— Ha. Hamma gap Rezidentning bizning qo‘limizda ekanligida emas, balki uni qanday ushlaganimizda. Nazarimda Skvayr Fayf gaplarimga quloq tutadi, tutganda ham qo‘l qovushtirib tutadi.
Salim Juns Eblni tanigan chog‘dan beri birinchi marta uning tovushvdagi sovuqqonlik kamayganini va qoniqish, hattoki shodlik ohanglari paydo bo‘lganini his qildi.
TUTQUN
Zoti oliy Samiya Fayf qizi, nihoyat, o‘z xohishlarini ifoda etishni to‘xtatib, oddiy sarklik ayol kabi o‘z huquqlarini talab qilishga o‘tdi.
— Istagan kemani kutnb olishga mening haqqim bor, — dedi u g‘azab aralash.
Bekat boshlig‘i aniq javob qaytardi.
— Xonim, biz sizni aslo xafa qilmoqchi emasmiz. Hamma gap shundaki, biz Skvayrdan, ya’ni, otangizdan alohida topshiriq olganmiz: sizga bu kemani kutib olishga aslo izn bermasligimiz zarur.
— Balki, siz menga bekatni tark etishni ham buyurarsiz?
— Yo‘q, xonim. Sizni bekatdan haydash haqida topshiriq bo‘lmadi. Istasangiz, qoshshingiz mumkin. Leksh, kema qo‘nuvchi quduqlarga yaqinlashsanshz, sizni ushlashga majburmiz.
U ketdi, Samiya bekat darbozasi oldida to‘xtagan o‘zining hashamdor matiinasida qolaberdi.
Otasining bu ishi o‘taketgan vijdonsizlik edi. U qiziga doimo yosh boladek qaraydi. Mana bugun ham…
…Samiya otasiga ruhiyat zondi ta’siriga duchor qilingan koinot tadqiqotchisi va Florinaga tahdvd qilayotgan xavf to‘g‘risvda so‘z ochishi bilanoq, otasi uning gapini keskin bo‘ldi:
— Uning koinot tadqiqotchisi ekanligini qayerdan bilasan?
— Uning o‘zi aytdi.
— Xavfning qanday xildaligini gapirmadimi?
— Uni bilmaydi. U ruqiyat zondi ta’siriga duchor qilingan. Buning axir eng yaxshi isbot ekanligini ko‘rmayapsizmi? U xaddan ziyod narsalarni bilgan. Bu, albatta, kimgadir yoqmagan — Qizning tovushi beixtiyor pasaydi. — Agar uning fikr-g‘oyalari noto‘g‘ri bo‘lganda, ruhiyat zondini ishlatishga zarurat tug‘ilmasdi.
— Unday bo‘lsa, nega uni o‘ldirishmabdi?
— Siz Xavfsizlik Xizmatiga aytib, u bilan gaplashishga ijozat olib bersangiz edi, shu narsani aniqlardim. U menga ishonadi. Buni bilaman. Xavfsizlik Xizmati ham undan menchalik ko‘p axborot ololmasa kerak, Dada, buyruq buring, men u bilan so‘zlashay. Bu juda muhim.
Fayf qizining mushtum qilib tugilgan qo‘llarini mehr bilan ushladi-da, jilmaydi.
— Keyinroq, Samiya. Hozir emas. Tez orada qo‘limizga uchinchi odam tushishi lozim. O‘shanda, balki imkoniyat tug‘ilar.
— Uchinchi odam? Florinalik qotil emasmi?
— Xudsi o‘sha. Uni olib kelayotgan kema bir soatlardan so‘ng qo‘nadi,
— Ungacha koinot tadqiqotchisi bilan florinalik ayolga hech narsa tahdid qilmaydimi?
— Yo‘q.
— Yaxshi. U holda men kemani kutib olaman.
— U kimsaning kelayotgani haqida hech kim hech narsa bilmasligi kerak. Sening borishing nojoiz.
— Nima qilibdi?
— Samiya, men senga davlat siyosatini tushuntirib berolmayman.
— Siyosatmi, fi! — Qiz engashib otasining qoq peshonasidan o‘pdi-da, ko‘zdan g‘oyib bo‘ldi. Hozir esa qiz bekat maydonidagi mashinasida ojizona o‘tirar edi. Nihoyat u tushdan keyingi yorqin nurli osmonda qora nuqta paydo bo‘lganini, uning kattalashayotganini sezdi.
Samiya tugmani bosib g‘aladondan binokl oldi. Uni ko‘zlariga tutdi va osmondagi qora nuqta kattalashib, kichkinagina kemaning shakl-shamoyiliga aylandi.
Ekranning butun yuzasini Sark egallab turardi.
— Fazo bekati qattiq qo‘riqlanmaydi, — dedi Henro, kemani boshqarar ekan. — Bu taklifni ham men kiritdim. Har qanday nooddiy kutib olish Trantorni shubhalantirishi mumkin, deb aytdim. Yana aytdimki, Trantor qanchalik haqiqiy ahvolni bilmasa, biz shunchalik muvaffaqiyat qozonamiz.
— Sarkmi, Trantormi, — dedi xo‘mrayib Terens, — nima farqi bor.
— Siz uchun farqi katta. Men sharqiy darboza yaqinidagi quduqqa qo‘naman. Shu zahotiyoq siz kema tumshug‘idagi ehtiyot eshikdan chiqing va darboza tomon jadallang, faqat shoshmang. Agar to‘siq uchrasa, o‘z bilganingizcha ish qiling. Siz buni qotirasiz, o‘tgan voqealar aytib turibdi. Darboza yaqinida sizni mashina kutib turadi, biror elchixonaga yetib olasiz…
Henro sovuqqina iljaydi,
— Qochganingizni bilishgach, eng yomon holda, meni sotqin sifatida otib tashlashlari mumkin. Agar meni behush holda topishsa, faqatgina ishdan haydashadi — bunday ahmoqning kimga keragi bor. Ayni shu hol men uchun ma’qulroq. Shuning uchun, ketishingizdan oldin menga nisbatan neyrotayoq ishlating.
Ular qo‘na boshladilar. Illyuminatordan Sark shahrining ba’ii belgilarini payqash mumkin edi.
— O‘zboshimchalik, — qo‘shimcha qildi Henro, — bu yaxshi oqibatga olib kelmasligini tushunsangiz kerak. Sizda ikki yo‘l bor: yo Trantor, yoki Skvayrlar. Agar bir soatdan so‘ng Trantor ixtiyorida bo‘lmasangiz, siz baribir kechgacha Skvayrlar qo‘liga tushasiz. Unda holingiz ne kechishini gapirib o‘tirishning hojati bo‘lmasa kerak. Buni o‘zingiz juda yaxshi bshtasiz…
Ekranda bekat namoyon bo‘ldi. Biroq Henro endi unga qaramay qo‘ygan, qo‘llari boshqarish tugmalarini ildam bosib, kemani qo‘ndirishga tayyorlardi.
Kema pastdan bir mill yuqorilikda oxista aylanar ekan, dum tomoni bilan Sark yuzasiga yaqinlasha boshladi.