Читаем Jahongir полностью

— Uning es-hushi joyida emas. Shunaqayam sho‘rpeshona bo‘lamanmi! Mening sendan boshqa hech kimim yo‘q… — Emmaning o‘pkasi to‘lib, battar yig‘iga tushdi. — Ottoni mendan tortib olma! U seni yaxshi ko‘radi. Suratingni haliyam asrab yuribdi. Tasodifan kirib, ko‘zim tushib qoluvdi, xonasidan haydab chiqardi. U seni sevadi… Meni mahrum qilma undan. Senda hamma narsa bor, sen baxtiyorsan. Davlating oshib-toshib yotibdi, Lyudvigni sevasan, boshingga urasanmi Ottoni?

Elza ma’yus kulimsiradi, ammo ko‘zlari to‘la mung edi.

«Sho‘rlik Emma, — deb o‘yladi u dugonasining uzgarib ketgan, ozg‘in yuziga tikilib. — Yuzidagi qizillik qani, qo‘ng‘iroqday kulishlari qani? Shu ahvolga solib qo‘yibdi-ya, qo‘g‘irchoqday qizni? Nahotki Otto shunchalik toshbag‘ir bo‘lsa?»

— Men ham sendan ko‘ra baxtliroq emasman, — dedi Elza Emmaning to‘zg‘ib ketgan sochlaridan silarkan, — hech qanaqa boyligim yo‘q, Shtirnerni endi sevmayman, Shtirnerning o‘zi ham Yo‘q…

Emma kutilmagan bu gapdan hayron bo‘lib, bir lahzaga o‘z qayg‘usini ham unutdi.

— O‘ldimi! Nima uchun xabar qilmading? Ulgandan keyin sevmaydimi odam? Shuncha o‘zgarish bo‘pti-yu!..

Elza yana jilmaydi.

Emmaning chehrasi battar tundlashdi.

— Demak, sen, — dedi u piqillab yig‘lagancha, — demak, sen unga Ottoni sevishingni aytgansan, shundan keyin Shtirnerning jahli chiqib, o‘zini-o‘zi o‘ldirgan. Demak, Ottoni mendan tortib olmoqchi ekansan-da?

— Qo‘y bunaqa gailarni, tentakvoy, — dedi Elza uni erkalab. — Ottoni sendan tortib olmayman. Axir u sening ering, bolangning otasi-ku.

— Bo‘lsa nima qipti? deb javob berdi Emma. — Uning o‘zi, shaytonning so‘ziga kirib seni yaxshi ko‘rib qolganman, agar shayton yo‘ldan urmaganda senga uylanarmidim, deb necha marotabalab aytgan. Bunaqa nikohni buzsa bo‘laveradi, degan. Otto bir narsani bilmasa gapirmaydi. Rostdan ham tentakroqman ku! Lekin… tentaklar ham baxtli bo‘lishni xohlashadi! — U yana yig‘iga tushdi. — Axir qanaqa bo‘lishimdan chqat°iy nazar, meni yeyevar edi-ku, endi bo‘lsa… sevgisi uchun o‘ch olyapti.

Emma o‘qtin-o‘qtin yig‘lab, Elzaga ko‘rgan-kechirganlari haqida batafsil gapirib berdi. U yolg‘izlikda uzoq vaqt azob chekkanidan, endi yuragidagi hamma dardlarini to‘kib solar, Ottoning qo‘polligi, mehrsizligini aytib ado qilolmasdi.

Elza unitsg gaplarini eshitib o‘tirib, yuragi muzlab ketdi. Otto endi uning ko‘zi oldida butunlay boshqa odam bo‘lib gavdalandi. Uning qilgan ishlarini «shaytonning yo‘ldan ozdirishiga» bog‘lab bo‘lmasdi. U Shtirnerning ta’siridan qutulganidan keyin o‘zgarib qol1an edi, Zauyerning Emmadan ko‘ngli sovigan ham bo‘lishi mumkin. Lekin xotinini shunchalik xo‘rlaydimi? Odob, andisha, qolaversa, oddiy odamgarchilik qayoqda qoldi? Zauyerni o‘zi sevib yurgan paytlarini eslab, Shtirnerning bir gapi haqida o‘ylab ketdi. U, biz instinktning ojiz bir qullardmiz, instinkt bizni eshakmiya bir odamni sevishga ham mpjbur qila oladi, degan edi. Qanday dahshat!

Elzaning qulog‘i dugonasida-yu, xayoli endi ikkinchi qavatda tobora kuchayib borayotgan shovqin-suronda edi.

«Nima bo‘lishi mumkin?»

Ikkinchi qvatda esa so‘nggi jang bo‘layotgan edi.

Simto‘rga o‘ralgan qurolli otryad Zauyer va Gotlib boshchiligida Elzaning uyiga bostirib kirdi.

Zauyer to‘pponchasining dastasi bilan kabinet eshigiga urib, qichqira boshladi:

— Oching, Shtirner, bo‘lmasa eshikni buzib kiramiz!

Kutilmaganda ichkaridan Kachinskiyning ovozi va itlarning akillagani eshitildi.

— Shtirner yo‘q, eshikni ocholmayman. Shtirner ustimdan qulflab, itlarni poyloqchi qilib ketgan.

— Kachinskiy, sizmisiz? Tirikmisiz? — Zauyer soldatlarga buyruq qildi. — Eshikni buzinglar!

Bir necha soldat yelkasi bilan eshikni itara boshladi. Ichkarida itlar zo‘r berib akillardi, ular irillab, eshikning singan joylaridan boshini chiqazgan edi, ketma-ket o‘q uzilib, barining ovozi o‘chdi.

Jonivorlarni o‘ldirishning nima keragi bor? — dedi xotirjamlik bilan Kachinskiy ichkaridan turib.

— Itlar bizni tilka-pora qilib tashlasa maylimi? — deb to‘ng‘illadi Zauyer hosil bo‘lgan tuynukdan kabinetga kirib. U stol ortida bemalol o‘tirgan Kachinskiyni ko‘rib hayron bo‘ldi. Ixtirochn ikkala kafti bilan boshini changallagancha bamaylixotir chizmalarni ko‘zdan kechirardi.

— Shtirner qani? — deb so‘radi Zauyer.

— Bilmadim, — javob berdi Kachinskiy boshini ham ko‘tarmay, — ertalab meni ko‘r qilmoqchi, bo‘g‘ib o‘ldirmoqchi, yana allanima balolar qilmoqchi edi, ehtimol, yodidan ko‘tarilgandir yoki biror ish bilan banddir… — Kachinskiy kafti bilan chizmani «tap» etib urib, xitob qildi: — Zo‘r! Shtirner rost gapirgan ekan. Ajoyib kecha bo‘ldi! Genial odam ekan u. Kuchaytirgich transformatorlari hamda katod lampalari bor antennalarning sxemasi va antennalari tebranuvchi konturli indukdion aloqa sxemasi…

Zauyer bilan Gotlib ko‘z urishtirib olishdi: nahotki Shtirner Kachinskiyni ham esdan og‘dirib qo‘ygan bo‘lsa?

— Butun binoni qadamma-qadam tintuv qilib, fikr tarqatuvchi stansiyalar oldiga qorovul qo‘yish kerak, — dedi Zauyer.

Перейти на страницу:

Похожие книги