Читаем Koinot oqimlari полностью

Fayf bir qancha muddat sukut saqladi. Ingichka lablari qimtildi, yuz va dahan mushaklari tarang tortildi. Keyin u oromkursidan pastga t'shdi.

Pastga tushdi! Go‘yoki u stol tagida tizzasi bilan turgandek edi. Biroq u chetga o‘tgach, oyoqlarida turgani ravshan bo‘ldi.

Junsning boshi gangib qoldi. Shunday katta va buyuk odam to‘satdan ojizgina pakanaga aylangandi.

Fayfning maymoq oyoqlari yirik tanasini va katta boshini zo‘rg‘a ko‘tarib turardi. Fayfning yuzi qip-qizil bo‘lib ketdi, ko‘zlari esa boyagi-boyagi takabburona boqardi.

Rik o‘tirar, Fayf tik turar, ularning nigoqlari bir xil balandlikda to‘qnashardi.

— Men o‘sha odam bo‘lishim mumkinmi? — xotirjam so‘radi Fayf.

— Yo‘q, janob.

— Ishonchingiz komilmi?

— Ha, janob.

— Shu qolda ham, siz «Fayf» nomi esimda deyaverasizmi?

— Ha, bu nom yodimda, — o‘jarlik qildi Rik.

— Demak, kimdir mening ismimdan foydalangan.

— Shunday bo‘lsa kerak.

Fayf qayrildi-da, asta-sekin, viqor bilan stolga yaqinlashib, oromkursiga chiqib oldi.

— Men balog‘at yoshiga yetganimdan buyon qech kim mening tik turganimni ko‘rmagan edi. Majlisni davom ettirishdan ma’no bormi?

Bu gapga Salim Juns e’tiroz bildirdi.

— Nazarimda majlisni davom ettirish zarur. Axir Rikni faqat koinot tadqiqotchisi bo‘lgani uchun ruqiyat zondi ta’siriga duchor qilishmagan-ku!

— Uning o‘zidan so‘rang, nega uni bu ahvolga solishdi, — dedi Fayf.

— Albatta, bu narsa uning yodida yo‘q, — jahli chiqdi Junsning.

— Ruhiyat zondi miyada saqlanayotgan mantiqiy fikrlar zahiriga ayniqsa, qattiq ta’sir o‘tkazadi. Shunday bo‘lsa-da, undan Florinaga qanday xavf tahdid qilayotgani to‘g‘risida so‘rab ko‘rish joiz. Xo‘sh, Rik, bu haqda nima deya olasiz?

— Faqatgina xavf mavjudligini va uning koinot oqimlari bilan bog‘liqligini eslayman, — g‘o‘ldiradi Rik.

Atrofga sukunat cho‘mdi. Buni yana Juns buzdi.

— Siz florinalik mahalliy kishilarning so‘zlariga ishonmayman, deb aytdingiz. Lekin oramizda bir kishi borki, u o‘zini mutelarcha qo‘l qovushtirib turuvchi florinaliklarga o‘xshamasligini isbotlab bergan. Menimcha, unga ham bir necha savol bilan murojaat etsak, yomon bo‘lmaydi. Agar u o‘jarlik qilsa yoki ishonchsizlik tug‘dirsa, uni Sarkka qaytarish masalasini ko‘rib chiqamiz.

Ancha paytdan beri musht bo‘lib tugilgan qo‘llariga tikilib o‘tirgan Terens Junsga keskin nigoh tashladi.

— Rik Florinada topilgandan buyon sizning qishlog‘ingizda yashadi, shundaymi?

— Ha.

— Siz mana shu muddat davomida qishloqda uzluksiz bo‘lganmisiz? Ya’ni, aytmoqchimanki, turar joyingizni biror ish bilan uzoq vaqtga tark etmaganmisiz?

— Rezidentlar ish bilan u yoq-bu yoqlarga yugurmaydilar. Ularning barcha yumushlari qishloqda.

— O‘tgan yili qaysi Skvayr sizning qishloqqa tashrif buyurdi?

— Men qayerdan bilay? Bu savolga javob bera olmayman: Skvayrlar qayoqda-yu, mahalliy aholi qayo*u*a! Siz uchun men Rezidentman, ular uchun esa oddiy florinalik. Men darboza yonida turib olib, ularning hujjatini tekshirishga huquqim yo‘q.

— Sizning yerlaringiz kimga qarashli?

— Skvayr Fayfga.

To‘satdan oradagi gapga Stin aralashdi.

— Menga qarang! Doktor Juns, siz bu savollaringiz bilan uzoqqa borolmaysiz, balki Fayfga yordam berarsiz. Nahotki, Fayf bu kishining ortidan josus qo‘yishdan manfaatdor bo‘lsa, nahotki uning o‘zi Florinaga borib yursa? Nazoratchilar nimaga chaqir!shgan?

— Bunday sharoitda, — dedi Juns, — ya’ni sayyoraning iqtisodiyoti va balki, umuman bor-yo‘qligi birgina odamning miyasiga bog‘liq bo‘lib qolganda, tabiiyki, ruhiyat zondini qo‘llagan kimsa nazoratchilarga suyanib o‘tirmaydi.

— Hattoki u o‘sha miyani ishdan chiqargan bo‘lsa hammi? — jilmaydi Fayf.

Eblning pastki labi osilib, qovog‘i solindi. Uning eng oxirgi tikkan dovi Fayf tomonga o‘tib ketayotgan edi.

Biroq to‘satdan, ma’yuslanib o‘tirgan Valona tilga kirib, yordamga keldi:

— Men gapirsam maylimi?

— Gapiring, yaxshi qiz, tortinmang, — dedi Juns.

— Men oddiy dehqon qiziman. Jahlingiz chiqmasin. Mening nazarimda, hamma narsa boshqacha bo‘lishi kerakdek, Rik haqiqatdan ham katta odam edimi? Aytmoqchimanki, anavi, koinot tadqiqotchisimidi?

— Menimcha, xa.

* * *

— U holda, mening fikrim mana bunday. Rikni Florinaga olib kelgan kishi, uni biron daqiqa ham ko‘zdan qochirmasligi zarur edi. Aytmoqchimanki, uni fabrikadagi boshliqlar urmasligini, bolalar tosh otmasligini, — u kasallanib o‘lib qolmasligi uchun, nazorat qilib turish kerak edi. Uni maydonda ham ojiz holda tashlab ketolmasdi, to‘g‘rimi? Uning tirik qolishini tasodifga ishonib tashlab qo‘yolmasdi. — Qiz hayajonlanib, hovliqib so‘zlardi.

— Davom etavering, — dedi Juns, diqqat bilan uni kuzatar ekan.

— Rikni eng boshdan kuzatib yurgan bir odam bor. U Rikni maydondan topib olgan, qarab turishni menga topshirgan, uning har bir kuni qanday o‘tganini bilib yurgan. U haknm to‘g‘risida ham barcha axborotdan xabardor edi, buni men o‘zim aytib bergandim. Ana u! Ana u! — Qiz deyarli qichqirib yubordi, uning ko‘rsatkich barmog‘i esa Mirlin Terensga — Rezidentga ishora qilardi.

Перейти на страницу:

Похожие книги