ham yo‘q edi. Nega Zauyer menga g‘olib chiqqan odamday qaraydi? Apparatimning kuchini unda ham bir sinab ko‘rmasam, ko‘nglim joyiga tushmaydi».

«Yezmaganimga qancha vaqt bo‘ldi-yu! Xotinim yana xafa. Stansiyamning quvvatini yanada oshirishim kerak.

Katta o‘yin boshlab qo‘ydim. Ye bo‘ynim uziladi, yoki…

Nega aql-idrok bilan ish tutmadim? Endi o‘zimni to‘xtatishim qiyin, o‘yinga qattiq berilib ketdim. Charchadim, doimiy asabiylikdan tinkam quridi.

Bu kundan o‘lganim yaxshi! Professor Geredan yuz o‘girmasam bo‘lar ekan!

Urush!..

Yetadi! Doldan toydim. O‘yinni tugatish kerak…»

XIV. O‘YIN TUGADI

Elza Glyuk qishki zalda boshdan-oyoq simto‘rga o‘ralib o‘tirardi.

Qayerdadir momaqaldiroq gumburlar, uning olis guldurosi qo‘shni zalda bo‘g‘iq aks sado berardi. Havo dim edi. Elza har vaqtdagiday Lyudvigni o‘ylab o‘tirganidan, uning qadam tovushlarini eshitib seskanib ketdi. Shtirner qishki zalga kirdi-yu, egnidagi metall choyshabni olib tashladi, keyin Elzaning oldiga kelib, uning ustidan ham xuddi shunday yopinchiqni olib qo‘ydi.

— Bugun bu yoqimsiz kiyimdan dam olsak ham bo‘ladi, Elza. Uf! — U yengil tin oldi.

Elza anchadan buyon Shtirnerning yuziga qaramagan edi, hozir basharasi bu qadar o‘zgarib ketganini ko‘rib, hayron qoldi. Uning ko‘zlari xuddi kasal odamnikiday ich-ichiga tortib, burni battar beso‘naqay bo‘lib ketgan edi. Soch-soqoli qam bir ahvolda edi.

— Judayam o‘zgarib ketibsan, Lyudvig! Taniyolmay qoldim seni!

Shtirner jilmaydi.

— Qaytanga yaxshi. Tarki dunyo etgan darvishga o‘xshayman-a, rostdan? Yur, Elza… Biror narsa chalib ber„. ko‘pdan buyon muzika eshitganim yo‘q… Oxirgi marta…

Ular zalga kirishdi. Elza royal yoniga o‘tirib, Shopenning «noktyurn» ini chala boshladi.

— To‘xta, Elza… To‘xta… buni emas. Momaqaldiroq yaqinlashib kelayotgan paytda ham shunaqa mayin, mungli kuyni chaladimi odam? Momaqaldiroq ovozini eshityapsanmi? Momaqaldiroq! U birovlarga kuch bag‘ishlab, birovlarni nobud qiladi… Bugun kechasi Shtirner tamom bo‘ladi…

Elza sarosimalanib o‘rnidan turdi.

— Nimalar deyapsan, Lyudvig? Odamni qo‘rqitmasang-chi!

— Hechqisi yo‘q… E’tibor berma… Tun bo‘yi hammasini bilib olasan… Sen bilan ko‘p narsalar haqida gaplashib olishimiz kerak… Chal tezroq… Betxovenning qahramon o‘limiga bagishlangan motam marshini chal. Qahramon! Xa-xa-xa!

Elza shu kuyni chala ketdi.

Shtirnen barmoqlarini uqalagancha katta-katta qadam tashsab, zalda u yoqdan-bu yoqqa yurardi.

— Sharmandasi chiqqan qahramon o‘limiga bag‘ishlangan motam marshi… Aytishlaricha, Betxoven uni Napoleonning o‘limiga bag‘ishlab yozgan ekan, keyin undan ko‘ngli qolib, marshni oddiygina qilib: «Qahramonning o‘limiga», deb atab qo‘ya qolibdi. Nima demoqchi edim-a? — Shtirner soatiga qarab, dedi: — Bo‘ldi, Elza. Sanoqli minutlar q’Ldi. Endi meni o‘p, avvalgilariga o‘xshamaydigan qilib, qattiq va astoydil o‘p.

Shtirner Elzaning lablaridan uzildi.

— Shirin xomxayol!..Soat to‘ngi o‘n ikkiga zang urdi.

— Tamom! — deb pichirladi Shtirner.

Shu lahzaning o‘zida Elza a’zoyi badani g‘alati bo‘lib ketayotganini sezdi. Go‘yo vujudidan so‘nggi paytlarda o‘zi kiyib yurgan simo‘rga o‘xshash allaqanday bir parda sidirilib tushayotganday edi. Fikri tiniqlasha boshladi. U birdan ilgarigi, Karl Gotlib o‘limidan oldingi Elzaga. aylanib qoldi. U nimqorong‘i, befayz zalga taajjublanib ko‘z yugurty]rdi. Chaqmoq yarq etib Shtirnerning yuzini yoritgan edi, qiz ro‘parasida turgan sersoqol, notanish odamni ko‘rib qo‘rqib ketdi.

— Nima bu? Qayerdaman? — d «di u vahimaga tushib. — Kimsiz?

Shtirner achinish aralash bir sinchkovlik bylan bu o‘zgarishni kuzatib turgan edi.

— Bu marhum bankir Karl Gotlibning zali. Stenografistka Elza Glyuk bu zalda hech qachon bo‘lgan emas… Qarshingizda turgan odam esa Lyudvig Shtirner. Taniyapsizmi meni? Elza!.. Men sizning oldingizda gunohkorman, lekin kechirim so‘ramayman. Menga tasalli beradigan birdan-bir narsa shuki, men sizni rostdan ham sevardim… Hozir ham sevaman… yurak-yuragimdan yeyevaman…

Elza royal yonida turgan dumaloq stulga o‘tirdi-yu, o‘zini orqaga tashlab, dahshat ichida Shtirnerga tikildi.

Перейти на страницу:

Похожие книги