Bu hattoki o‘ta xotirjam Fayfga ta’sir qildi. Uning qo‘llari oromkursidan ko‘tarildi, boshi esa kesknn Rezident tomonga burildi.
G‘OLIBLAR
Hamma haykaldek qotib qolgandi.
Keyin Stinning chinqiroq kulgisi eshitildi.
— Juda to‘g‘ri, — xaxolashga o‘tdi Stin. — Men doimo shu haqda gapirganman. Fayf bu florinalikni yollagan. Mana, Fayfning asl qiyofasnni ko‘rib turibsiz, uning maqsadi…
— Bu g‘irt tuhmat!
Bu xitobni Fayf emas, Rezident aytdi. U o‘rnidan dik etib turib ketdi. Ko‘zlari yonardi.
— Nima tuhmat? — so‘radi Ebl.
Terens kalovlanib, bir muddat unga qarab turdi-da, tez-tez nafas olarkan, javob berdi:
— Skvayrning gaplari. Hech qanday sarklik menga pul to‘layotgani yo‘q.
— Qizning gaplari-chi? Ular ham tuhmatmi?
— Yo‘q. Valona to‘g‘ri aytdi. Ruhiyat zondini men qo‘lladim. Menga bunday qarama, Lona! Men Rikka ziyon-zahmat yetkazmoqchi emasdim. Men bunday bo‘lishini hech qachon istamaganman.
— Hammasi uyushtirilgan, — norozilik bildirdi Fayf. — Ebl, men sizning niyatingizni, aniq bilmayman, lekin mana bu shaxsning jinoyatlari ro‘yxatiga yana yangisini qo‘shish mumkin emas. Hammaga ma’lumki, faqat Buyuk Skvayrgina kerakli bnlim va imkoniyatlarga ega bo‘la oladi. Stin, balki siz, yo‘q aybnn bo‘yniga olish usuli bilan yollagan odamingizni qutqarib qolmoqchidirsiz?
— Bu masalada men hech kimdan, hatto Trantordan ham pul olmayman, — dedi Rezident. — Agar butun voqeani eshitgingiz kelsa, men aytib beraman. Men uchun sark nima-yu, Trantor nima?! Hammasi jonga tegdi! Mayli, hech bo‘lmasa ko‘nglimni bo‘shataman. — U Fayfga ishora qilarkan, gapida davom etdi. — Mana bu kishi — Buyuk Skvayr Fayfning aytishi bo‘yicha, bir jinoyatchining qilgan ishlarini bajarishga, faqat Buyuk Skvayrdagina yetarli bilim va imkoniyat mavjud ekan. U bunga chin dildan ishonadi. Biroq, uning bir o‘zi nima ham qilardi? Barcha sarkliklar qo‘shilib ham hech narsa qilolmaydilar. Ular boshqaruv ishlarida qatnashmaydilar. Mamlakatni florinalnklar boshqaradilar! Flornna Fuqarolik xizmati boshqaradi! Barcha qog‘ozbozlik ishlari florinaliklar bo‘ynida. Qog‘ozlar esa, ma’lumki, Sarknn boshqaradilar. Albatta, ko‘pchilik florinaliklar mute bo‘lib qolishgan, biroq agar istasak, la’nati Skvayrlar tumshug‘ining tagida qanday ishlarni amalga oshirishimiz mumkinligini bilasizmi? Mana, mening ishlarimga nazar tashlang.
Bir yil avval men vaqtinchalik fazo bekatida harakat boshlig‘i edim, Bu haqda qog‘ozlarda qayd etilgan. Rasmny tomondan harakat boshlig‘i sarklik bo‘lgani uchun, ozroq qog‘oz titkilashingizga to‘g‘ri keladi. Lekin u rasmiy boshliq bo‘lgani bilan, barcha ish mening zimmamda edi. Mening nomimni faqat «Florinalik xodimlar» deb atalmish alohida bo‘limdan topasiz. Hech bir sarklik u yerga nigoh tashlashni o‘ziga ep ko‘rmaydi.
YUKTBning mahalliy xodimlari koinot tadqiqotchisining xabarnomasini yuborib, uning kemasini «Tez yordam» bilan kutib olishni taklif qilganlarida, bu axborot menga kelib tushgan. Florina halokati haqida eshitish har kuni ham nasib qilavermaydi, shunday emasmi? Shuning uchun, men koinot tadqiqotchisi bilan shahar tashqarisidagi kichkina bekatda uchrashishga kelishdim. Buning hech qiyin joyi yo‘q edi. Sarkni harakatga keltiruvchi barcha murvat va dastaklar mening qo‘limda edi.
Men koinot tadqiqotchisini kutib olib, uni YUKTBdan ham, Sarkdan ham berkitdim. Undan barcha axborotni qo‘limdan kelgancha siqib oldim va ularni Florina uchun va Sarkka qarshi ishlatishga qaror qildim. Fayf beixtiyor savol berdi:
— Birinchi xatlarni siz yuborganmidingiz?
— Buyuk Skvayr, — xotirjam davom etdi Terens, — birinchi xatlarni men jo‘natganman. Men kirt maydonlarining katta qismiga ega bo‘lsam, Trantorga o‘z shartlarimni qo‘yib, sarkliklarni o‘z sayyoramizdan haydab chiqara olaman, deb o‘ylagandim.
— Siz aqldan ozibsiz?
— Balki. Har holda bundan hech narsa chiqmadi. Koinot tadqiqotchisiga o‘zimni Fayf deb tanishtirdim. Chunki, u sayyoradagi eng katta odam Fayf ekanligini bilar va meni shu kishi deb tanisa ochiq-oydin gapirishi ma’lum edi.
Afsuski, uning sabr-toqati menikidan ham kam ekan. U YUKTB xodimi bilan uchrashtirsan, deb turib oldi. Men uni tnnchlantira olmay ruhiyat zondini ishlatishga majbur bo‘ldim. Ruhiyat zondini amallab topdim. Uning qanday ishlatilishini kasalxonalarda ko‘rgan edim, Bu sohadagi bilimim juda sayoz edi. Baxtga harshi, shunday bo‘lib chiqdi. Men zondni uning ongi yuqori qatlamlaridagi qo‘rquv va xavotirlik hissini olib tashlashga mo‘ljallab mosladim. Bu juda oddiy operatsiya edi. Nima bo‘lganini haligacha tushunmayman. Ehtimol, qo‘rquv va xavotirlik ancha pastki qatlamlarda yotgan bo‘lsa kerag-u, zond esa ularni qidirib, yo‘l-yo‘lakay aqlni ham vayron qilib ketgan. Natijada, mening qo‘limda aqlsiz jonzot paydo bo‘lib qoldi… Rik, meni kechir, juda afsuslanaman… Shunday qilib koinot tadqiqotchisi butunlay ojiz kimsaga aylanadi. Uni biror kimsa tanib qolishi mumkin bo‘lgan shart-sharoitdan asrash lozim edi. O‘ldirib ham bo‘lmasdi. Uning bilimlari menga kerak edi, es-hushining qaytishiga ishonardim.