— Ha, men endi sukut saqlamayman. Barcha o‘y-fikrlarimni oshkor etaman. Iks kimligini ham aytishnm mumkin! Meningbir narsaga shubham yo‘q: sotqnnlik qilgan Buyuk Skvayrlarning biri. Ularning ichida eng xabardor kishi kim? Kim koinot tadqiqotchisi bilan bog‘liq voqeadan qolganlarni qo‘rqitish uchun, Fayf diktaturasiga xizmat qiluvchi «birlashish» uchun foydalanishga intildi? Men sizga Iksning haqiqiy nomini oshkor etaman. — Stin o‘rshadan turdi, boshi tasvir hajmining yuqorisiga tegib qolgani uchun tep-tekis ko‘rinardi. U ko‘rsatkich barmog‘i bilan ishora qildi. — Ana Iks! U — Skvayr Fayf! Koinot tadqiqotchisini o‘sha topgan. U birinchi majlisdagi o‘zining ahmoqona uydirmalari bilan bizga ta’sir qilolmaganini ko‘rib, uni qayergadir berkotib qo‘ygandi, endi esa, harbiy to‘ntarish tayyorlab, uni yana yuzaga chiqaribdi!
Fayf ensasi qotgancha Eblga yuzlandi.
— U gapini tugatdimi? Agar shunday bo‘lsa, unga ayting: gaplari har qanday vijdonli, or-nomusli odam uchun qattiq haqoratdir.
— Stin ko‘nglidagi gapni aytdi, — javob berdi Ebl. — Keling, muddaoga o‘taylik. Biz koinot tadqiqotchisini ko‘rishni istaymiz.
— Qo‘limizda o‘zini koinot tadqiqotchisi deb atayotgan aqli noqis kimsa bor.
Yaxshi, men uni olib kelishni buyuraman.
Bunday voqealar Valona Marchning tushiga hech kirmagan edi. Ular sayyoraga qo‘nganlariga bir kundan oshganiga qaramay, u qamon tinmay hayratlanardi. Hatto Rikni tiqib qo‘yishgan alohida qamoqxonalar ertakdagidek ajoyib tuyulardi. Tugmani bossang jo‘mrakdan suv tushadi. Devorlardan esa issiqlik tarqaladi. Tashqaridagi qavoning sovuqligi esa, yanada ajablantirardi: havo ham shunchalik past haroratli bo‘ladimi? U bilan muloqotda bo‘layotgan har bir kimsa esa juda po‘rim kiyingandi.
Mana endi uni katta va yorug‘ xonaga olib kelnshdi. Bu yerda bir qancha odamlar bor ekan. Bittasi o‘ta jiddiy, qovog‘i solinib stol ortqda o‘tirar, boshqasi ancha yoshi ulug‘, serajin bo‘lib oromkursini egallagandi. Va yana uch kishi…
Ularning biri Rezident edi!
Qiz jonholatda unga otildi.
— Rezident! Rezident!
Valona uning tanasini bosib-yanchib o‘tib ketdi.
Oyoqlari Rezident o‘tirgan og‘ir oromkursini sezmadi ham. U titrayotgan qo‘llarini ohista uzatdi. Qiz yigitni aniq-tashq ko‘rib turgan bo‘lsa-da, ular hech narsani his qilmadilar,
Valona oh urdi-da, yerga quladi. Rezident beixtiyor uni ushlab qolish uchun qo‘llarini cho‘zdi, biroq qo‘llar baribir qizni tutib qololmasdilar.
Bir ozdan so‘ng, Valona oromkursida o‘tirar, Rik qo‘llarini ushlab olgan, serajin qariya esa unga engashib turardi.
— Qo‘rqmang, jonginam. Bu faqat tasvir. Xuddi fotosuratga o‘xshash.
Qiz Rezidentga ishora qildi.
— U hozir bu yerda yo‘qmi?
— Bu uch o‘lchamli tasvir, Lona, — gapga aralashdi to‘satdan Rik. — Rezident hozir boshqa yerda o‘tiribdi, biroq biz uni shu xonada ko‘ryapmiz.
Valona boshini liqillatdi. Rik buni tasdiqlayotgan ekan, demak, shunday bo‘lishi kerak. Qiz yerga qarab oldi. U, ayni paytda ham bor, ham yo‘q odamlarga boqishga jazm qila olmasdi.
Ebl Rikka yuzlandi.
— Siz uch o‘lchamli tasvirni bilasizmi?
— Ha, janob.
Bugungi kun Rik uchun ham ajablanarli edi, biroq bundan Valona cheksiz hayratlanayetgan bo‘lsa, Rik borgan sari o‘ziga tanish hayot ichiga kirib borardi.
— Qayerdan bilasiz?
— Aniq aytolmayman, Ilgari bilardim. Hamma narsa esimdan chiqmasdan avval.
— E’tibor qiling, Fayf! — dedi Ebl. — Sizning aqli noqis florinalik odamingiz, uch o‘lchamli tasvir haqida yetarli ma’lumotga ega ekan.
— Nazarimda, uni yaxshilab tayyorlashgan, — cho‘rt kesdi Fayf.
— Uni Sarkka kelgandan beri so‘roq qilishdimi?
— Albatta.
— Natija qanday?
— Yangilik yo‘q.
Ebl yana Rikka yuzlandi.
— Sizning ismingiz nima?
— Meni Rik deb atashlarigina yodimda bor, — xotirjamlik bilan dedi u.
— Bu yerdagilardan kimlarni taniysan?
Rik hammaga bir-bir qarab chiqdi.
— Faqat Rezidentni. Valonani ham albatta.
— Bu kishi, — dedi Ebl Fayfga ishora qilib, — Skvayrdir. Unga butun boshli bir sayyora qaraydi. Siz u haqda nima deya olasiz?
— Men yerlikman, — javob berdi Rik. — Men unga qaram emasman.
— Quloq soling, Rik, — dedi yana Ebl. — Hozir men sizga bir voqeani aytib beraman. Siz butun vujudingiz bilan tinglang va o‘ylab ko‘ring. Qayta-qayta o‘ylang! Meni tushunyapsizmi?
Rik «ha» deganday bosh silkidi.
Ebl shoshilmay ro‘y bergan hodisalarni qikoya qila boshladi. U kelayotgan xavf haqidagi xabar, uni kimdir tutib olgani, Rikning Iks bilan uchrashuvi, ruhiyat zondi, qanday qilib Rikni topib olishgani-yu, boqishgani, hamda uning kasalligini aniqlagan, so‘ngra halok bo‘lgan hakim va boshqa voqealar to‘g‘risida so‘-zlab berdi.
— Mana, bor-yo‘q hikoya shu, Rik. Siz shulardan xabardormisiz?
— Hikoyangizning oxirgi qismi yodimda bor, — dedi ohista Rik — So‘nggi bir necha kun… O‘tgan voqealarning ham ba’zilari esimga kelay deyapti-yu, biroq… juda noanik…
— Siz o‘tgan voqealarni eslashingiz mumkinmi? Florinaga tahdid qilayotgan xavfni yodingizga tushira olasizmi?
— Ha, ha. Ayni shu narsa esimda.
— Keyin-chi? Siz Sarkka qo‘ndingiz va bir kishi bilan uchrashdingiz.
— Yo‘q. Boshqa eslay olmayman! — ingradi Rik.