Meni Florinaga Rezident sifatida jo‘natishlariga erishdim-da, qalbaki hujjatlar bilan koinot tadqiqotchisini ham ola ketdim. Keyin, uni daladan topib olishlarini uyushtirdim va Lonaning qo‘liga topshirdim. U hakim bilan uchrashmaguncha hech qanday xavf tug‘ilgani yo‘q. Shunda men Yuqori shaharning kuchlanish stansiyalariga borshpga majbur bo‘ldim. U yerdagi injenerlar sarkliklardan iborat edi, lekin kirish-chiqish nazoratini florinaliklar egallagandilar. Sarkda yurgan paytimda quvvat olish Yo‘llarini yetarli darajada bilib olganim uchun kuchlanish simlarini tutashtirish qiyin bo‘lmadi. O‘shandan beri odam o‘ldirishga ko‘nikib qoldim. U paytda hakimning qog‘ozlari nusxasi ham saqlanishini bilmasdim. Bu haqda o‘ylab ko‘rish kerak ekan. Keyin, yuz soatcha avval, — nazarimda yuz yilga o‘xshaydi, — Rikning es-hushi qayta boshladi. Bor gap shu. Juns janoblari to‘g‘ri aytdilar.
Endi bir narsaga e’tibor qiling. Rikning qog‘ozlari qayerdaligini faqat men bilaman. Hech bir sarklik, hech bir trantorlik ularni topolmaydi. Agar o‘sha hisobkitoblar sizga kerak bo‘lsa, menga siyosiy boshpana berishingiz zarur. Sarklar yoki trantorlik o‘zini vatanparvar deb atashi mumkin-u, nega florinalik bunday qilmasligi kerak?
— Biz snzni Sarkka bermaymiz, — dedi Juns. — Siz koinot tadqiqotchisiga yetkazgan jismoniy zahmatingiz uchun sud qilinasiz. Natija qanday tugashini bilmayman, lekin hozir bizga yordam bersangiz, bu aybingizni yengillashtiradi.
Terens Junsga sinovchan nigoh tashladi.
— Doktor, sizga ishonishga harakat qilaman… Koinot tadqiqotchisining gapiga qaraganda, Florinaning quyoshi yangi yulduz portlashi davriga kirgan.
— Yo‘g‘-ye! — Bu xitob Valonadan bo‘lak barchaning og‘zidan chiqdi.
— Quyosh paq etib portlashga tayyor turibdi, — istehzo bilan jilmaydi Terens. — Bu ro‘y berishi bilan Florina tamaki tutunidek yo‘q bo‘lib ketadi.
— Men koinot tadqiqotchisi emasman, lekin yulduzning qachon portlashini oldindan aytish mumkin emas, deb eshitgandim, — so‘z qotdi Ebl.
— Juda to‘g‘ri. Ayting-chi, Terens, sizga Rik nega shunday xulosaga kelganini tushuntirmaganmidi? — so‘radi Juns.
— Ehtimol, bu narsa uning qog‘ozlarida yozilgandir, Mening yodimda faqat uglerod oqimlari to‘g‘risidagi gaplar qolgan.
— Nima deyapsiz?
— U doimo bir gapni qaytarardi: «Uglerodli koinot oqimi. Uglerodli koinot oqimi». Bundan tashqari, qandaydir «katalik effekt»[7]
haqida ham so‘zlagandi. Boshqa hech narsa bilmayman.Stin hiringladi, Fayf xo‘mraydi. Junsning ko‘zlari katta-katta ochildi.
Keyin Juns g‘o‘ldiradi:
— Meni kechiring. Men hozir qaytaman. — U uch o‘lchamli tasvirni tark etdi.
Juns chorak soatdan so‘ng qaytdi. Hayraglanib atrofga boqdi. Xonada faqat Ebl
bilan Fayf o‘tirishardi.
— Biz sizni kutayotgandik, doktor Juns, — dedi Ebl. — Koinot tadqiqotchisi bilan qiz elchixonaga yo‘l olishdi. Majlis tugadi.
— Tugadi? Yo Buyuk Koinot, biz endn boshladik-ku! Men sizga yangi yulduz portlash shart-sharoitlarini tushuntirmoqchi edim.
Ebl xijolatdan qimirlab qo‘ydi.
— Buning zaruriyati yo‘q, doktor.
— Bu juda muhim. Menga besh daqiqa vaqt bering.
— Mayli, gapira qoling, — so‘z qotdi Fayf. U jilmayardi.
— Boshidan boshlay qolay. Galaktika taraqqiyotining dastlabki ilmiy maqolalarida ta’kidlanganki, yulduzlar quvvatsh! O‘z tarkiblaridagi yadroviy o‘zgarishlardan oladilar. Shuningdek ma’lum ediki, bu quvvatning vujudga kelish sharti faqat ikki xil yadroviy reaksiya natijasidir. Ikkala qolda ham vodorod geliyga aylanishi kerak. Birinchi reaksiya to‘gridan-to‘g‘ri ro‘y beradi, vodorodning ikki yadrosi ikki neytron bilan birlashib, geliyning bitta yadrosiga aylanadilar. Ikkinchisi esa bilvosita, bir necha jarayonni bosib o‘tadi. Bu holda ham vodorod geliyga aylanadi, lekin oraliq jarayonlardagi o‘zgarishlarda uglerod yadrolari qam ishtirok etadi. Bu yadrolar biron-bir o‘zgarishga uchramaydi, uning uchun oz miqdordagi uglerod qam juda ko‘p vodorodning geliyga aylanishi jarayonida qayta-qayta ishtirok etaberadi. Boshqacha qilib aytganda, katalizator bo‘lib xizmat qiladi. Bu narsalar tarixiy davrlarda, insoniyat faqatgina bir sayyorada yashayotgan paytida xam ma’lum edi.
— Bu hammaga ma’lum bo‘lsa, — e’tibor qildi Fayf, — siz vaqtni behuda o‘tkazyapsiz.
— Biroq, biz bundan boshqa hech narsa bilmaymiz. Yulduzlarda bu ikki xil reaksiyaning qaysi biri ro‘y berishi hech qachon ma’lum bo‘lmagan. U yoki bu yo‘nalishni asosiy deb olgan turli ilmiy yo‘nalishlar doimo mavjud bo‘lgan. Lekin, odatda umuman fikr oddiy bir xulosaga — vodorodning geliyga aylanishnga kelib taqalgan. Menimcha, Rikning nazariyasi mana bunday bo‘lgan. Vodorodning geliyga aylanishi jarayonida, ba’zan shunday shart-sharoit vujudga keladiki, bunda uglerod ham ishtirok eta boshlaydi. Natijada, aytilgan reaksiya jarayoni tezlashib, yulduz qiziy boshlaydi.